13-mavzu. Yorug‘lik darakchilari tizimi. O‘quv moduli birliklari



Download 309,35 Kb.
bet1/2
Sana01.02.2022
Hajmi309,35 Kb.
#421732
  1   2
Bog'liq
11-12 LABORATORIYA elektr jihozlar


13-mavzu. Yorug‘lik darakchilari tizimi.
O‘quv moduli birliklari:
1. Yorug‘lik-darak berish asboblarining turlari va ularning me’yoriy tavsifnomalari.
2. Gabarit chiroqlari. Tormozlanish va burilish darakchilari.
3. Yorug‘lik-darakchi asboblarining tuzilishi.
4. Avtomobil lampalari. Galogen lampalarning tuzilishi va ishlashning o‘ziga xos tomonlari.
5. Ekspluatasiyada faralarni rostlash. Avtomobillarda yorug‘lik fonarlarni joylashtirish qoidasi.
Tayanch so‘z va iboralar:
1.Yorug‘lik-darak berish asboblari;
2.Gabarit chiroqlar;
3.Tormozlanish va burilish darakchilari;
4.Yorug‘lik-darakchi asboblar;
5.Avtomobil lampalari;
6.Galogen lampalar;
7.Faralarni rostlash;

Yorug‘lik - xabarchi asboblari.
Harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘l harakati ishtirokchilariga avtomobilning harakat o‘zgarishni ya’ni tezlikni kamaytirish - tormozlash, burilish, quvib o‘tish, to‘xtash va avtomobilning o‘lchamlari haqida ma’lumot beradi. Yorug‘lik - xabarchi asboblariga quyidagilar kiradi:
- oldi va orqa gabarit chiroqlari;
- oldi, orqa va yondagi burilish yonish lampalari;
- yorug‘lik qaytargichlar;
- tormozlanish chiroqlari (stop signal);
- avariya chiroqlari;
Simlarni ulash, tekshirishda nazorat-tekshirish asbobi - (tester) dan foydalanilsa ishlar to‘g‘ri ishonchli bo‘lib, ishdan chiqish holatini oldini oladi. Ishni chala bajarmang bu ehtiyotlik shartidir.
Sirtqi o‘lchamli chiroqlar avtomobilning oldiga va ketiga o‘rnatiladi. Oldingi chroqlar juda ham nursiz yonib, ko‘pincha ostki chiroqlar (podfarniklar) deb ataladi, ketingilarining nur tarqatgichi qizil rangli bo‘ladi. Ostki chiroqlar avtomobil tunda harakatlanayotganda va o‘z joyida vaqtincha turganda xizmat qiladi. Ular old va ketingi qanotlardagi uyalarga joylashgan bo‘lib, ko‘pincha burilishni daraklab beruvchi chiroqlar bilan birga o‘rnatiladi. Bunda sirtqi o‘lchamli ikkita cho‘g‘lanuvchi tolali lampochka o‘rnatilib, ularning biri lipillamasdan yonadi, ikkinchisi lipillab yonib, burilish tomonini ko‘rsatib darak beradi.
Burilish haqida ogohlantiruvchi chiroqlar avtomobilning oldi va orqa taraflarining chap va o‘ng taraflarida o‘rnatiladi. Bu chiroqlar o‘t oldirish tizimi ulanganida ishlaydi. Chiroqlarni yoqish uchun rul kolonkasining chap tomonida joylashgan tortqidan foydalaniladi. Tortqi qaysi tarafga bosilsa, shu tarafdagi chiroqlar yonadi. Burish yaqinlashib, rul chambaragi to‘g‘rilangach, burilishni ko‘rsatuvchi chiroqlar avtomatik ravishda o‘chadi.
Avtomobilni tormozlanishi haqida ogohlantiruvchi chiroqlar harakat sekinlanishi va to‘xtashi haqida harakat ishtirokchilarini ogohlantiradi. Bu chiroqlar avtomobilning orqa tomoniga joylashtirilib, qizil rangda bo‘ladi.
Gabarit chiroqlar qorong‘ilikda, yetarli ko‘rinmaslikda, har xil ob-havo va yo‘l sharoitlarida avtomobilni gabarit o‘lchamlarini belgilash uchun xizmat qiladi. Yengil avtomobillar oldi tomonida 2 ta oq rangli va orqa tomonida ham 2 ta qizil rangli gabarit chiroqlari bilan jihozlangan. Avtomobillar davlat raqamini yoritish uchun ham chiroqlar o‘rnatilib, gabarit chiroqlar yoki faralar ulanganida yonadi.
Salonni yoritish uchun ichki chiroqlar qo‘llanilib, uchta holatda boshqariladi. Uzgich-ulagich, o‘rta holatda bo‘lsa eshiklar ochilganida yonib, yopilganida o‘chadi. Uzgich-ulagichni ON holatiga bosilsa, chiroq doimo yonib turadi va OFF holatida eshik ochilganida ham yonmaydi.
MATIZ avtomobilining orqa gabarit, to‘xtash, burilish, orqaga harakatlanish chiroqlari bitta blokga jamlangan. Gabarit chiroqlari yongan holatda tormoz tepkisiga yig‘ilganda orqa qizil chiroqning yorug‘lik kuchi ortib to‘xtash haqida ogohlantiradi.
Burilishni ko‘rsatuvchi lampa lipillab yonishi uchun lampalarning elektr zanjiriga bimetall ajratgichli rele o‘rnatilgan. Ba’zan burilish ko‘rsatkichlari alohida asbob sifatida ham shrnatiladi.
Avtomobilni tormozlash natijasida to‘siqdan to‘htatilishi yoki tezlikni sekinlashtirish haqida xabarni uning orqasidagi to‘xtash-ogohlantirish (stop-signal) lampasi bilan bildiriladi. Tormoz pedali bosilganda tarmoqqa ulangan to‘htash-ogohlantirish tarmoqlari ishga tushib, uning lampasini bir zumda yoqadi. Buning uchun to‘htash-ogohlantirish lampaning elektr zanjiriga o‘z-o‘zidan ulanuvchi ulagich qo‘shilib (1-rasm), unda lampa zanjiri ajratilgan holda bo‘ladi. Tormoz bosilganda suyuqlik yoki havo (tormoz tarmog‘ining turiga qarab) diafragmasini o‘ngga o‘rnatilgan plastina bilan birga ko‘taradi, plastina esa ilashmalarni tutashtiradi va lampa yonadi. Prujina diafragmani plastina bilian birga dastlabki holatga qaytaradi. Tartib (nomer) belgisini yorituvchi chiroq barcha avtomobillarda mustaqil ahamiyatga ega bo‘lib, yoritish asboblarining birrtasi qo‘shilganda yonadi.


1-rasm. Tormozlashdagi to‘xtatish-daraklash (stop-signal) tuzilmasining ulagichi.


A). Gidravlik yuritmali tormozlashda; B) Havo yuritmali tormozlashda; 1-diafragma, 2-plastinkalar, 3-ilashmalar, 4-prujinalar.
Avtomobil faralari
Transport vositalarida gabarit o‘lchamlarini ko‘rsatuvchi, ketingi, ikki yoq, nomer belgisini yorituvchi va kapot osti, kakbina ichi va shknga o‘xshash maxsus fonarlar ancha keng tarqalgan.
Gabarit fonarlari ko‘rinuvchanlik yomon sharoitlarda mashinaning gabarit o‘lchamlarini yorug‘lik bilan aniqlash va burilish oldidan yorug‘lik signali berishga xizmat qiladi. Gabarit fonarlari yorug‘ligi kamida 100 m masofadan ko‘rinishi kyerak.
Ketingi gabarit fonar yoki burilishni ko‘rsatuvchi ketingi chiroq (2-rasm) korpus, sochgich, to‘plovchi, qistirma, ikki tolali lampa, patron, patron tutqich, kojux, biriktirish vintidan iborat. Patron tutqich karbolitdan yasalgan bo‘lib, unga patronning prujinaviy kontaktlari mahkamlangan. Kojux tok uzatuvchi simlarni saqlaydi. Sochgich shisha yoki plasmassadan yasaladi va qizil rangga bo‘yaladi. Lampaning kuchi 21 kd li yorug‘lik hosil qiluvchi tolasi burilishni kursatuvchi chiroq uchun, kuchi 6 kd lisi esa gabaritni yoritish uchun mo‘ljallangan. Barcha hollarda kyetingi fonarlar tarqatadigan yorug‘lik och qizil rangga ega.
K ye t i n g i f o n a r l a r tormozlashda yorug‘lik signali berish (stop-signal), burilish oldidan yorug‘lik signali berish va mashinaning nomer belgisini yoritishga xizmat qiladi.
Ketingi fonar (2-rasm) korpus, qizil rangdagi sochgich, yaltiroq sochgich, to‘siq, yorug‘lik kuchi 3 kd li lampa, yorug‘lik kuchi 21 kd li lampa, prujinaviy plastina, patron tutqich va kojux- dan tuzilgan.



