13-Modul. Magnit maydoni va uning xarakteristikalari


Fundamental o‘zaro ta’sir kuchlari



Download 15,76 Mb.
bet145/148
Sana01.07.2022
Hajmi15,76 Mb.
#721815
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   148
Bog'liq
2 semestrda o\'tiladigan fizika fanidan ma\'ruzalar to\'plami

Fundamental o‘zaro ta’sir kuchlari.
Kuchlar turlicha bo‘ladi: tortishish kuchlari, ishqalanish kuchi, elastik kuchlari va x.k. Tabiatda turli xil kuchlar mavjud.
Inson doim tabiatdagi ikkilamchi kuchlarni keltirib chiqaruvchi fundamental tashkil etuvchilarini aniqlashga intilib kelgan. Elektromagnit kuchlar yoki elektr kuchlari fundamental o‘zaro ta’sir ekanligi bizga ma’lum. Ushbu kuchlar Maksvell tenglamalaridan kelib chiquvchi o‘zaro ta’sir kuchlaridir. Maksvell tenglamalari tabiatdagi barcha elektr va magnit o‘zaro ta’sirlarini tavsiflab berganligi tufayli, ular tabiatdagi fundamental o‘zaro ta’sir kuchlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Kuchli o‘zaro ta’sirni vujudga keltiruvchi xaqiqiy fundamental o‘zaro ta’sir – bu kvarklar orasidagi o‘zaro ta’sir kuchlaridir. Kvarklar o‘zaro bir-biri bilan ta’sirlashadi va buning natijasi o‘laroq yadrodagi proton va neytronlar orasidagi o‘zaro ta’sir vujudga keladi. Tabiatdagi uchinchi fundamental o‘zaro ta’sir bu kvarklar orasida glyuonlarning almashishi natijasida o‘zaro ta’sirning paydo bo‘lishidir.
Elektromagnit o‘zaro ta’sir fotonlarning – elektromagnit to‘lqinlarning kvantlarining – almashishi xodisasiga asoslangan. Kuchli o‘zaro ta’sirlar glyuonlarning almashishi xodisasiga asoslangan. Kuchsiz o‘zaro ta’sir esa oraliq vektor bozonlar almashishi xodisasiga asoslangandir. To‘rtinchi o‘zaro ta’sir – gravitatsion o‘zaro ta’sir esa graviton deb nomlanuvchi gravitatsion maydonlarning kvantlari orqali tushuntiriladi.


Katta portlash
Koinotning qanday tuzilganligi xaqida ma’lumotlar insoniyat yaratgan asboblar yordamida kuzatish mumkin bo‘lgan uzoq masofalarni o‘rganish orqali aniqlanadi. Ushbu masofalar astronomiyada ishlatiluvchi masofa yorug‘lik yili birliklari bilan tavsiflansa (1 yorug‘lik yili=9.5.1012 km yoki ~0.3 parsek, 1 parsek ~ 3.1.1013 km), eng uzoqda joylashgan ob’ektlargacha bo‘lgan masofa 5000 million parsek yoki 15 milliard yorug‘lik yiliga teng! Xozirgi kunda kuzatilayotgan koinot ulkan yulduzlar yig‘indisi – galaktikalardan va yulduzlararo muxitdagi gazlardan iborat. Aslida esa koinot modda va nurlanishlardan iboratdir10.
Dastlab koinotdagi modda xaqida suxbatlashamiz. Ma’lumki, modda atom yadrolaridan – nuklidlardan tashkil topgan. Yadroda esa o‘z navbatida protonlar va neytronlar joylashgan. Ularni nuklonlar deb atashadi. Protonlar soni yadroning zaryadini aniqlab beradi (Z), proton va neytronlarning (N) umumiy soni uning massa soni deyiladi (A), ya’ni Z + N = A. Shunday qilib yadroning ikki parametri – Z va A – nuklid va moddaning xarakteristikasini aniqlab beradi.

1-rasm. Koinotning katta portlashdan keyin kengayishi.

Masalan koinotda eng engil sanalgan va keng tarqalgan Vodorod atomi uchun Z=1 (uning belgilanishi – 1N), og‘ir yadrolardan biri sanalgan uran uchun esa Z = 92 (92U). Astrofizikaning asosiy vazifalaridan biri bu koinotdagi mavjud bo‘lgan 300 ga yaqin nuklidlarning paydo bo‘lishi va tarqalganlik taqsimotini o‘rganishdan iborat.





Download 15,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish