Ettinchi bosqich
inson hayotiy yo‟lining ulg‟aygan bosqichida markaziy bosqich
sifatida ko‟rib chiqiladi. E.Erikson bo‟yicha shaxs rivojlanishi uning butun hayoti
davomida davom etadi. (Eslatib o‟tamiz, Z.Freyd uchun “inson o‟z bolaligining
jamiyat tomonidan doimiy ravishda cheklovlami his qiladigan o‟zgarmas mahsuli
bo‟lib qoladi!”). Shaxs rivojlanishi bolalar tomonidan o‟zining boshqalarga
kerakliligi sub‟ektiv tuyg‟usini tasdiqlaydigan ta‟sir sharofati bilan davom etadi.
Unumdorlik va natija (naslning davom etishi) bu bosqichda shaxsning asosiy
tavsifnomasi sifatida yangi avlod tarbiyasi to‟g‟risidagi g‟amxo‟rlikda, mahsuldor
mehnat faoliyati va ijodkorlikda ro‟yobga chiqadi. Inson nimaiki qilsa, o‟zining
“Men”idan bir qismini qo‟shadi va bu shaxsiy boyishga olib keladi. “Yetuk inson,
- deb yozadi E.Erikson, — kerakli bo‟lishga ehtiyojmand bo‟ladi va yetuklik
g‟amxo‟rlik qilish kerak bo‟lgan o‟z zurriyotlari tomonidan rahbarlik qilish va
rag‟batlantirishga muhtoj bo‟ladi”. Bunda gap faqat o‟z bolalari to‟g‟risida borishi
shart emas.
Aksincha, agar rivojlanishning noxush vaziyati yuzaga kelgan holatda qoloqlik
va sustlik, shaxsiy ma‟naviy qashshoqlikka olib keladigan o‟ziga nihoyatda yuqori
e‟tibomi jamlash paydo bo‟ladi. Bunday odamlar o‟zlariga o‟zlarining shaxsiy va
yagona farzandi sifatida qaraydilar. Agar sharoit bunday tendensiyaga qulaylik
tug‟dirsa, unda shaxsning jismoniy va psixologik jihatdan nogironlashuvi
boshlanadi. Agar oldingi bosqichlar oqimida kuchlar nisbati omadsiz tanlov
foydasiga hal bo‟Isa, demak u awalgi bosqichlaming barcha bilan tayyorlangan.
Takrorlanmas individuallikning bo‟lagi joylangan boshqalar to‟g‟risida
g‟amxo‟rlik qilish, ijodiy imkoniyat, buyumlar yaratish istagi o‟z-o‟zini eb bitirish
va shaxsiy inqirozga yuz tutishning ehtimoliy shakllanishini bartaraf etishga
yordamlashadi.
Hayotiy yo‟lning
sakkizinchi bosqichi
egotenglikning yangi tugallangan
shakllariga erishish bilan xarakterlanadi. Qay tarzdadir odamlar va buyumlarga
nisbatan g‟amxo‟rlikni namoyon qilgan va hayotning ajralmas qismi bo‟lmish
muvaffaqiyat hamda umidsizliklarga moslashgan, bolalar ota-onasi va buyumlar
hamda g‟oyalar yaratuvchisida - faqat unda sekin-asta barcha etti bosqich mahsuli -
shaxs yaxlitligi aks etiladi. E.Erikson bunday qalbga oid holatning bir necha
tarkibiy qismlarini ta‟kidlaydi: bu tartib va mazmunlilikka o‟zining sodiqligida
o‟sib boruvchi shaxsiy ishons; bu qanday baho evaziga erishilishidan qat‟i nazar
yashab o‟tgan hayotning ma‟naviy mazmuni va jahon miqyosidagi tartibni boshdan
kechirish kabi postnarsistik muhabbat; bu o‟z hayotiy yo‟lini yagona kerakli va
alishtirishga muhtoj bo‟lmagan sifatida qabul qilish; bu yangi, oldingisidan farqli,
o‟z ota-onasiga bo‟lgan muhabbat; bu o‟tgan vaqt tamoyillari va har xil turdagi
faoliyatga ulaming insoniy madaniyatda qay tarzda namoyon bo‟lishlariga ko‟ra
ko‟ngil qo‟ygan munosabatdir. Bunday shaxs egasi alohida odamning hayoti faqat
tarixning yagona bo‟lagi bilan yagona hayotiy siklning tasodifiy bir -biriga mos
kelishi va bu fakt oldida о‟limning o‟z kuchini yo‟qotishini tushunadi.
Donishmand hind, asl jentel‟men va vijdonli dehqon bu shaxsiy bir butunlikning
yakuniy holatini to‟liq darajada idrok etadi va uni bir- biridan bilib oladi.
Rivojlanishning bu bosqichida E.Erikson o‟lim oldida hayotga chetlashgan
qiziqish sifatida ta‟rif bergan oqillik vujudga keladi.
Aksincha, bu shaxsiy integratsiyaning yo‟qligi o‟lim qo‟rquviga olib keladi.
Umidsizlik yuzaga keladi, shaxsiy yaxlitlikka boshqa yo‟llar bilan erishish niyatida
hayotni yangidan boshlash uchun nihoyatda kam vaqt qolgan. Epigenez davomida
asosiy vazifalami hal qilishda ijobiy va salbiy tendensiyalaming kurashi natijasida
shaxsning asosiy “yaxshi fazilatlari” shakllanadi. Biroq modomiki ijobiy tuyg‟ular
doimo mavjud bo‟larkan va bir-biriga qarshi turarkan, unda “yaxshi fazilatlar” ham
ikki qutbga ega bo‟ladi. Demak, asosli ishonch asosli ishonchsizlikka qarshi UMID
- YIROQLASHISHni; uyat va shubhaga qarshi avtonomlik - IRODA -
TA‟SIRCHANLIKni; aybdorlikka qarshi tashabbuskorlik - MAQSADGA
INTILUVCHANLIK - LOQAYDLIKni; shaxsiy to‟laqonli emaslikka qarshi
mehnatsevarlik - KOMPETENTLIL1K - INERSIYAni; tenglik diffuziyasiga
qarshi tenglik - SADOQAT - VOZ KECHISHni; yolg‟izlikka qarshi yaqinlik -
MUHABBAT - ODAMOVILIKni; o‟z-o‟zini eb bitirishga qarshi natija -
G‟AMXO‟RLIK - RAD ETISHni; hayotga qiziqishni yo‟qotishga qarshi
egointegratsiya - OQILLIK - NAFRATni tug‟diradi.
E.Erikson 3.Freydning izdoshi. AQSH ning 200 yilligiga bag‟ishlab nashr
qilingan “Mashhur amerikaliklar lug‟ati”da u “Freyddan keyin psixoanalitik
an‟anada ishlaganlar ichida ijodiy munosabatda birmuncha yorqin” shaxs sifatida
tilga olingan. D.N.Lyalikov ta‟kidlaganidek, E.Eriksonda birmuncha qadrlisi - bu
uning ta‟limotidagi asosiy mag‟iz, ya‟ni shaxsiy va guruhli tenglik, psixik
moratoriya tushimchalarini ishlab chiqqani, tenglikning o‟spirinlik inqirozi
to‟g‟risidagi ta‟limotidir. E.Erikson o‟zini Freyd konsepsiyasini kengaytirgan,
uning doirasidan chiqqan deb hisoblaydi. Birinchidan, u urg‟uni “UNDAN”
“MENGA” ko‟chirdi. E.Erikson so‟zlari bo‟yicha uning “Bolalik va jamiyat”
kitobi - “Men”ning jamiyatga munosabati to‟g‟risidagi psixoanalitik ishdir.
E.Erikson anglanmagan motivatsiya g‟oyasini qabul qiladi, biroq o‟z tadqiqotlarini
asosan ijtimoiylashuv jarayoniga bag‟ishlaydi. Ikkinchidan, E.Erikson bola
rivojlanadigan yangi tizimni kiritadi. 3.Freyd uchun bu uchburchak: bola-ona-ota.
E.Erikson rivojlanishni “Men” rivojlanadigan tarixiy reakllikni ta‟kidlagancha
ijtimoiy munosabatlaming hiyla keng tizimida ko‟rib chiqadi. U oila a‟zolari va
ijtimoiy-madaniy reallik o‟rtasidagi munosabatlar dinamikasiga taalluqli.
Uchinchidan, E.Erikson nazariyasi vaqt va uning o‟zi mansub bo‟lgan jamiyat
talablariga javob beradi. E.Eriksonning maqsadi - psixologik hayoti inqirozlami
bartaraf etish uchun genetik imkoniyatlami aniqlaydi. Agar Z.Freyd o‟z ishlarini
patologik rivojlanish etiologiyasiga bag‟ishlagan bo‟lsa, unda E. Erikson asosiy
e‟tibomi psixoanalitik nazariyaga yangi yo‟nalish bergancha psixologik
inqirozlami muvaffaqiyatli hal qilish shartlarini o‟rganishga jamladi.
E.Eriksonning konsepsiyasi shaxs hayotiy yo‟lining epigenetik konsepsiyasi deb
nomlanadi. Ma‟lumki, epigenetik tamoyil embrional rivojlanishni o‟rganishda
foydalaniladi. SHu tamoyilga ko‟ra barcha o‟sayotgan narsa umumiy rejaga ega.
Bu umumiy rejadan kelib chiqqancha, alohida qismlar rivojlanadi. SHu bilan
birgalikda, ulaming har biri imtiyozli rivojlanish uchun birmuncha yoqimli davrga
ega. Barcha qism rivojlanib, fimksional yaxlitlikni shakllantirmaguncha shunday
davom etadi. Biologiyada epigenetik konsepsiyalar yangi shakl va tuzilmalaming
yuzaga kelishida tashqi omillaming rolini ta‟kidlaydi. E.Erikson nuqtai nazari bilan
bosqichlaming izchilligi - biologik yetilish natijasi, biroq rivojlanish mazmuni
inson mansub bo‟lgan jamiyat undan nimani kutishi bilan beglilanadi. E.Erikson
bo‟yicha har qanday odam, u qanday madaniyatga mansub bo‟lmasin, bu barcha
bosqichlami o‟tashi mumkin, hammasi uning hayoti qanday davomlilikka ega
ekani bilan bog‟liq.
Amalga oshirilgan ishlami baholagancha E.Erikson uni davrlarga bo‟lishni
shaxs nazariyasi sifatida ko‟rib chiqib bo‟lmaydi. Uning fikriga ko‟ra bu faqat
bunday nazariya yaratishga kalit, xolos.
Erikson sxemasining diagonali shaxs rivojlanishi bosqichlarining ketma-
ketligini ko‟rsatadi, biroq uning shaxsiy so‟zlari bo‟ycha u tezlik va jadallikda
variatsiya uchun bo‟shliq qoldiradi.
“Epigenetik diagramma bir biriga bog‟liq bo‟lgan bosqichlar tizimini sanab
o‟tadi va garchi individual bosqichlar kam yoki ko‟p izchillik bilan tadqiq etilgan
yoxud kam yoki ko‟proq munosib tarzda nomlangan bo‟lsa-da bizning
diagrammamiz tadqiqotchiga ulami o‟rganish qachonki bosqislaming bor tizimini
yaxlit holda inobatga olganda maqsadga erishtirishini aytib beradi... Diagramma
uning barcha bo‟sh kvadratlarini fikrlashga undaydi”. Shunday qilib, E.Erikson
so‟zlariga ko‟ra “epigenez sxemasi metodologiya va frazeologiya qismlarini
kelgusida o‟rganish uchun ochiq qoldirgancha tafakkur va mulohaza qilishning
global shaklini nazarda tutadi”.
E.Erikson konsepsiyasining bayonini uning suyukli faylasufi K‟erkegoming:
“Hayot teskari tartibda tushunilishi mumkin, biroq uni boshidan yashash kerak”, -
dcgan so‟zlari bilan yakunlash mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |