Bog'liq 2 semestrda o\'tiladigan fizika fanidan ma\'ruzalar to\'plami
Materiyaning yangi shakllari: qorong‘i modda va qorong‘i energiya. XXI asrda kosmologiyada revolyusion kashfiyotlar ro‘y berdi. Aniqlanishicha, Koinotdagi o‘zidan elektromagnit nurlanish tarqatuvchi (barion moddalar) koinotning bor yo‘g‘i 4% igina tashkil etarkan. Koinotning 21% ini xozirda qorong‘i modda deb nomlanuvchi va o‘zini faqat gravitatsion o‘zaro ta’sirlarda namoyon etuvchi noma’lum modda tashkil etarkan. Ushbu modda galaktikalardagi yulduzlarning galaktika markazi atrofida aylanish chiziqli tezligini tadqiq etish natijasida aniqlangan. Qorong‘i modda bo‘lmagan modellar yulduzlar xarakati Kepler qonuniga ko‘ra galaktika markazidan uzoqlashgan sari ularning chiziqli tezligi kamayib borishi kerak bo‘lgan. Kuzatuvlar esa galaktikadan uzoqlashgan sari yulduzlarning chiziqli tezligi kamaymay balki asta sekin ortib borishi kuzatildi. Bu galaktikalarda ko‘zga ko‘rinmaydigan (ya’ni o‘zidan elektromagnit nurlanish tarqatmaydigan) massiv moddaning mvjudligini tasdiqlaydi. Ushbu kashfiyot gravitatsion linza effekti deb nomlanuvchi elektromagnit nurlarning gravitatsion maydonda yo‘nalishidan og‘ishiga asoslangan kuzatuvlarda ham mustaqil ravishda o‘z tasdig‘ini topdi9.
Koinotning asosiy 75% qismi esa xozirda qorong‘i energiya deb nomlanuvchi materiyaning yangi shaklidan tashkil topgan. Materiyaning yangi ochilgan shakli o‘zining antigravitatsion ta’siri bilan diqqatga sazovordir. YA’ni ushbu qorong‘i energiyaning hisobiga bir-biridan uzoqda joylashgan galaktikalar va galaktikalar to‘plami o‘zaro bir-biridan itarisharkan. Ushbu tipdagi energiyaning tabiatda mavjudligi uzoqda joylashgan galaktikalarning bizdan uzoqlashish tezligini aniqlash bo‘yicha olib borilgan kuzatuv ishlari natijasida aniqlandi. Aniqlanishicha, bizdan qandaydir masofada joylashgan galaktikalar Xabbl qonuni bo‘yicha aniqlanadigan tezlik bilan emas balki, undan kattaroq tezlik bilan bizdan uzoqlashmoqda ekan. Ushbu kuzatuvlar relikt nurlarini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan kuzatuv natijalari yordamida ham tasdiqlandi. SHunday qilib, bir necha mustaqil kuzatuv va tajriba natijalari tabiatda qorong‘i energiyaning mavjudligini tasdiqladi.
Tabiatda qorong‘i modda va qorong‘i energiyaning mavjudligining aniqlanishi fundamental – revolyusion kashfiyotlar bo‘lib, ularning tabiatini va xususiyatlarini o‘rganish – zamonaviy astrofizikaning xozirgi paytdagi dolzarb muammolaridan biri xisoblanadi.