2-rasm. Ketingi va maxsus fonarlar:
a-ketingi fonar; b-kabina plafoni; v-kontrol fonar; 1-qizil sochgich; 2-to‘siq; 3-to‘g‘in; 4-qistirma; 5-korpus; 6-shaffof sochgich; 7-va 11-cho‘g‘lanma lampalar; 8-prujinaviy kontakt; 9-patron tutqich; 10-kojux; 12-berkitish halqasi.
Fonarga tok o‘tuvchi uchta sim ulangan. Lampa yoqilganda yorug‘lik shaffof sochgichdan o‘tib, nomer belgisini yoritadi, qizil sochgichdan o‘tib esa mashina gabaritini ketidan ko‘rsatadi. Yorug‘lik lampadan faqat qizil sochgich orqali o‘tadi va undan mashinani tormozlash yoki burishda yorug‘lik signali berish uchun foydalaniladi.
ZIL-130 avtomobillarida burilish oldidan yorug‘lik signali berish, tormozlashda mashina gabaritlarini aniqlash uchun maxsus ikki yoq tomondagi fonarlarida foydalaniladi. Fonarga shaffof va qizil sochgichlar o‘rnatiladi: shaffof sochgich oldinga, qizili ketinga joylashgan. Kuchi 36 kd li yorug‘lik hosil qiluvchi lampadan burilish oldidan va tormozlashda signal berishda, kuchi 4 kd li yorug‘lik hosil qiladiganidan esa gabaritni yoritishda foydalaniladi. Barcha yorug‘lik signallari qizil sochgich orqali o‘tib, qizil yorug‘likka aylanadi. qizil sochgich hatto kunduzgi yorug‘likda o‘ziga tushuvchi quyosh nurini qaytaradi, fonarda och yorug‘ nuqta paydo bo‘ladi. Kuygan lampa almashtirilayotganda ikki yoqdagi fonar qismlarga ajratiladi, buning uchun to‘g‘inni korpusga biriktiruvchi vintlar burab olinadi.
ZIL-130 avtomobili kabinasini yoritish uchun plafonlar deb ataluvchi fonarlardan foydalaniladi. Plafon qismlariga korpus, sochgich, to‘g‘in, lampa, tutqich kiradi. Sochgich xira shisha yoki maxsus plastmassadan yasalgan. Plafonlardagi lampalar bir yorug‘likli bo‘lib, shtift bilan biriktiriladigan, yorug‘lik kuchi 3 –21 kd ga teng.
Kontrol fonarlar ma’lum asbobni ishga tushirishda yoki tekshiriluvchi mexanizm buzilganda yorug‘lik signali berishga xizmat qiladi. Ular burilishni ko‘rsatuvchi chiroq, uzoqni yori-tuvchi, avariya signalizatori va hokazolarga o‘rnatiladi. Amalda ko‘pincha kontrol lampa deb ataluvchi kontrol fonarlar ko‘rsatilgan. U sochgich (qizil, yashil yoki shaffof), to‘g‘in korpus lampa (1,5-3kd), tutqich va berkitish halqasidan tuzilgan. Shuningdek fonar asboblar shchitchasini yoritish uchun ham o‘rnatilgan.
Har bir mashina komplektiga ko‘chma fonar (ko‘chma lampa) ham kiradi. Uni yoqish uchun asboblar shchitchasiga (yoki boshqa joyga) shtepsel rozetkasi o‘rnatilgan. Ko‘chma fonarda 4-10 m uzunlikdagi shnur, osish uchun maxsus ilgak va shtepsel rozetkasini uyaga joylashtirish uchun vilka bor. Odatda bunday fonarlarda yorug‘lik kuchi 21 kd bo‘lgan lampalar ishlatiladi.
Burilishni ko‘rsatish chiroqlari
Burilishni ko‘rsatish chiroqlari mashinaning burilishiga qadar va quvib o‘tishida lipillab yorug‘lik signali berishga xizmat qiladi. So‘nggi vaqtlarda elektromagnitaviy releli chiroqlar keng tarqalgan. GAZ-53-A avtomobilidagi chiroq (3-rasm) RS410B elektromagnitaviy rele, kontrol lampa, podfarniklardagi signal lampalar va burilishni ko‘rsatuvchi ketingi chiroqlar, shuningdek qayta ulagichi ga ega.

3-rasm. Burilishni ko‘rsatish chiroqlari:


a-RS-410B relesi bilan; b-RS57-V relesi bilan; 1-signal lampalar; 2-qayta ulagichi; 3-panel; 4-rostlash vinti; 5-tor; 6, 11-kontaktli plastinalar; 7-rezistor; 8,10-kontaktlar; 9-elektromagnit o‘zagi; 12-elektromagnit chulg‘ami; 13-kronshteyn; 14-kontrol lampa; 15-akkumulyatorlar batareyasi; 16-tor izolyatori B, KL, SL- qismalar.
Burilishni ko‘rsatish chirog‘ining relesi tekstolit panel rostlash vinti tor rezistor kontaktli chapki plastina chapki kontakt o‘zak va elektromagnit chulg‘ami o‘ng kontakt o‘ng plastina kronshteyndan iborat. Panelda qismalar SL (signal lampa), B (batareya) va KL (kontakt lampalar) bor.
Burilishni ko‘rsatish chiroqlari yoqilganda quyidagi zanjir hosil bo‘ladi: manbaning (batareya yoki generator) “-” massa-signal lampa 1-qayta ulagich 2-qisma SL-kronshteyn qisma B-manbaning “”. Bunday hollarda tok rezistor va tordan o‘tib, uning miqdori kichik bo‘ladi hamda u sezilarli darajada cho‘g‘lanmaydi. Jarayon lampa bu vaqtda zanjirdan uziladi, shuning uchun kontaktlar ajralgan bo‘ladi. elektromagnitdan o‘tuvchi juda kam bo‘lgani uchun o‘ng kontaktlar to‘tashtirishga yetadigan magnit oqimi hosil qila olmaydi.
Avtomobil faralarining chiroqlari ikkita cho‘lg‘amli - yaqinni va uzoqni yorituvchi bo‘ladi. Chiroqlarning metall asosi (sokoli) har xil bo‘lib, cho‘g‘lanish cho‘lg‘amlarini yorug‘lik qaytargichining fokusida joylashishini ta’minlaydi, 4-rasm.

4-rasm. Fara chiroqlari.
a) va b) 2 FD-42 metall asosli (sokalli) amerika tizimi uchun, v) simmetrik yevropa tizimi uchun; g) assimetrik R4St-41 metall asosli, yevropa tizimi uchun, galogen chiroqlar: d) N1; ye) N2; j) N3; z) N4. Shtiftli chiroqlar: i) ikki kontaktli, ikki cho‘lg‘amli; k) bir kontaktli, bir cho‘lg‘amli; l) barmoqsimon; m) safitli.
1-shisha idish (kolba), 2-uzoqni yoritish cho‘lg‘ami; 3-yaqinni yoritish cho‘lg‘ami; 4-himoyalagich (ekran); 5-fokuslovchi flanes; 6-metall asos (sokol); 7-elektr sim ulagich.
Avtomobil lampasi sokol, kontakt, ballon, cho‘g‘lanma tola va elektrondan tuzilgan. Ballonning to‘lishiga qarab lampalar bo‘sh va gaz to‘ldirilgan lampalarga ajratiladi. Yorug‘lik kuchi 3 kd va undan yuqori bo‘lgan lampalar gaz to‘ldirib ishlab chiqariladi. Cho‘g‘lanma tolalar volframdan tayyorlanadi, tolaning diametri 15-250 mkm.
Lampa yonganda u qizishi tufayli tola bug‘lanishi natijasida uning xizmat muddati qisqaradi, shuning uchun ballonlar inert gazlar (argon, ksenon, kripton) yoki ularning aralashmasi (odatda 96% argon va 4% azot) bilan to‘ldiriladi. Issiqlik toladan uni o‘rab olgan inert gaziga uzatiladi. Bunda gaz kimyoviy reaksiyaga kirishmay, balki bunda uning bosimi ortadi. Ortgan bosim metallning bug‘lanishiga to‘sqinlik qiladi. Lampani yasash jarayonida ballonga kirishi mumkin bo‘lgan namlik va kislorodni yutish uchun ballon ichiga kam miqdorda karbon, bariy va fosfor kiritiladi. Tola qiziganda bu moddalar kislorod yoki namlik bilan oson reaksiyaga kirishadi va ballon devorchasida kumushsimon qatlam tarzida qoplanadi.
Tolalarning soniga qarab lampalar bir tolali va ikki tolali lampalarga bo‘linadi. Bir tolali lampalar bir yorug‘li, ikki tolalari ikki yorug‘likli lampalar deb ham yuritiladi. Lampalar patronga o‘rnatish usuliga qarab flanesli va shtiftli lampalarga bo‘linadi. Flanesli lampalardan faqat faralarda foydalaniladi. Faralarga uzoq va yaqinni ko‘rsatadigan yorug‘lik hosil qilish uchun ikki tolali lampalar o‘rnatiladi. Yuk avtomobili faralaridagi uzoqni yorituvchi tolaning kuchi odatda 50 kd, yaqinni yorituvchi - 40 kd, zamonaviy traktor va kombaynlarda shunga mos ravishda 50 kd va 21 kd yorug‘lik to‘plami hosil qiladi.
Chiroqlar cho‘lg‘amlari spiral shaklida o‘ralgan volfram simidan tayyorlanadi. Cho‘lg‘am qiziganida volfram bug‘lari hosil bo‘lib shisha idishning ichki yuzasini qora qatlam qoplay boshlaydi. Buning oldini olish uchun, shisha idishning ichiga inert gazlarining aralashmasi (96% organ va 4% azot) to‘ldiriladi. Quvvati 3 Vt gacha bo‘lgan chiroqlarning shisha idishi ichida vakuum hosil qilinadi.
Inert gazlari bilan to‘ldirilgan chiroqlarning cho‘lg‘amlarini 3000 K gacha qizdirish mumkin bo‘lib, harorat bundan ortsa volframni bug‘lanishi kuchayadi. Shu sababdan zamonaviy avtomobil faralarida galogen chiroqlar ishlatilmoqda. Galogen chiroqlarida inert gazlariga galogen yoki uning brom bilan birikmasi to‘ldiriladi. Galogen chiroqlarining cho‘lg‘amini 3600 K ga qizdirish imkoniyati ortib, o‘lchami kichik bo‘ladi va shishaning ichki yuzasida folfram qoplama hosil bo‘lmaydi. Chiroq yonganida folfram bug‘lanib, inert gaz ta’sirida yana qaytib cho‘lg‘amga o‘tiradi va cho‘lg‘amni uzilishdan saqlaydi. Bu jarayon to‘la to‘kis kechishi uchun harorat 9000  K bo‘lishi kerak, shu sababdan galogen chiroqlarining shisha idishini issiqlikga chidamli kvars shishadan tayyorlanadi. Uzoqni yoritish galogen faralari 400 m masofani yorita oladi.
Tok tordan o‘tayotganda u qiziydi, chunki tor qarshilikka ega bo‘lib, uning egiluvchanligi kamayadi. Natijada elektro magnitaviy rele plastinani tortadi va kontaktlar tatashadi. Bunda quyidagi zanjir hosil bo‘ladi: manbaning “-”massa-signal lampalar qayta ulagichi qisma SL-elektromagnit chulg‘ami plastina kronshteyn qisma B-manbaning “”. Toksizlangan tor soviydi va natijada u yana kattalashadi. Bir vaqtda u plastina 6 ni o‘ziga tortadi va bunda kontaktlar ajraladi. Tok manbadan rezistor hamda tor orqali qaytadan o‘tadi va signal lampalar cho‘g‘lanmaydi. Bir vaqtda magnit oqimi kamayadi va plastina prujina ta’sirida elektromagnitdan qochadi. Bunda kontaktlar ham ajraladi, bu kontrol lampaning zanjirdan uzilishiga sabab va u o‘chadi. Shunday qilib, jarayon lampa burilishni chiroqlarining ishini aynan qaytaradi, bu hol haydovchiga uning ishlashini kuzatishni yengillashtiradi. Yaroqli chiroq minutiga 60-120 marta lipillaydi.
RS57-B elektromagnitaviy releli burilishni ko‘rsatish chiroqlari (4-rasm) GAZ-53-A avtomobilida ishlatiladi. Ularda kontrol lampalar bo‘lmaydi. Ularni o‘rnatishning zarurati ham yo‘q, chunki qanotlardagi ikki yoq fonarlari haydovchiga kabinadan yaxshi ko‘rinadi va ularning yorug‘ligiga qarab chiroq qanday yonayotganligini bilish mumkin. Avtomobillarda ikki yoq fonarlaridan signal ko‘rsatkichlari sifatida foydalaniladi.
RS57-V relesi tekstolit panel rostlash vinti tor plastina rezistor kontakt elektromagnit chulg‘ami kronshteyndan iborat. Unda faqat ikkita qisma SL va B bor. Qisma KL yo‘q, chunki unga ulanadigan kontrol lampaning o‘zi yo‘q. Bundan tashqari, releda kontaktli o‘ng plastina (kontrol lampa zanjiriga ulanadigan) yo‘q. Rostlash vinti yordamida torni taranglash va shunday qilib, signal lampalarning lipillash sonini oshirish mumkin. Bunda lipillash chastotasi kuchlanish 11,5-12,5 V va temperatura  10 dan -10S gacha bo‘lganda minutiga 45-160 bo‘ladi.
Burilishni ko‘rsatish chirog‘i yoqilganda hosil bo‘ladigan zanjir quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: manbaning “-” massa ikki yoqdagi fonar (o‘ng yoki chap) lampasi qayta ulagichi qisma SL-elektromagnit chulg‘ami rezistor tor plastina kronshteyn qisma B manbaning “”. Kontaktlar tutashgach, quyidagi zanjir hosil bo‘ladi: manbaning “-” lampa qayta ulagichi qisma SL- elektromagnit chulg‘ami tutash kontaktlar plastina kronshteyn qisma B elektr energiya manbaining “”.
GAZ-53-A avtomobilidagi burilishni ko‘rsatish chiroqlarining qayta ulagichlari tormozlash chirog‘i va signali (stop-signal) bir vaqtda yoqilganda fonarlardan biri burilishni, ikkinchisi tormozlash signalini ko‘rsatadi.
RS57-V relesida asosiy rostlash, shuningdek vint yordamida bajariladi. Vint burab kirgizilganda tor taranglashadi. Bir vaqtda kontaktlar orasidagi zazor o‘zgaradi va ular tez ajraladi, bunda burilishni ko‘rsatish signali lampalarining lipillash soni oshadi.
Yorug‘lik signalizasiyasi asboblariga texnikaviy xizmat ko‘rsatish asboblarni chang va kirdan tozalash hamda agar sochgichlar yorilgan bo‘lsa, ularni almashtirishdan iborat. Burilishni ko‘rsatish chirog‘i va fonarlardagi lampalarning yaroqliligi har kuni tekshiriladi. Shuningdek asboblarning mahkamlanish joylari va simlarning ularga ulanishi ko‘zdan kechiriladi, oksidlangan qismalar tozalanadi.
Burilishni ko‘rsatish chirog‘i relesining xarakterli nuqsoni lipillaydigan chiroqning yo‘qligidir. Bunga sabab tor uzilgan yoki kontaktlar kuyib yopishib qolgan bo‘ladi. Barcha hollarda ham yaroqsiz rele almashtiriladi.



4-rasm. Avtomobil faralarini sozlash:


Ikki tolali shtiftli A27 lampasi burilish oldidan yorug‘lik signali berishga mo‘ljallangan kuchi 21 kd bo‘lgan yorug‘lik hosil qiladigan tolaga va gabaritni yoritishga mo‘ljallangan kuchi 6 kd bo‘lgan yorkg‘lik hosil qiladigan tolaga ega. Podfarnik lampasini almashtirish uchun biriktirish vintini burab olish va sochuvchini joydan olish kerak.



Download 309,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish