14 – amaliy mashg‘ulot to‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan tout apparaturasi bilan jihozlangan regeneratsiyalash seksiyasi uzunligini hisoblash va aloqani tashkil etish



Download 181,58 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi181,58 Kb.
#349787
Bog'liq
14lab OAT


14 – amaliy mashg‘ulot
TO‘LQIN UZUNLIGI BO‘YICHA AJRATILGAN TOUT APPARATURASI BILAN JIHOZLANGAN REGENERATSIYALASH SEKSIYASI UZUNLIGINI HISOBLASH VA ALOQANI TASHKIL ETISH
14.1. Mashg‘ulotning maqsadi
To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan optik aloqa tizimlarining tuzilishi, ish prinsipi, xarakteristika va parametrlarini o‘rganish, regeneratsiyalash seksiyasi uzunligini hisoblash va aloqani tashkil etish ko‘nikmalarini shakllantirish.
14.2. Topshiriq
14.2.1. Mashg‘ulotga tayyorlanishda quyidagi o‘quv materiallarini o‘rganish va 14.3-bo‘limda keltirilgan nazorat savollariga (NS) ga javob tayyorlash zarur (ulardan 4 ta savolga javob yozma ravishda bayon etilishi kerak);
14.3.1-14.3.10 bandlar bo‘yicha: o‘quv materiali, [14.1] ning 223-248, 255-262 betlarida, [14.2] ning 53-69 betlarida, [14.3] ning 205-207 betlarida, [14.4] ning 118-120, 123-140 betlarida bayon etilgan.

14.3.11-14.3.17 bandlar bo‘yicha: o‘quv materiali [14.1] ning 318-320 betlarida, [14.5] ning 148-158 betlarida bayon etilgan.

14.3.18-14.3.19 bandlar bo‘yicha: o‘quv materiali [14.2] ning 53-69, [14.5] ning 148-158 betlarida bayon etilgan.
14.2.2. O‘zingizga tegishli variant (n) bo‘yicha quyidagi jadvalning 2-6 ustunlarida keltirilgan parametrlari bo‘yicha uning oxirgi ustunida ko‘rsatilgan parametrlari qiymatlarini aniqlang.

14.1-jadval. Topshiriq variantlari






NOK

Ltr,

km


LOQ A-KChOP, km

, db/km

lqu, km

Qiymatlari aniqlanadigan parametrlar

1

2

3

4

5

6

7

1

64

470

200

0,19

4

pchiq, pq.q, αк, αekv.k, Lkuch.max, psh, Psh, Рsh.Σ, Рsh. Σ.max

2

18

390

220

0,2

2

pchiq, pq.q, αк, αekv.k, Lkuch.max, psh, Psh, Рsh.Σ, Рsh. Σ.max

3

12

450

200

0,21

2

pchiq, pq.q, αк, αekv.k, Lkuch.max, psh, Psh, Рsh.Σ, Рsh. Σ.max

4

8

440

260

0,2

2

pchiq, pq.q, αк, αekv.k, Lkuch.max, psh, Psh, Рsh.Σ, Рsh. Σ.max

5

32

400

280

0,19

2

pchiq, pq.q, αк, αekv.k, Lkuch.max, psh, Psh, Рsh.Σ, Рsh. Σ.max

6

32

380

250

0,25

2

pchiq, pq.q, αк, αekv.k, Lkuch.max, psh, Psh, Рsh.Σ, Рsh. Σ.max

7

30

350

180

0,2

2

pchiq, pq.q, αк, αekv.k, Lkuch.max, psh, Psh, Рsh.Σ, Рsh. Σ.max

8

18

150

100

0,29

4

pchiq, pq.q, αк, αekv.k, Lkuch.max, psh, Psh, Рsh.Σ, Рsh. Σ.max

9

40

400

230

0,27

6

pchiq, pq.q, αк, αekv.k, Lkuch.max, psh, Psh, Рsh.Σ, Рsh. Σ.max

10

30

275

150

0,22

2

pchiq, pq.q, αк, αekv.k, Lkuch.max, psh, Psh, Рsh.Σ, Рsh. Σ.max

11

40

450

240

0,21

4

pchiq, pq.q, αк, αekv.k, Lkuch.max, psh, Psh, Рsh.Σ, Рsh. Σ.max

12

30

425

200

0,23

6

pchiq, pq.q, αк, αekv.k, Lkuch.max, psh, Psh, Рsh.Σ, Рsh. Σ.max

13

28

375

150

0,24

2

pchiq, pq.q, αк, αekv.k, Lkuch.max, psh, Psh, Рsh.Σ, Рsh. Σ.max

14

20

125

50

0,26

4

pchiq, pq.q, αк, αekv.k, Lkuch.max, psh, Psh, Рsh.Σ, Рsh. Σ.max

15

32

500

250

0,31

6

pchiq, pq.q, αк, αekv.k, Lkuch.max, psh, Psh, Рsh.Σ, Рsh. Σ.max

16

50

475

175

0,32

2

pchiq, pq.q, αк, αekv.k, Lkuch.max, psh, Psh, Рsh.Σ, Рsh. Σ.max

17

64

550

250

0,33

4

pchiq, pq.q, αк, αekv.k, Lkuch.max, psh, Psh, Рsh.Σ, Рsh. Σ.max

14.1 - jadvalni tuzishda quyidagi belgilashlardan foydalanilgan: pchiq – uzatuvchi punkt chiqishidagi signal sathi; pq.q – qabul qilish sathi; αк optik tolaning so‘nish koeffisienti; lqur –tolali optik kabelning qurilish uzunligi; ekv.k – so‘nish koeffisientining ekvivalent qiymati; Lkuch.max – kuchaytirgichlar orasidagi masofaning maksimal uzunligi; psh. va Psh. – mos ravishda kuchaytirish uchastkasining shovqin sathi va quvvatlari; Рsh.Σ – kuchaytirish uchatkalaridan yuzaga keladigan umumiy shovqin quvvati; Рsh. Σ.max – ruxsat etiladigan shovqin quvvati.


14.3. Nazorat savollari:
14.3.1. WDM texnologiyasini qo‘llashdan maqsad nima?

14.3.2. To‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan tolali optik uzatish tizimlariga ta’rif bering.

14.3.3. WDM tizimi qanday tuzilishga ega?
14.3.4. WDMning qanday afzallik va kamchiliklarini bilasiz?
14.3.5. WDM tizimlari transport texnologiyalari bilan qanday bog‘lanishga ega?
14.3.6. WDMda multipleksorlash qanday amalga oshadi?
14.3.7. To‘lqinli zichlashtiruvchi texnologiyalar qanday shaffoflik darchalarida ishlashga mo’ljallangan?
14.3.8. WDMning qanday sinflarini bilasiz?
14.3.9. DWDMda signallarni uzatish qanday amalga oshadi?
14.3.10. WDM texnologiyasini qo‘llash bilan qanday muammolar yuzaga keladi?

14.3.11. Raqamli signallarni uzatishning qanday sifat mezonlarini bilasiz?

14.3.12. Tolali optik uzatish liniyasi uchastkasini hisoblashda nimalarga e’tibor berish kerak?

14.3.13. Raqamli tolali optik uzatish tizimining liniya trakti parametrlari qanday baholanadi?

14.3.14. Optik traktning regeneratorining qaror qabul qilish nuqtasida signalni halaqitlardan himoyalanganligi qanday hisoblanadi?

14.3.15. To‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan tolali optik uzatish tizim liniyalarini loyihalash xususiyatlari nimalardan iborat?

14.3.16. Raqamli optik signallarni uzatishning sifat ko‘rsatkichlariga qanday talablar qo‘yiladi?

14.3.17. Optik signal-shovqin nisbatining parametrlari qanday hisoblanadi?

14.3.18. Kuchaytirish uchastkalari uzunligini hisoblashni tushuntirib bering.

14.3.19. Aloqani tashkil etish sxemasini ishlab chiqish va sath diagrammasini tuzishni tushuntirib bering.


14.4. Amaliy mashg‘ulotga yakun yasash
To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan optik aloqa tizimlarining tuzilishi, ish prinsipi, xarakteristika va parametrlari o‘rganildi, regeneratsiyalash seksiyasini uzunligini hisoblash va aloqani tashkil etish ko‘nikmalariga ega bo‘lindi.
14.5. Foydalaniladigan adabiyotlar
14.1. Govind P.Agrawal. Fiber-optic communication systems. Third edition. A.John Willey & Sons, Inc., Publication. 2005. – 563 p.

14.2. Скляров О.К, Современные волоконно-оптические системы передачи. Аппаратура и элементы. –М.: Солон Р, 2001. – 280 с.

14.3. Фриман Р. Волоконно–оптические системы связи: Перевод с английского под ред. Н.Н. Слепова –М.: Техносфера, 2003.

14.4. Дмитриев С.А., Слепов Н.Н. Волоконно-оптическая техника: Современное состояние и перспективы. - 2-е изд., перераб. и доп. / Сб. статей. - М.: ООО "Волоконно-оптическая техника", 2005. — 576 с.

14.5. Е. Б. Алексеев, В. Н. Гордиенко, В. В. Крухмалев и др. Проектирование и техническая эксплуатация цифровых телекоммуникационных систем и сетей. Учебное пособие для вузов / Под редакцией В. Н. Гордиенко и М. С. Тверецкого. - М.: Горячая линия - Телеком, 2008.
14.6. Topshiriqning 2-bandini bajarish bo’yicha ko’rsatmalar.

Hisoblash uchun boshlang‘ich ma’lumotlar
O‘tkazish qobiliyatini oshirish va turli trafiklarning signallarini uzatishni ta’minlash maqsadida to‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan tolali optik uzatish tizimi apparaturasi bilan jihozlangan transport aloqa tarmog‘ining regeneratsiyalash seksiyasini hisoblash asosida loyihalashtirish masalalarini ko‘rib chiqamiz. Birinchi bosqichda tolaning 10 Gbit/s li o‘tkazish qobiliyati ta’minlanadi, keyingi bosqichlarda 40 Gbit/s va 80 Gbit/s gacha oshirish mumkin.

Uzatish muhiti sifatida XEI ning G.652 standartiga mos keluvchi, yotqizilgan bir modali optik kabelning bo‘sh juftligini ishlatish tavsiya etiladi.

Uzatish liniyasining tuzilishi – zanjirli, OQ-A va OQ-B orasidagi umumiy liniya uzunligi Ltr=390 km, OQ-A dan 190 km da sinxron raqamli ierarxiya apparati bilan ulanish uchun kirish/chiqishli oraliq punkt (KChOP) da ikkita STM-16 oqimini kiritish/chiqarishni ko‘zda tutish zarur (LOQ A-KChOP=190 km).

Takomillashtirishning birinchi bosqichida uzatish texnologiyalarining quyidagi ketma-ketligi qo‘llaniladi: STM-WDM, ATM-STM-WDM, IP-ATM-STM-WDM va IP-STM-WDM. WDM texnologiyasi qo‘llanilganda trakt bo‘yicha sinxronizasiya talab etilmaydi. Uzatish liniyasini zahiralash SDH texnologiyasining tarmoq resurslari hisobiga ta’minlanadi.


Optik kanallarning soni va uzatish tezligini tanlash

Hisoblanayotgan regeneratsiyalash uchastkasining o‘tkazish qobiliyatining o‘sish dinamikasidan kelib chiqqan holda (10-40-80 Gbit/s), har biri 10 Gbit/s uzatish tezlikli (STM-64 ga mos keladi) 8 optik kanalli to‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan tolali optik uzatish tizimi apparaturasini tanlash mumkin. Bunday yechim KChOP da STM-64 sathidagi multipleksorlarni va to‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan tolali optik uzatish tizimi apparaturasining o‘zida esa 4·2,5=10 Gbit/s optik multipleksorlarni qo‘llashni talab etadi. Bundan tashqari, yuqori tezlikli optik kanallar uzatish tizimining parametrlariga, jumladan yig‘indi dispersiyaga yuqori talablar qo‘yadi.

Shuning uchun Nok = 32 ta optik kanalga mo‘ljallangan apparaturani qo‘llash maqsadga muvofiq. Kanallar orasidagi chastota qadami ∆ = 100 GHz, har biri 2,5 Gbit/s tezlikli kanallar ketma-ket 4+12+16 kiritiladi. KChOP da 2 ta kanalga mo‘ljallangan kirish/chiqishli optik multipleksor o‘rnatilishi kerak, qolgan kanallarni u tranzit o‘tkazadi.
Uzatishning sifat ko‘rsatkichlariga qo‘yiladigan talablar
Kelgusida optik kanallarni multiservisli tarmoqlarning raqamli signallarni uzatish uchun ishlatilishini hisobga olgan holda, shuningdek to‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan tolali optik uzatish tizimi apparaturasi qabul qilgichining
Кxat = (BER)=10-12
xatolik koeffisientida sezgirlik sathi Psezg = -12 dBq dan oshmasligi kerak.

Hisoblashlarni amalga oshirish mo‘ljallanayotgan regeneratsiyalash uchastkasi uchun talab etiladigan xatolik koeffisientini Kxat = 10-12 deb olamiz.


Тopshiriqni bajarish bo’yicha hisoblashlar.

Sath diagrammasining xarakterli nuqtalarini va Ri nuqtada OSShN ning minimal ruxsat etilgan qiymatini hisoblash
To‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan tolali optik uzatish tizimining regeneratsiyalash uchastkasi uzunligi energetik yoki dispersion parametrlar bilan chegaralanishi mumkin. Nisbatan katta bo‘lmagan seksiya uzunligini (390 km) va quyi tezlikli uzatishni (2,5 Gbit/s) qo‘llanilishini hisobga olib, dispersiya parametrini normaga solish, ba’zi kuchaytirish punktlariga dispersiya kompensatorlarini kiritish orqali amalga oshiriladi deb hisoblaymiz. Energetik parametrlar bo‘yicha hisoblashlarni olib boramiz.

Apparaturaning quvvat kuchaytirgichi (QK) chiqishida guruhli signalning maksimal chiqish sathining tipik qiymati 14.2-jadvaldan aniqlanadi.


Рchiq.gr= +20 dBq < +27 dBq
Optik kanallar soni Nok=32 da har bir kanal sathi guruhli signal sathidan 10lg32=15 dB ga kichik bo‘lishi kerak. Shu tarzda kanal bo‘ylab chiqish sathi
pchiq = 20 - 15 = +5 dBq
ni tashkil etadi.

Kuchaytirish uchastkasida optik kanalning kirish sathining ruxsat etilgan qiymati, Ri qabul qiluvchi nuqtada hamma uchastkalardan yig‘ilgan yig‘indi shovqinga i-nchi uchastkaning qo‘shadigan hissasi bilan aniqlanadi. Uchastkalar qo‘shadigan hissani taqsimlash loyihalashtirish jarayonida optik kuchaytirgichilarni joylashtirish joyini tanlash yo‘li bilan bajariladi.

To‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan TOUT traktida quvvatning me’yorlashtiriladigan sathlari

14.2 – jadval



Quvvat sathi,

dBq


Traktning me’yorlashtirish nuqtalari

Optik kuchaytirgichlar



Uzi

Guz,

Uz'


Gqq

Qq'

Uzatishda-gi

Oraliq

Qabul qilishdagi














kir.

chiq.Х.

kir.

chiq.

kir.

chiq.




Minimal

-5

≤+27,0

≤+1,0

≤+10

-17,5

+3,5

-36,0

+3,5

-36,0

-10,0




Maksimal

+3







+16,6

+27

+ 10,0

+27,0

+ 1,0

+ 17,0



Ri nuqtada pqq optik signal sathi va OSShNdB (yoki Ahim shovqindan himoyalanganlik) ning ruxsat etiladigan qiymatlarini apparaturaning qabul qiluvchi qismining berilgan yoki o‘lchangan sezgirligidan kelib chiqqan holda olinadi.

Qabul qilgich sezgirligi – bu optik signalning minimal, absolyut o‘rtacha quvvat sathi, bunda berilgan xatolik koeffisienti o‘rinli.

Optik kanalning Qqi nuqtada sezgirlik sathi va yuklanish sathining qiymatlari 14.3-jadvalda keltirilgan qiymatdan yomon bo‘lmasligi kerak.


10-12 xatolik koeffitsientida sezgirlik va yuklanish sathlari

14.3-jadval




Xarakteristika nomi

Raqamli signalni uzatish tezligi

≤0,622 Mbit/s

2,5 Gbit/s

10,0 Gbit/s

10-12 xatolik koeffitsientida sezgirlik sathi, oshmasligi kerak, dBq

-23

-15

-12

10-12 xatolik koeffitsientida yuklanish sathi, kam bo‘lmasligi kerak, dBq

-8

0

Kxat =10-12 da sezgirlik sathi psezg 14.3-jadvalga muvofiq, 2,5 Gbit/s tezlikli oqim uchun minus 15 dBq dan oshmasligi kerak.
λ = 1550 nm, Δλ = 0,1 nm = 0,1·10-9 m uchun
ν = = = 193,4 · 1012 Hz;

ΔνK = с · Δλ / λ2 = 3·108 m/s · 0,1·10-9 m /(1,55·10-6 m)2 =12,5·109 Hz.
Ri nuqtada qabul qilish sathi qanchalik kichik bo‘lsa, umumiy shovqindan himoyalanganlikka fotoqabulqilgichning xususiy shovqinlari shunchalik katta ta’sir ko‘rsatadi. -3 < pq.q < -8 dBq uchun OSShNdB ning minimal ruxsat etiladigan qiymatini 20 dB ga teng deb qabul qilish mumkin. Agar Ri nuqtada optik signal sathi -8 dBq dan kichik etib o‘rnatilsa, unda minimal ruxsat etiladigan OSShN ni sezilarli tarzda oshirish kerak.

pқ.қ qiymati dastlabki kuchaytirgichning chiqish sathi va demultipleksor so‘nishining farqi hisoblanadi. Agar oxirgi qurilma OQ kirishida signal sathini +5 dB ga oshiruvchi optik kuchaytirgich o‘rnatilsa, u holda oxirgi multipleksorning 12 dB gacha so‘nishida, pq.q = +5 - 12= -7 dBq (yoki katta).


Kuchaytirish uchastkalari uzunligini hisoblash
Optik kanalga kiritiladigan so‘nish bo‘yicha kuchaytirgichlar orasidagi masofaning maksimal uzunligini baholaymiz. Kuchaytirish uchastkasida har biri αaj = 0,5 dB so‘nishli naj = 2 ta ajraladigan ulagich mavjud deb taxmin qilamiz. Standart bir modali optik tolali kabelning o‘rtacha so‘nish koeffisienti

αк=0,22 dB/km. Tolali optik kabelning qurilish uzunligi lqur=2 km, ajralmaydigan ulagichlardagi o‘rtacha so‘nish αaj.y=0,03 dB ga teng deb qabul qilamiz. So‘nish koeffisientining ekvivalent qiymati
ekv.k = к + αaj.y/lqur = 0,22 + 0,03/2 = 0,235 dB/km
ni tashkil etadi.

Tolali optik kabeldagi so‘nishning kompensasiyasi nuqtai nazaridan kuchaytirgichlar orasidagi masofaning maksimal uzunligini formuladan kuchaytirgichning g = (25…30) dB kuchaytirishida baholaymiz:


Lkuch.max= = 102…123 km.
Topshiriq bo‘yicha uzatish liniyasining umumiy uzunligi 390 km ni tashkil etadi, shu tarzda kuchaytirish uchastkalarining soni Nku = 4 bo‘lishi kerak. KChOP va OQ-B orasidagi oxirgi uchastka uzunligi topshiriq bo‘yicha 390 - 190 = 200 km (optik tola turi bo‘yicha kuchaytirgichlar orasidagi nominal uzunlik 80, 120 va 160 km larni, regeneratorlarsiz umumiy uzunligi esa 360 km va 640 km ni tashkil etadi). Shuning uchun oxirgi uchastka uzunligini 100 km dan ikki uchastkaga bo‘lib, optik kuchaytirgich joylashtiramiz.

Ri nuqtada 4-uchastkaning shovqin quvvatini hisoblaymiz.

Shovqin sathi quyidagini tashkil etadi:
Psh.4 = рq.q – рchiq + а4 + рsh.kir = -7 - (+5) + (100 · 0,235 + 1) + (-52) = -39,5 dBq,
bu yerda psh.kir = -58 + nf = -58 + 6 = -52 dBq - koeffisientining tipli qiymatli nf 6 dB kirishga joylashtirilgan optik kuchaytirgichning shovqin sathi.

Ri nuqtada 4 - kuchaytirish uchastkasining shovqin quvvati
Ri nuqtada 3-uchastkaning shovqin quvvatini hisoblaymiz.

Shovqin sathi quyidagini tashkil etadi:
psh.3 = рq.q – рchiq + а3 + рsh.kir = -7 - (+5) + (100 · 0,235 + 1) + (-52) = -39,5 dBq.
Ri nuqtada 3 - kuchaytirish uchastkasining shovqin quvvati
Psh.3 = dec (0,1· рsh.3) = 10 0,1· (-39,5) = 1,12 · 10-4 mVt = 112 nVt.
OQ-A va KChOP orasidagi 190 km uzunlikli trassada optik kuchaytirgichlarni joylashtirish uchun mos keladigan aholi yashaydigan punktlarni aniqlaymiz. Mos ravishda 1inchi, 2-chi kuchaytirish uchastkalarining uzunligi 130, 60 km larni tashkil etadi.

2-kuchaytirish uchastkasining Ri nuqtada shovqin sathi va quvvatlarini hisoblashda kirish/chiqish multipleksorining filtridagi qiymati 16 dB gacha bo‘lgan so‘nishni e’tiborga olish kerak:
psh.2 = рq.q - рchiq+ а2+ рsh.kir = -7- (+5) + (60 · 0,235 + 1 + 16 ) + (-52) = -30,9 dBq,
Psh.2 = 10 0, (- 30,9) = 813 nVt.
1-kuchaytirish uchastkasining uzunligi 130 km ga teng, bu Lkuch.max= 123 km ruxsat etilgan maksimal qiymatdan katta. Shuning uchun ikkinchi uchastkaning EDFA oraliq kuchaytirgich kirishida dastlabki kuchaytirgich sifatida raman kuchaytirgichini joylashtirish zarur, u shovqindan himoyalanganlikni amaliy kamaytirmay kirish signallarining sathini oshirish xususiyatiga ega.

1-kuchaytirish uchastkasining so‘nishi 130 · 0,235 + 1 = 31,55 dB ni tashkil etadi. Raman kuchaytirgichining kuchaytirishini 5,9 dB ga teng deb belgilaymiz, u holda g1 = 31,55 – 5,9 = 25,65 dB < 30 dB.
psh.1 = рq.q - рchiq+ а1+ рsh.kir = -7- (+5) + (130 · 0,235 + 1 – 5,9) + (-52) = - 38,35 dBq,
Psh.1 = 10 0,1· (-38,35) = 0,146 ·10-5 mVt= 146 nVt.
Shu tarzda, Ri nuqtada barcha kuchaytirish uchatkalaridan yuzaga keladigan umumiy shovqin quvvati:
Рsh. Σ = Рsh.1 + Рsh.2 + Рsh.3 + Рsh.4 = 146 + 813 + 112 + 112 = 1183 nVt.
Bu nuqtada ruxsat etiladigan shovqin quvvati quyidagicha aniqlanadi:
Рsh. Σ.max = dec [0,1· (рq.q - Аhim)] = 10 0,1· (-7- 20) = 1,995 · 10-3 mVt = 1995 nVt.
Shu tarzda, berilgan OSShN 10 lg (1995/1183) = 2,27 dBq zahira bilan bajariladi.

Liniyada NRZ kodi qo‘llanilganda regeneratsiyalash uchastkasidagi umumiy dispersiyaning ΔTmax - maksimal ruxsat etilgan qiymati ΔTmax ≤ 0,7/B munosabatdan aniqlanadi.
B = 2,5 Gbit/s uchun
ΔTmax 0,7/2,5·109 = 0,28 ns.
Standart tolaning 1550 nm diapazonda dispersiya parametri 18 ps/nm·km ni tashkil etadi.

To‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan tolali optik uzatish tizimi apparaturalarida qo‘llaniladigan lazer diodlarning -20 dB Δ -20 sath bo‘yicha nurlanish spektrining kengligi 20 GHz dan katta bo‘lmasligi kerak (Δ -20 = 20/125=0,16 nm).

L-3 = -3 dB sath bo‘yicha L nurlanish spektrining kengligini aniqlaymiz. Adabiyotlarda lazer diod nurlanish spektrining approksimasiya formasi Gauss egriligi y(x) = exp [-x2 /(2 σ2 )] bilan qabul qilingan. Ko‘rsatish mumkin:
,
bu yerda М = 0,1·ln10 0,23.
Li = -3 dB, Lj = -20 dB, = , = deb hisoblab, quyidagiga ega bo‘lamiz:

= /2,58 = 0,16/2,58 = 0,062 nm;

Δ -3 = 125 · 0,062 = 7,75 GHz.
Berilgan Lreg. uch =390 km uzunlikda umumiy dispersiya

ΔT = Dtola·Lreg. uch· = 18·390·0,062 = 435 ps = 0,435 ns > ΔTmax = 0,28 ns ni tashkil etadi.

Dispersiyani kompensasiyalovchi DCF tolaning dispersiya parametrining tipik qiymatiga DDCF=-340 ps/nm·km va so‘nish koeffisienti DCF =1,56 dB/km ga ega.

EDFA kaskadlari orasida joylashgan, dispersiyani kompensasiyalovchi modullardagi DCF tolaning umumiy uzunligi
L2 = = = 20,63 km
ga teng bo‘lishi kerak

DCF tolaning so‘nishi 20,63 · 1,56 = 32,18 dBq ni tashkil etadi.

Bunday so‘nish qiymati butun kuchaytirish uchastkasining so‘nishi bilan taqqoslanadigan darajada bo‘lgani uchun, so‘nishni bir necha kuchaytirish uchastkalari o‘rtasida taqsimlash kerak. Loyihalashtirilayotgan regeneratsiya uchastkasida ikkita dispersiyani kompensasiyalovchi modulni o‘rnatish (masalan 2 inchi va 4 inchi kuchaytirish uchastkalarida) maqsadga muvofiq.
Aloqani tashkil etish sxemasini ishlab chiqish
Reneneratsiyalash uchastkasining uzunligini hisoblash natijasida hosil qilingan A B yo‘nalishdagi uzatish liniyasining aloqani tashkil etish sxemasi 14.1-rasmda keltirilgan.

Uzatish liniyasi OQ-A va OQ-B oxirgi qurilmalardan, KChOP-kirish/chiqishli oraliq punkt va ikkita KP-1 va KP-2 kuchaytirish punktlaridan iborat. Foydalanishga tushirish bosqichida OQ-A va OQ-B, shuningdek OQ-A – KChOP va KChOP – OQ-B punktlari o‘rtasida ikkita STM-16 oqimini uzatish ta’minlanadi. Oxirgi qurilmalarda optik multipleksor/demultipleksorlar joylashgan. Ular kengligi 0,1 nm li (12,5 GHz) 32 optik kanalga mo‘ljallangan. Tarmoqda mavjud SDH apparaturasi bilan moslashish uchun 2,5 Gbit/s tezlikka mo‘ljallangan transponderlar qo‘llaniladi.

OQ-A oxirgi qurilma chiqishida quvvat kuchaytirgichi, qolgan punktlarda EDFA (Erbium-Doped Fiber Amplifier – erbiy bilan legirlangan optik kuchaytirgich) o‘rnatilgan. KChOPda va OQ-B da DKM-dispersiyani kompensasiyalovchi modul kiritilgan. KChOP-kirish/chiqishli oraliq punktda KChM-kirish/chiqishli multipleksor joylashtirilgan.

Loyihalashtirish natijasi bo‘yicha raqamli signalni uzatish sifati ko‘rsatkichi – xatolik koeffisienti kxat=10-12 talabi (OSShNdB = 20 dBq) 2,27 zahira bilan bajarildi. Bu zahira kelgusida optik kanallarni rezervlashda ishlatilishi mumkin.

To‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratish texnologiyasini amaliyotga tadbiq etish, bu texnologiya asosida aloqani tashkil etishni loyihalashda talab etiladigan uzatish sifatining ta’minlanishiga e’tibor berish kerak. Ushbu ko‘rilayotgan masala, sifat mezonlaridan kelib chiqqan holda aloqani tashkil etishdagi hisoblashlar, to‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan tolali optik uzatish tizimlarini loyihalash masalalarini hal etishda dolzarblik kasb etadi. Chunki sifati ko‘rsatkichlari aloqa sifatini aniqlaydi.

14.1-rasm. To‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan tolali optik uzatish apparaturasi qo‘llanilgan aloqani tashkil etish sxemas




Download 181,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish