15. Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi xaqida ma’lumot.
A. M . Butlerovning organik birikmalarning kimyoviy tuzilish nazariyasi : 0 ‘tgan asrning 60- yillarida rus olimi A. M. Butlerov tomonidan organik birikmalarning kimyoviy tuzilish nazariyasining yaratilishi organik kimyoning rivojlanishida yirik voqea bo‘ldi. Bu nazariya organik kimyoga ilmiy asos soldi va uning eng muhim qonuniyatlarini tushuntirib berdi. A. M. Butlerov o‘zi yaratgan nazariyaning asosiy prinsiplarini 1861-yil 19-sentabrda Shpeyerda bo‘lib 0 ‘tgan tabiatshunoslar va shifikorlarning Xalqaro syezdida «Kimyoviy tuzilish nazariyasi haqida» degan ma’ruzasida bayon qildi. Bu nazariyani keyinchalik olimning o‘zi va uning shogirdlari muvaffaqiyatli rivojlantirdilar.
Tuzilish nazariyasining asosiy qoidalari quyidagilardan iborat.
1. Molekulada atomlar bir-biri bilan valentliklariga muvofiq holda muayyan ketma-ketlikda bfrikkan. Atomlarning bog‘Ianish tartibi kimyoviy tuzilish deyiladi.
2. Moddalarning xossalari uning molekulasining tarkibiga qanday atomlar va qancha miqdorda kirishigagina emas, balki ular bir-biri bilan qaysi tartibda birikkanligiga, ya’ni molekulaning kimyoviy tuzilishiga ham bog‘liq.
3. Molekulani hosil qilgan atomlar yoki atom gruppalari birbiriga ta’sir etadi, molekulaning reaksiyaga kirishish xususiyati ana shu ta’sirga ham bog‘Iiq bo‘Iadi.
Bu qoidalarni tushuntirib chiqamiz. A. M. Butlerovga qadar molekulalarning tuzilishini, ya’ni atomlar orasidagi kimyoviy bog‘- lanish tartibini tushunib bo‘lmaydi, deb hisoblanar edi. Ko‘pchilik olimlar hatto molekulada atomlar real mavjudligini ham inkor qilar edilar. A. M. Butlerov bu fikrning noto‘g‘riligini isbot qildi. U atom va m olekulalarning real mavjud-ligi, m olekuladagi atomlarning kimyoviy tuzilishini bilish mumkinligi haqidagi to'g'ri materialistik va falsafiy tasawurlarga asoslandi. U moddalarning kimyoviy o‘zgarish-larini o ‘rganish orqali molekulaning tuzilishini tajriba yo‘li bilan aniqlash mumkinligini ko‘rsatib berdi. Aksincha, molekulaning tuzilishini bilgan holda birikmaning kimyoviy xossalarini aytib berish mumkin.
Kimyoviy tuzilish nazariyasi uglerod elementining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oladi. Organik birikmalarning tuzilishini o‘rganish bizning davrimizda ham organik kimyoning asosiy vazifasi bo‘lib qoladi. Buning uchun kimyoviy usullar bilan bir qatorda tekshirishning spektroskopiya, yadro magnit rezonansi, mass-spektrometriya, dipollarning elektr moment-larini aniqlash, rentgeno- va elektronografiya kabi fizik usullari ham keng qo‘llaniladi.
Izomerlarning mavjudligi organik birikmalar luzilish nazariyasining asosiy qoidalaridan kelib chiqadi. Tuzilish nazariyasi asosida butanning ikkita izomeri borligini oldindan uytganligi (butendan boshlab qolgan uglevodorodlarda molekulalarda atomlarning birikish tartibi turlicha bo‘lishi mumkin) A. M. ButIcrovning katta yutug‘i bo‘ldi. 1867- yilda A. M. Butlerov o ‘zi oldindan aytgan izomerni sintez qildi, bu esa tuzilish nazariyasining lo‘g‘riligining ajoyib isboti bo‘ldi. Bu izomer izobutan edi, u normal butandan molekulasi-ning tuzilishi bilan farq qiladi, lekin ikkalasining empirik formulasi bir xil C4H 10
Shunday qilib, kimyoviy tuzilish nazariyasi organik birikmalarning turli-tumanlik sabablarini tushuntirib beradi. Bu to‘rt valentli uglerod atomining zanjir va halqalar hosil qila olish, boshqa elementlarning atomlari bilan birikish xususiyati borligi, shuningdek, izomeriya mavjudligi tufaylidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |