Birikish reaksiyasi: Sikloalkanlarda ham xuddi to’yingan uglevorodlarda bo’lganidek hamma bog’lar to’yingan, lekin ular birikish reaksiyasiga kirishish xususiyati bilan to’yingan uglevodorodlardan farq qiladi. Kichik siklli birikmalar, ularning kakta siklli anologlariga nisbatan birikish reaksiyasiga oson kirishadi. Bu hodisa siklopropanda 50-70°C da bo’lsa, siklopentanda esa 350°C da sodir bo’ladi.
Galogen kislotalar (ning birikishi) ham galoidlar kabi ta’sir etadi, ya’ni siklopropan va siklobutan qatorlari, ayniqsa yodid kislota va bromid kislotalar ta’sirida ochilib, galogenovodorodlarni biriktirib oladi.
Oksidlanish reaksiyalari: sikloparafinlar alkanlar kabi faqat yuqori haroratda va kuchli oksidlovchilar ta’siridagina oksidlanadi. Shuni ta’kidlash zarurki, bunday sharoitda alkan uglevodorodlarning C – C bo’gi uzilib, molekulalari parchalanib ketadi, sikloalkan birikmalari esa ikki asosli karbon kislotalarni hosil qiladi. Bunda sikloalkan molekulasida nechta uglerod atomi bo’lsa, hosil bo’lgan kislotada ham shuncha uglerod atomi bo’ladi.
Ishlatilishi:
Siklopropan tibbiyotda narkoz uchun ishlatiladi.
Siklogeksanning xlorli birikmasi geksaxlorsiklogeksan C6H6Cl6 qishloq xo’jaligida insektitsid sifatida ishlatiladi.
Siklogeksanolni nirat kislota yordamida oksidlash natijasida olingan adipin kislotadan poliamid tolalar – kapron va neylon olishda foydalaniladi.
22.Ilmiy maqola va tezislar.
Ilmiy maqola – bu mustaqil ilmiy tadqiqot bo’lib, u dolzarb ilmiy muammo bo’yicha o’z fikrlarini bayon qilishdir.Yuqori maqsadni ko'zlagan insonlar uchun ilmiy maqolaning o'rni judayam muhim ahamiyat kasb etadi:
Ilmiy maqolalarda zamonaviy ilm-fan sohalarining nazariy yoki amaliy asoslarini rivojlantirishga tadqiqotchining shaxsiy hissasi nimadan iborat ekanligi iloji boricha yorqinroq ifodalanadi.
Ilmiy maqolaning sarlavhasi qisqa va loʻnda boʻlishi, ayni vaqtda imkon qadar mohiyatan material mazmunini aks ettirishi lozim.
Maqolaning dastlabki qismida oʻzbek, rus va ingliz tillarida qisqa va loʻnda shakldagi annotatsiya (maqolaning qisqacha mazmuni) hamda kalit so'zlar keltirilishi lozim.
Ilmiy maqola, odatda, tuzilish jihatidan bir nechta qismga boʻlinadi. Maqolaning kirish qismida muhokama etilayotgan mavzuning dolzarbligi taʼriflanadi va asoslab beriladi, shuningdek, tadqiqot sohasi, obyekti va predmeti, tadqiqotning maqsadi, vazifalari muammo sifatida qoʻyiladigan masalaning yechimi, taklif etilayotgan yechimning nazariy va amaliy ahamiyati haqida fikr bildiriladi.
Maqolaning asosiy qismida olib borilgan ilmiy izlanish doirasida qoʻllanilgan tadqiqot uslublari taʼriflanadi, tadqiqotning toʻplangan va ilmiy jihatdan tahlil qilingan umumiy natijalari keltiriladi. Odatda, bu qism hajm jihatdan maqolaning 80 -90 % ni tashkil etadi. Bundan tashqari, asosiy qismda olingan natijalarning ilmiy jihatdan yangiligi va amaliy jihatdan sinovdan oʻtkazish natijalari haqida maʼlumotlar keltiriladi.
Maqolaning yakuniy qismida kirish qismida qoʻyilgan masalaning yechimi sifatida baholanadigan ilmiy-nazariy, amaliy ahamiyatga molik xulosa va tavsiyalar keltiriladi. Ilmiy izlanish nima maqsadda, kim/nima uchun amalga oshirilgani haqidagi fikrlar bilan yakunlanadi hamda olib borilgan ilmiy izlanish natijalarining ijtimoiy yoki iqtisodiy samarasi haqida fikr bildiriladi.
Hajmi kamida 3-5, koʻpi bilan 30 betgacha boʻlishi lozim. Qogʻoz formati – a4, kitob varagʻi hajmida, atrofida qoldiriladigan boʻsh joylarning hajmi hamma tomondan 2,5 sm, interval (satrlar oraligʻidagi masofa) 1,5 sm, shrift – times new roman, rangi qora, kattaligi 12 mm, havola (ssыlka)lar maqolaning oxirida, kvadrat qavslarda beriladi;
Tezis : Ideal holatda tezislar 1 – 2 betlik matnda mavzuning tub mohiyatini ifodalovchi fikrlarni bayon qilish.
Tezis o’qib chiqilgan matnnni takrorlaydi ; lo’nda ifodalaydi va hulosalaydi: har doim dalillarga ega bo’ladi ; mazmun mohiyatni aniqlaydi; materialni umumlashtirishga imkon beradi; maqola, maruza, dissertatsiya va shu kabilarni tanqidiy tahlil qilish uchun samarali. Tezislarning maqsadi : konferensiyaning boshqa qatnashchilariga tadqiqotning mazmunini yanada yahshiroq tushuntirishdan iborat. Ilmiy tezislar uchta asosiy va muhim jihat: dolzarblik, muammo, maqsaddan iborat bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |