78. Pedagog psixologiyasi xaqida Yosh va pedagogik psixologiyaning birligi yosh va pedagogik psixologiya o‘rganadigan ob’ektning umumiyligidadir. Bu ikkala fanning o‘rganish ob’ekti – bolalar, o‘smir va o‘spirinlar bo‘lib, yosh psixologiyasi ularni yosh taraqqiyoti bo‘yicha o‘rgansa, pedagogik psixologiya tarbiyalanuvchi yoki ta’lim oluvchi sifatida, ya’ni pedagogning ta’lim-tarbiya jarayonida biror maqsadga qaratilgan ta’siri sifatida o‘rganadi.Ma’lumki, muayyan yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini bilmay turib, ularga maqsadga muvofiq ravishda ta’lim va tarbiya berib bo‘lmaydi. Bolaning har bir Yoshi o‘z qiyinchiliklariga ega bo‘ladi va o‘ziga nisbatan maxsus munosabatda bo‘lishni talab qiladi.Ta’lim va tarbiya jarayonida individual munosabatda bo‘lishning sharti o‘quvchining psixologik xususiyatlarini har tomonlama va chuqur bilishdan iborat. Bu esa o‘quvchining psixik dunyosidan yaxshi xabardor bo‘lishni, psixologik jihatdan kuzatishni to‘g‘ri tashkil qila olishni va tabiiy eksperiment uyushtirishni bilishni taqozo qiladi.Pedagogik psixologiya ham, Yosh psixologiyasi ham umumiy psixologik qonuniyatlarni ochib beradigan psixik jarayonlarni, psixik holatlarni va shaxsning individual psixologik xususiyatlarini o‘rganadigan fan – umumiy psixologiyaga asoslanadi.Lekin yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya pedagogik jarayonni tashkil qilish uchun tayyor retsept yoki tavsiyanomalar berishni da’vo qilmaydi. Yosh va pedagogik psixologiyaning materiallari va xulosalaridan ta’lim - tarbiya ishlarini to‘g‘ri tashkil qilishda foydalaniladi. Bu haqda rus pedagogi K.D. Ushinskiy ham ta’kidlab o‘tgan edi:“Biz pedagoglarga unday yoki bunday qilinglar deb aytmaymiz, ammo biz ularga o‘zingiz boshqarmoqchi bo‘lgan psixik hodisalarning qonunlarini o‘rganing va bu qonunlarga amal qiling hamda ularni tadbiq qilmoqchi bo‘lganingiz sharoitlarini hisobga olib ish qiling, deb aytamiz”.Yosh va pedagogik psixologiya fanning alohida tarmog‘i sifatida o‘zining kelib chiqish va rivojlanish tarixiga ega.Yosh va pedagogik psixologiya fan sifatida XIX asrning ikkinchi yarmida tarkib topadi. Bunda taniqli rus pedagogi K.D. Ushinskiyning asarlari, ayniqsa uning “Inson tarbiya predmeti sifatida” nomli asari katta rol o‘ynaydi.Bundan tashqari CH.Darvinning evolyusion g‘oyalari ham Yosh psixologiyasining taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Evolyusion ta’limot psixik taraqqiyot manbalari muammosiga e’tiborini qaratishga olib keladi.XX asrning boshlariga kelib, umumiy psixologiyada o‘tkaziladigan eksperimental tadqiqotlarni pedagogika sohasiga shundayligicha o‘tkazish mumkin deb qaraldi. Ammo o‘sha davrning umumiy psixologiya fani pedagogika uchun etarli bilimlar boyligini bera olmas edi.1906 yil Peterburgda pedagogik psixologiya bo‘yicha I s’ezd chaqirildi. Pedagogik psixologiya namoyondalari – A.P.Nechaev, N.E. Rumyansev va boshqalar pedagogik adabiyotlarni keskin tanqid qilib chiqdilar. Psixologiyani pedagogik amaliyot bilan yaqinlashtirish eksperimental tadqiqotlarni ta’lim-tarbiya jarayonining o‘zida o‘tkazish orqaligina mumkin degan muhim xulosa chiqarildi. Ya’ni eksperimental ma’lumotlar tashqaridan emas, balki psixologik-pedagogik tadqiqotning o‘zidan olinishi kerak, degan xulosaga kelinadi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun esa yosh va pedagogik psixologiyaning muhim nazariy, metodologik masalalarini hal qilishning to‘g‘ri yo‘llarini izlab topish lozim edi. Shu tufayli psixik taraqqiyotning manbalari va uning ta’lim jarayoniga munosabati masalasi Yosh va pedagogik psixologiyaning markaziy muammosi bo‘lib qoladi.XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida AQSH larida pedologiya deb ataluvchi yangi fan vujudga keladi. Uning namoyondalari – S.Xoll, E.Meyman, V.Preyer. Bu oqim namoyondalari bola rivojlanishining biologik, fiziologik va psixologik nazariyalarini mexanik ravishda qo‘shadilar.