14-amaliy mashg'ulot. Avtomatik indetifikatsiyalash. Shtriхli kоdlаsh. Mаhsulоtlаrni shtriхli kоdlаsh tizimi



Download 303,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana22.06.2022
Hajmi303,42 Kb.
#690625
1   2   3   4   5
Ierarxik usul
bo‟yicha tasniflashtirish quyidagi ketma-ketlik bo‟yicha amalga oshiriladi: 
-
ob‟ektning birlamchi to‟plamini aniqlash; 
-
tasniflashtirish ob‟ektining asosiy (mavjud) alomatlarini aniqlash; 
-
alomatlarning ketma-ketligi tartibini tanlash – ularni miqdori va bo‟linish darajasi. 


5.10-rasm.
Ierarxik usul bo‟yicha tasniflashtirish sxemasi 
Tasniflashgan guruhlarning umumiy miqdori
(klassifikatori) tasniflagichi hajmida 
shakllanib, quyidagiga teng: 
E
o
 q n
1
 Q n
1
 n

Qn
1
 n
2
 n
3
 Q…Q n
1
 n
2
 n
3
…n
k
 q 
Σ P
(5.1) 
Tasniflashtirishning fasetli usuli birlamchi ob‟ekt to‟plamini muayyan masalani hal etish 
uchun aniqlanilgan berilgan alomatlarni namoyon etuvchi mustaqil to‟plam ostilariga bo‟lish 
natijasida amalga oshiriladi. 
Fasetli usul bo‟yicha tasniflashtirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: 
-
ob‟ektning birlamchi to‟plamini aniqlash; 
-
tasniflashtirish ob‟ektini barcha tomonlama tavsiflovchi asosiy (mavjud) alomatlarini 
aniqlash; 
-
fasetlarda bir turdagi (mavjud) alomatlarni guruhlash va ularni kodlashtirish; 
-
to‟plam ostini hosil qilish uchun fasetli formulani aniqlash. 
Fasetli usul ob‟ektning muayyan turli tavsiflari yig‟indisi asosida “xususiydan 
umumiyga” tamoyili bo‟yicha to‟plam ostini shakllanishi bilan o‟ziga xosdir. 
Kodlashtirish – ob‟ektga yoki ob‟ektlar guruhiga uning nomini bir qancha simvollar 
bilan almashtirish imkonini beruvchi yagona belgi (kod)ni qo‟yish va belgilashdir. 
Kod – qabul qilinigan usulga muvofiq o‟zlashtirilayotgan ob‟ektni identifikatsiyalash 
maqsadidagi belgi yoki belgilar majmuasidir. Kodli belgilashlar alifboli, razrayadli, tuzilmali, 
uzunli va nazorat sonli kodlashlar bilan tavsiflanadi. 
Alifbo – kodni belgilash uchun qabul qilingan belgilar (simvollar) tizimi. 
Razryad kodi – kodda belgilar holati. 
Tuzulmali kod – tarkibni shartli belgilash va nomlanish darajasi uzunligiga bu belgilarga 
muvofiq, kodda belgilar ketma-ket joylashishini grafik tasviri. 
Kodda belgilar soni uning tuzulmasi va ob‟ektlar miqdoriga, to‟plam ostiga kiruvchi, har 
bir uzunlik darajasini shakllantiruvchlariga bog‟liqligi bilan aniqlanadi. Har bir uzunlikda 
belgilar sonini aniqlashda yangi ob‟ektlarni paydo bo‟lishi mavjudligini inobatga olib zaxira 
kodalra nazarda tutilishi lozim. 
Kodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim: 
-
ob‟ektlarni va (yoki) ob‟ektlar guruhini bir xil ma‟noli identifikatsiyalash va 
identifikator bo‟lishi lozim; 
-
belgilar soni minimal (minimal uzunlikda) va berilgan to‟plamning barcha ob‟ekt 
(alomat)larini kodlash uchun etarli bo‟lishi lozim; 
0
E





j


-
kodlashtiriladigan to‟plam ob‟ektlari paydo bo‟lgan holatlar uchun etarli zaxirani 
mavjudligi; 
-
odamlar foydalanishi uchun hamda kodlashtirilgan ma‟lumotlari kompyuterda qayta 
ishlash uchun qulay bo‟lishi lozim; 
-
kompyuter tizimiga kiritishda xatoliklarni avtomatik nazorat imkoniyatini ta‟minlash. 
Kod uzunligi – koddagi probellarsiz belgilar soni. 
Nazorat soni – kod yozuvlarini tekshirish uchun foydalaniladigan hisoblangan son. 
Texnikaviy-iqtisodiy ma‟lumotlarni kodlashtirishning ketma-ket, parallel, tartibli va 
seriyali-tartibli usullariga bo‟linadi.
Ketma-ket kodlashtirish usulida ierarxik sinflashtirish usulida olingan bir-biriga bog‟lik 
joylashgan ketma-ketlikdagi kodlardan foydalanish bilan ob‟ekt va (yoki) guruhni sinfli kodi 
shakllantiriladi. 
Parallel kodlashtirish usuli fasetli sinflashtirish usulida olingan mustaqil guruhlangan 
kodlardan foydalanish bilan sinflashgan ob‟ekt va (yoki) sinflangan guruh kodini shakllantrish 
va uni kiritishdir. Bu holatda kod tuzulmasi fasetli formula bilan aniqlanadi. 
Tartibli kodlash usuli natural sonlar qatoridan shakllantirish va undan foydalanish bilan 
farqlanadi. 
Seriyali-tartibli kodlashtirish usuli natural sonlar qatoridan, bir xil alomatlari bilan 
sinflashgan ob‟ektlari uchun bu sonlar diapazoni yoki olahida seriyasini shakllantirishdan hosil 
qilinadi. 
Tizimlashtirishning boshqa turi bu identifikatsiyalash bo‟lib hisoblanadi. 
Identifikatsiya – ob‟ektga boshqa ob‟ekt to‟plamlaridan uni bir xilligini belgilash 
imkonini beruvchi, yagona nom, belgi, shartli belgilash, alomat yoki alomatlar yig‟indisini 
berishdir. 
Mahsulotlarni identifikatsiyalash – mahsulotning bir-biriga aynan o‟xshash mavjud 
alomatlari tavsiflarini o‟rnatish. 
Maslan, Mahsulotlar umumdavlat tasniflagichi (MUT)da kodlar sinfli (S-MUT) va 
assortimentli (A-MUT) qismlardan tashkil topgan. Assortimentli kodlash aynan, ob‟ekt haqidagi 
ma‟lumotni muayyanlashtiruvchi, ob‟ekt sinfi to‟plamidan bir xilligini belgilovchi mahsulot 
identifikatsiyasini anglatadi. 
Turli darajalarda boshqarish masalalarin hal etish uchun foydalaniladigan ma‟lumotlarni 
tasniflash (sinflash) va kodlashtirish “Texnik-iqtisodiy va ijtimoiy ma‟lumotlarni tasiflash va 
kodlashtirish yagona tizimi” (TIIM TKYaT – ESKK TESI) deb nomlangan kompleks davlat 
standartlari bilan belgilanadi. 
Shunday qilib, identifitsiyalash, tasniflash va kodlashtirishdan ma‟lumotlar bilan ishlash 
uchun xorijiy va mahalliy standartlashtirish amaliyotida keng qo‟llaniladi. Bu usullarsiz 
standartlashtirishning 
maxsus 
usullaridan: unifikatsiya, tiplashtirish, agregatlashtirish, 
modullashtirish, optimallashtirishdan foydalanish mumkin emas. 
SHtrix-kod ketma-ket almashinib keluvchi qora (shtrix) va oq (probel) rangli, turli 
qalinlikdagi chiziqlardan iborat bo‟lib, bu chiziqlarning o‟lchamlari standartlashtirilgan. SHtrix-
kodlar maxsus optik qurilmalar - skanerlar yordamida o‟qishga mo‟ljallangan. Uning vositasida, 
mikroprotsessorlar orqali shtrixlar raqamlarga dekoderlanib, mahsulot haqidagi ma‟lumotlar 
kompьyuterga uzatiladi. 
Ko‟pgina iqtisodiy rivojlangan davlatlarda mahsulotning o‟ramida (upakovkasida) shtrix-
kodning bo‟lishi majburiy sanaladi. Aks holda savdo tashkilotlari mahsulotdan voz kechishlari 
mumkin. Bu xalqaro savdoga ham tegishlidir. Ushbu tizimning iqtisodiy jihatdan samaraliligi 


mahsulotning 85 foizidan ko‟pi kodlashtirilganda yaqqol namoyon bo‟ladi. Bundan tashqari, 
mahsulotga nisbatan bo‟lgan talab va ehtiyojlarni shakllantirish, jamlash, hisobga olish, 
mahsulotni kelish-ketishini hisob qilib borish, muxosiblik hisoblarida va hujjatlarni 
rasmiylashtirishda, hamda mahsulotlarni saqlash va sotuvidagi nazoratlarni amalga oshirishda 
alohida o‟rin tutadi. 
O‟zbekiston tovarlarining ichki va xorijiy bozorlarda raqobatbardoshliligini oshirish, 
tovar 
ishlab 
chiqaruvchini 
tovarlarni 
raqamlashning 
xalqaro 
tizimlari 
doirasida 
identifikatlashtirish, iste‟molchi huquqlarini himoya qilish, tovarlar ishlab chiqarishning 
avtomatlashtirilgan hisobini yuritishni ta‟minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 1999 yil 21 
sentyabrda № 438-sonli qaror qabul qildi. Bunga binoan quyidagilar belgilangan: 

"EAN International" tovarlarni raqamlash Xalqaro Uyushmasi (Belьgiya) tomonidan 
O‟zbekiston Respublikasiga 478 raqamli identifikatlashtirish kodi berildi; 

O‟zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi tomonidan xalqaro 
talablarga muvofiq, tovarlari YeAN shtrixli kodlari bilan tamg‟alanadigan tadbirkorlik faoliyati 
sub‟ektlarini ro‟yxatdan o‟tkazish hamda tovarlarni identifikatlashtirish tizimidan 
foydalanuvchilar faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish uchun "EAN Uzbekistan" tovarlar va 
xizmatlarni avtomatik identifikatlashtirish markazi tashkil etish belgilangan; 

"O‟zstandart" agentligi tomonidan shtrixli kodlarning original-maketlarini tayyorlash 
markazi tashkil etilganligi ma‟lumot uchun qabul qilindi; 

O‟zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarni shtrixli kodlash tizimini 
joriy etish bo‟yicha yagona siyosatni amalga oshirish yo‟lga quyildi; 

O‟zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlar shtrixli kodlarining davlat 
reestrini yuritila boshladi; 

O‟zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq shtrixli kodlash tizimi qo‟llash 
tartibini tartibga soluvchi me‟yoriy hujjatlarni va uslubiy materiallarni ishlab chiqildi; 

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‟ullanuvchi sub‟ektlarni turli manbalardagi shtrixli 
kodlar original-maketlari bilan ta‟mirlash funktsiyalari olib borilmoqda. 
O‟zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi O‟zbekiston Tovar ishlab 
chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi hamda "O‟zstandart" agentligi bilan birgalikda 1999 yil 
sentyabrь oyida Toshkent shahrida sanoat, qishloq xo‟jaligi va savdo korxonalari vakillarini 
ko‟rsatib o‟tilgan tizimni qo‟llash xususiyatlari bilan tanishtirish uchun "O‟zbekiston 
Respublikasida tovarni raqamlash (shtrixli kodlash)" mavzuida respublika seminari o‟tkazsin. 
Mulkchilikning barcha shakllaridagi yuridik shaxslarga tovarlarni shtrixli kodlashni: 

Eksport qilinayotgan mahsulotlarni, yangi tovarlarni va ular uchun yangi etiketkalar 
yoki o‟rash-joylash buyumlari buyurtma qilinayotgan tovarlarni tamg‟alashi; 

Boshqa barcha tovarlarni tamg‟alashni joriy etish tavsiya qilindi. 
Ushbu qarorda belgilab qo‟yilganki, o‟z mahsulotiga "EAN International" shtrixli kodini 
uchinchi mamlakatlarda olgan tadbirkorlik faoliyati sub‟ektlari undan ushbu qaror qabul qilingan 
vaqtdan boshlab bir yil mobaynida foydalanishlari mumkin. 

Download 303,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish