49 Spirtlar xaqida umumiy ma’lumot
Spirtlar — uglevodorodlarning toʻyingan uglerod atomlarida bir yoki bir nechta gidroksil guruh (—ON) tutgan hosilalari. Aromatik halkasidagi uglerod atomlarida — ON guruxi tutgan birikmalar — fenollar, toʻyinmagan uglerod atomlarida — ON guruhi tutgan birikmalar esa yenollar deyiladi. Uglevodorod radikalining tavsifiga koʻra, S. atsiklik yoki alifatik (mas, metil spirt, etil spirt, allil spirt), alitsiklik (siklogeksayogʻ aromatik (benzil spirt) va geterotsiklik boʻlishi mumkin. Molekulasidagi — ON guruhining soniga qarab, S. bir atomli (alkogollar), ikki atomli (glikollar), uch atomli (k,. Glitserin), toʻrt atomli (penta eritrit) va boshqa koʻp atomli spirtlar (geksitlar, ksilitlar) boʻladi. S.dagi — ON guruxlari birlamchi (SN2ON), ikkilamchi (>SNON) va uchlamchi (> S—ON) uglerod atomlari bilan birikkan boʻlishi mumkin. Shu sababli bir atomli S. birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi xillarga boʻlinadi.S. odatda, tegishli uglevodorod radikalining nomiga karab ataladi: SN3ON (metil spirt), S3N7—ON (propil spirt) va h.k. Jeneva nomenklaturasiga koʻra, tegishli uglevodorod nomiga "ol" (yoki diol, triol) qoʻshimchasi qoʻshiladi va —ON guruxi birikkan uglerod atomini rakam bilan koʻrsatiladi. Mac, SN3—SN(ON)— SN3 (propanol2), NOSN2—SN2— SN2ON (propandiol1,3).Bir atomli alifatik kuyi S. — rangsiz suyukliklar. Zanjirida bittadan uchtagacha uglerod atomi tutgan (S,—S3) Sdan alkogol hidi keladi. S4—S5 spirtlar nafasni qaytaradigan hidli. Yuqori S. (S|2 dan boshlab) — hidsiz qattiq moddalar; alitsiklik S. yalpiz xidli, uchlamchi S. mogʻor hidli.S. suvdan yengil, organik erituvchilarda yaxshi eriydi, oʻzi ham yaxshi erituvchi. Quyi alifatik S. suv bilan istalgan nisbatda aralashadi. Yuqori S. suvda erimaydi. Birlamchi S. kristallosolvatlar hosil qiladi, mas, SaS124S2N5ON, MgCl26C2H5OH, CuSO4CH3OH. Koʻpchilik S. suv va baʼzi erituvchilar bilan aralashib, azeotrop aralashmalar hosil qiladi.S. molekulasida — ON guruhi boʻlgani sababli sezilarli qutblanish kuzatiladi. S. ishqoriy, ishqoriyer va boshqa baʼzi metallar bilan tuzeimon birikmalar — alkogolyatlar, mas, NaOR, Ca(OR)2, A1(OR)3 hosil qiladi. S.ga kislotalar taʼsir etganda murakkab efirlar hosil boʻladi (qarang Eterifikatsiya). Birlamchi S. oksidlanganda tdegidlar va kislotalar, ikkilamchi S. oksidlanganda ketonlar hosil qiladi; uchlamchi S. oddiy sharoitda oksidlanmaydi. Bir atomli alifatik S. kucheiz narkotik taʼsirga ega, baʼzi S zaharli.S. tabiatda erkin holda va murakkab efirlar holida uchraydi. S. galogenalkillarni gidrolizlab (amil, benzil S. va boshqalar), olefinlarni gidrolizlab (etil, izopropil, trimetilkarbinol va boshqalar) olinadi.S, koʻpincha, karbonli birikmalar (aldegidlar, ketonlar, karbon kislotalar va boshqalar)ni natriy, litiy, alyuminiy gidrid, vodorod bilan qaytarib olinadi. Alkogol ichimligi uchun ishlatiladigan etil spirt qand moddalarini bijgʻitib olinadi. S.ning amaliy ahamiyati muhim: boʻyoqlar, sintetik tolalar, plastmassalar, xushboʻy dori va yuvuvchi vositalar, plastifikatorlar va portlovchi moddalar ishlab chiqarish.da xom ashyo hisoblanadi. Koʻpchilik sanoat tarmoqlarida erituvchilar va alkillovchi agentlar sifatida ishlatiladi. Spirt sanoati — oziqovqat sanoatining oziqovqat xom ashyosi (don, kartoshka, melassa)dan etil spirti (xom ashyo) va rektifikatsiyalangan spirt ishlab chiqaradigan tarmogʻi. Oziqovqat xom ashyosidan tayyorlanadigan spirt faqat tarkibida alkogol boʻlgan ichimliklar ishlab chiqarish.da emas, balki xalq xoʻjaligining tibbiyot, radioelektronika, parfyumeriya va boshqa sohalarida ham ishlatiladi. Texnika ishlarida qoʻllaniladigan etil spirtining koʻp qismi, asosan, oziqovqat uchun ishlatilmaydigan oʻsimlik moddalarini gidrolizlash va turli kimyoviy usullarda sintezlash yoʻli bilan olinadi.Kraxmalli va qandli moddalarni bijgʻitib spirtli ichimliklar olish kadimdan maʼlum. 11-asrda Italiyada uzum vinosini haydash yoʻli bilan vino spirti olingan. 14-asrda spirt ishlab chiqarish. Fapbiy Yevropa va Rossiyada ancha rivojlangan edi. 19-asrning oxiri —20-asr boshlarida Rossiyada yirik spirt zavodlari qurildi.20-asrning 90yillariga qadar Oʻzbekistonda Spirt sanoati unchalik rivojlanmagan edi. 1940-yilgacha respublikada faqat Samarqanddagi spirtaraqzdi, "Toshkentvino" k-tining spirt sexi mavjud edi, xolos. Respublika xalq xoʻjaligi uchun etil va texnik spirtlar sobiq SSSRning boshqa hududlaridan keltirilgan. 1940—90 yillarda viloyatlarda qurilgan vinoarak, zavodlarida kam miqdorda etil spirti ishlab chikarilgan. 1995-yilda etil spirti ishlab chiqarish.ni koʻpaytirish, chet eldan spirt sotib olishga barham berish maqsadida dastlab mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish.ga moʻljallangan Qoʻqon mineral oʻgʻitlar zavodi 1989-yildan etil spirti ishlab chiqarish.ga ixtisoslashtiriddi. Korxona 1995-yildan bugʻdoydan oziqovqat spirti ishlab chiqara boshladi. Uning yillik kuvvati 2464,2 ming dal rektifikat spirt (2003). 1991-yildan Andijon biokimyo zavodi qayta ixtisoslashtirilib, 1994-yildan etil spirti ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi (yillik quvvati 1642,8 ming dal, 2003).Yangiyoʻl "Biokimyo" zavodi 1995-yildan bugʻdoydan rektifikat etil spirt, sholi chikindisidan texnik spirt ishlab chikaradi. Yillik quvvati 821,4 ming dal. Shuningdek, viloyatlarda joylashgan vinoaraq zavodlarida ham etil spirti ishlab chiqariladi.Respublikada ishlab chiqarilayotgan oziqovqat spirti, asosan (80%), ichki bozorni — "Oʻzmevasabzavotuzumsanoatxolding" kompaniyasining vinoaraq korxonalarini, "Doridarmon" aksiyadorlik kompaniyasi boʻlinmalarini, "Oziqovqat sanoati" uyushmasi va boshqa korxonalar ehtiyojlarini taʼminlaydi. 1999-yildan oziqovqat spirti Markaziy Osiyo hududidagi boshqa davlatlarga eksport qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |