14-amaliy mashg’ulot. Mavzu: Odam tanasi mikroflorasi, ularni o’rganish usullari va tibbiyot amaliyotida ahamiyati (2 s)



Download 417,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/15
Sana21.07.2022
Hajmi417,92 Kb.
#833125
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
14-амалий машғулот

Ko’z shilliq qavati mikroflorasi. 
Mikrobiologik tekshiruvlarga ko’ra sog’lom odamda 20–30 yoshgacha 45–50% hollarda 
ko’z shilliq qavati steril bo’ladi. Bu tozalik a’zoning anatomik-fiziologik xossalari bilan 
bog’liq. 
Kon’yunktiv 
mikroflorasiga, 
asosan, 
stafilokokklar, 
Corynebacterium 
xerosis, 
mikoplazma, adeno- va gerpesviruslar kiradi. Bu mikroorganizmlar miqdori kam, ammo 
himoya omillarining susayishi, ko’zning shikastlanishi hisobiga yiringli yallig’lanish 
jarayonlari (kon’yunktivit, blefarit, uveit va boshqalar) yuzaga kelishi mumkin. 
 
Quloq mikroflorasi. 
Normada ichki va o’rta quloqda mikroblar bo’lmaydi. Tashqi quloq yo’lida yog’ bezlari 
yaxshi rivojlangan, ular sekreti hisobiga quloqda kir yig’iladi.Sog’lom odamlar qulog’ida 
ichaq tayoqchasi, Proteus, nopatogen stafilokokk va korinebakteriyalar, achitqi zamburug’lari 
uchraydi. 
Alloxton mikrofloraga Staph.aureus, Str.pigenes, Ps.aeruginosa, Aspergillus fumigatus, 
A.niger, A.terreus kabi mikroorganizmlar kirishi mumkin. 
Nafas yo’llari mikroflorasi. 
Nafas yo’llarining autoxton mikroorganizmlariga asosan quyidagilar kiradi: Staph. 
epidermidis, Staph. saprophyticus, difteroidlar, peptokokklar, korinebakteriyalar, saprofit 
grammanfiy diplokokklar, Str. mitis va Bact. fragilis. Alloxton mikroblarga Staph. aureus, 
Str. pyogenes, Str. pneumoniae, M. lacunata, H. influenzae, adenoviruslar va boshqalar misol 
bo’la oladi. 
Sovuq qotish, surunkali vitaminlar yetishmasligi, nafas yo’llarining shikastlanishlari, 
immun tizim faoliyatining susayishi natijasida nafas yo’llaridagi shartli-patogen va patogen 
mikrob turlari har xil kasalliklar (nafas yo’llarining o’tkir kataral yallig’lanishi, bronxit, 
zotiljam va boshqalar)ning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. 
Og’iz bo’shlig’i va me’da-ichak tizimi mikroflorasi. 
Og’iz bo’shlig’i odam organizmida mikroorganizmlar uchun qulay sharoitli joylardan 
hisoblanadi. Bu yerdagi so’lak hisobiga yuzaga keladigan doimiy namlik va ko’p miqdordagi 
oziq moddalar, optimal rN, mo’’tadil xarorat mikroblarning adgeziya qilishi va ko’payishiga 
sharoit tug’diradi. 


Og’iz bo’shlig’idagi autoxton mikroorganizmlarga Str. salivarius (tilda), Str. mitis, Str. 
sanguis (lunj epiteliysida), Str. mutans (tishlarning ustki qismida), bakteroidlar, 
fuzobakteriyalar, 
veylonellalar, 
aktinomitsetlar, 
spiroxetalar 
[Leptospira, 
Borrelia, 
Treponema (Tr. macrodentium, Tr. oralis, Tr. dentioola) turkumlari], mikoplazmalar (M. 
orale, M. salivarium), protozoalar (Ent. buccalis, Ent. dentalis, Tr. buccalis), zamburug’lar va 
boshqalar kiradi. 1 ml so’lakda 107–108 miqdorda 200 xil atrofida aerob va anaerob 
mikroorganizmlar uchraydi. Bolada tish chiqayotgan davrda obligat grammanfiy 
anaeroblarning ko’payishi kuzatilgan. 
Og’iz bo’shlig’ining alloxton mikroblariga enterobakteriyalar (Essherichia, Klebsiella, 
Enterobacter, Proteus turkumlari), Ps. aeruginosa, spora hosil qiluvchi bakteriyalar (Bacillus, 
Clostridium turkumlari) kiradi. 
Og’iz bo’shlig’idagi grammanfiy kokklar (Veilonella turkumi) uglevodlarni SO2 va N2O 
hosil bo’lguncha parchalaydi va muhit rN muvozanatini saqlaydi. Dunyodagi 1% kishilarda 
bu mikroblar ko’p miqdorda uchraydi, shuning uchun ularda karies kasalligi kuzatilmaydi. 
Tish milkida tosh hosil bo’lishida aktinomitsetlarning (A.viscosus, A. israeli) ta’siri katta. 
Toshlarning ko’payishi parodontoz kasalligiga olib keladi. 

Download 417,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish