13-mavzu. Yangi davrda va Maorif davrida Yevropada pedagogik fikrlarning rivojlanishi. Reja



Download 303,38 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana22.07.2022
Hajmi303,38 Kb.
#839666
  1   2   3
Bog'liq
13-маъруза



13-mavzu. Yangi davrda va Maorif davrida Yevropada pedagogik fikrlarning 
rivojlanishi. 
Reja
1.Yan Amos Komenskiy – ilmiy pedagogikaning asoschisi. 
2. D.Lokkning pedagogik konsepsiyasi.
3.Fransuz ma’rifatparvarlarining shaxsni shakl-lantirishda tarbiyaning o‘rni va roli 
muammosi haqidagi qarashlari.
Asosiy tushunchalar: 
Yevropa, Yevropa uyg‘oniy davri, feodalizm kapitalizm, gumanistlar, 
utopistlar, toboroitlar, chex qardoshlari maktabi onalar maktabi, didaktika, 
Yasnaya polaniya maktabi, akademiya, ilmiy tarbiya o‘qituvchilar seminariyasi, 
Tarbiya jurnali. 
Kapitalistik ishlab chiqarish usuli paydo bo‘lishi, manufaktura va savdo-
sotiqning taraqqiy qilishi, shaharlarning o‘sishi. Yevropa uyg‘onish davrining 
xarakterli belgilaridir. Matematika, astronomiya, mexanika, geografiya, tabiiyot 
ilmi taraqqiy qildi. Bu davr ilmning turli sohalarida buyuk ixtirolar va kashfiyotlar 
qilingan davr bo‘ldi. Uyg‘onish davrida Yevropada kitob chop qilish ixtiro etildi, 
Amerika kashf qnlindi, Hindistonga dengiz yo‘li ochildi. 
Uyg‘onish davrining arboblari — gumanistlar (lotincha «gumanus»— 
insoniy degan so‘zdan olingan) odamni eng oliy zot deb hisoblab, uni birinchi 
o‘ringa qo‘ydilar va shaxsni bo‘g‘ib qo‘ygan cherkov diniy dunyoqarashiga qarshi 
qattiq kurashdilar. Biroq ular o‘zlarining g‘oyalarini ilgari surganlarida, faqat 
cheklangan doiradagi shaxslarni — jamiyatning yuqori tabaqasinigina nazarda 
tutdilar. Gumanist pedagoglar ulug‘ zotlarning bolalarini jismoniy jihatdan har 
tomonlama yetuk qilib o‘stirish, ularga estetik tarbiya berish kerak, ular antik 
adabiyot yodgorliklarini o‘rganish uchun lotin va grek tillarini bilishlari shart deb 
talab qildilar. 
Gumanistlar matematika, astronomiya, mexanika, tabiiyot singari tabiiy-
ilmiy fanlarni aqliy ta’lim berish programmasiga kiritdilar. 
Gumanistlar bolani izzat qilish kerakligini aytdilar: ular yodlash usulda 
o‘qitishga va qattiq intizomga qarshi chiqdilar; bolaning bilimga qiziqishi va 
havasini uyg‘otishga harakat qildilar. Gumanist pedagoglar rahbarlik qilgan 
maktablardagi o‘qitishning mazmuniga cherkovning tasiri birmuncha susaydi.
Gumanistlarning pedagogikaga doir qarashlari ayrim mak-tablardagina, yani 
aslzoda va badavlat kishilarning bolalari o‘qitilayotgan maktablardagina tatbiq
etildi. Ayni vaqtda shahar maktablari o‘sib bordi, bu maktablarda hunarmandlar va 
savdogarlarning bolalari boshlang‘ich ta’lim olar edilar. Qizlar uchun ham 
maktablar ochila boshlandi (odatda, bular xususiy maktablar bo‘lar edi). Shahar 
maktablarining ko‘pchiligida o‘quvchilar o‘z ona tilida o‘qitiladigan bo‘ldi. XVI 
asrda boshlang‘ich maktablar bilan bir qatorda (badavlat kishilarning bolalari 
uchun), o‘qish muddati 8—10 yil bo‘lgan yuqori (lotincha) maktablar va o‘rta 
maktablar (kollegiumlar, gimnaziya-lar) ochila boshladi. Katolik cherkoviga qarshi 
kurashib kelgan bazi sektant jamoalar, O‘rta Yevropada anabaptistlar, Chexiyada 


taboritlar va boshqalar o‘z sektalari (mazhablari) azolarining bolalari uchun ona 
tilida o‘qitiladigan umumiy boshlang‘ich maktablar tashkil qildilar. 
Uyg‘onish davrida turli mamlakatlarda pedagogika ilmi har bir 
mamlakatning o‘ziga xos ruhini aks ettirib, turlicha taraqqiy qildi. 
Chunonchi, Italiyada antik falsafadan yaxshi xabardor bo‘lgan mashhur 
gumanist Vittorino da Feltre (1378—1446) «Shodlik uyi» deb atalgan maktab 
ochdi. Bu maktabni tashkil qilishda gumanistlar pedagogikasining prinsiplari asos 
qilib olindi.
Bu maktab xushmanzara tabiat quchog‘ida, juda yaxshi saroyda ochilgan 
edi. Bu saroy binosi Vittorinoning ko‘rsatmasi bilan maktab ehtiyojlari uchun 
moslanib, maxsus ravishda qayda jihozlandi. Yangi maktabning o‘rta asr 
maktablaridan farqi yana shun-dan iborat bo‘ldiki, bu yangi maktabning xonalari 
keng va yorug‘ edi. O‘quvchilarni jismoniy jihatdan chiniqtirishga ayniqsa katta 
e’tibor berilardi. Bu maktabda klassik tillar va klassik adabiyot asosiy fan sifatida 
o‘qitilardi, bolalar matematika, astronomiya bilan shug‘ullanar, ekskursiyalarga 
borib, tabiat manzaralarini tomosha qilar edilar. O‘yinlarga, bolalarni jismoniy va 
ruhiy jihatdan chiniqtirishga katta ahamiyat berilardi. 
Gumanizm ideyalari Italiyadan Fransiyaga o‘tdi. 
Gumanist-yozuvchi Fransua Rable (1494—1553) Uyg‘onish davridagi 
pedagogika ilmining eng ko‘zga ko‘ringan namoyandalari-dan biri bo‘ldi. U 
o‘zining satira tariqasida yozilgan mashhur «Gargantyua va Pantagryuel» degan 
romanida o‘rta asrdagi sxolastik tarbiya usulini qattiq tanqid qildi va gumanistik 
tarbiya usulini bu usulga qarshi qilib qo‘ydi. Bu gumanistik tarbiya usulida bolani 
puxta o‘ylab tuzilgan rejim bilan tarbiyalashga, unga har tomonlama bilim 
berishga, bolaning mustaqil tafakkurini, ijodkorligi va aktivligini o‘stirishga asosiy 
e’tibor be-rildi. 
Rablening romanida korol o‘z o‘g‘li Gargantyuani tarbiyalash uchun 
sxolastika olimlarini taklif qilganligini, bu olimlar Gargantyuani hamma narsani 
quruq yodlab olishga majbur qilganliklarini hikoya qiladi. Natijada Gargantyua 
bazi sxolastika kitoblarini shunchalik yodlab oladiki, bu kitoblarni boshidan 
boshlab oxirigacha va oxiridan boshlab boshigacha yoddan aytib beradigan bo‘lib 
qoladi. Bunday noto‘g‘ri o‘qitish va tarbiya natijasida Gargantyua butunlay 
fahmsiz kishi bo‘lib yetishadi. 
Shundan so‘ng korol sxolast muallimlarni haydab yuborib, gumanist 
muallimni tarbiyachi qilib chaqiradi, bu muallim bolaning tarbiyasini butunlay 
o‘zgartirib yuboradi. Shundan so‘ng Gargantyua jismoniy mashqlar bilan ko‘proq 
shug‘ullanadigan bo‘lib qoladi, fanni batafsil va to‘g‘ri o‘rgana boshlaydi. 
Gargantyua dalalar va o‘rmonlarni kezib yurib, tabiatni kuzata boshlaydi; 
o‘simliklarni to‘plab, gerbariylar tuzadi; yangi muallim yulduzlarni kuzatish yo‘li 
bilan astronomiyani o‘qitadi. Suhbatlar olib borish, kitoblar o‘qish, ko‘rsatma 
qurollardan foydalanish yo‘li bilan bolaga juda ko‘p fan o‘rgatiladi. Gargantyua bir 
necha muzika asbobini chalishni va ashula aytishni o‘rganib oladi. Xullas, bilimlar
ongli ravishda o‘zlashtiriladi. 
Rable o‘qitish ko‘rsatmali, hayotiy bo‘lsin degan ideyani himoya qildi. U 
o‘qitishni turmush, atrof muhit bilan bog‘lab olib borishni maslahat beradi. 


Yosh avlodni mehnat faoliyati jarayonida tarbiyalash haqidagi g‘oyani 
biriichi bo‘lib ingliz gumanist-mutafakkiri Tomas Mor (1478—1535) aytdi. 
Nazariy bilim berishni mehnat bilan qo‘shib olib borish didaktik prnispini ilmiy 
asoslaydi. 
«Yeng yaxshi tuzilgan davlat haqida va yangi Utopiya oroli haqida ham 
foydali, ham qiziqarli oltin kitobcha» (1516) degan asarida Tomas Mor 
Angliyaning adolatsizlik negiziga qurilgan tuzumini qattiq tanqid qildi va bu 
adolatsiz tuzumga, o‘zi o‘ylab chiqargan «Utopiya» degan orolda vujudga kelgan 
va xususiy mulk nimaligini bilmaydigan eng odilona tuzumni qarama-qarshi qilib 
qo‘ydi. U «Utopiya» orolida o‘g‘il bolalarga ham, qiz bolalarga ham jamiyatning 
o‘zi tarbiya beradi va bolalarning hammasini boshlang‘ich maktabda o‘qitadi, deb 
yozadi; hamma keng bilim oladi. Darslar ona tilida olib boriladi. Maktablarda 
o‘qish va yozishdan tashqari, arifmetika, geometriya, astronomiya, muzika, 
dialektika, tabiiyot ilmi o‘rgatiladi. Utopiyaliklar ko‘rsatma qurollardan keng 
foydalanadilar. 
Tomas Morning jismoniy tarbiyaga katta ahamiyat beradi, bu ishda jismoniy 
tarbiyaning Afina tizimini: gimnastika va harbiy mashqlar qilish yo‘li bilan inson 
tanasini sog‘lom, baquvvat va xushbichim qilib chiniqtirish usulini asos qilib
oladi. 
Tomas Morning yosh avlodni mehnat faoliyatiga tayyorlashga alohida 
ahamiyat berdi, va har bir kishi har tomonlama mukammal bo‘lib rn-vojlanishi 
kerak, degan fikrni aytdi. U o‘z asarida, utopiyaliklarning hammasi albatta 
shug‘ullanishi shart bo‘lgan bitta ish bor, u ham bo‘lsa dehqonchilikdir, deydi. 
Bolalar dehqonchilikni maktablarda nazariy jihatdan o‘rganadilar va shahar 
atrofidagi dalalarda dehqonchilik bilan amaliy shug‘ullanadilar. Utopiya orolidagi 
har bir kishi, dehqonchilikdan tashqari, yana biror maxsus hunar bilan 
shug‘ullanishi va bu hunarni puxta o‘rganib olishi shart. Jismoniy mehnat hamma 
uchun majburiydir. Aqliy mehnat bilan shug‘ullanishni esa utopyyaliklar o‘zlari 
uchun eng katta huzur bag‘ishlaydigan ishlardan biri deb hisoblaydilar. Juda oz son 
kishilargina nuqul aqliy faoliyat bilan shug‘ullanadilar va jismoniy mehnatdan xoli 
qilib qo‘yiladilar. Bular olimlar bo‘lib, o‘zlari uchun jamiyat tomonidan ajratilgan 
alohida zallarda ilm-fan bilan shutullanadilar. Lekin ular ko‘ngildagiday ishlab, 
samarali natijalar bermasalar, bunday olimlarni ilm sohasidan chetlatib, hunar va 
dehqonchilik bilan shug‘ullanishga majbur qilib qo‘yadilar. 
Utopiyaliklar bo‘sh vaqtlarini kutubxonalarda va muzeylarda o‘tkazadilar, 
o‘z bilimlarini oshirish bilan astoydil shug‘ullanadilar. Istagan kishilarning 
hammasiga davlat shu kutubxonalar va mueeylardagi kitoblar, asboblar va shu 
kabilardan to‘la ravishda foydalanish huquqini berib qo‘yadi. O‘z bilimini mustaqil 
ravishda oshirish yo‘li bilan chuqur bilim olgan oddiy fuqarolarning ko‘plari
olimlar qatoriga o‘tkaziladi. 
Tomas Morning ta’limotining pedagogikaga doir tarixiy ahamiyati shundaki 
u hammani yoppasiga o‘qitish (umumiy ta’lim) prinsipini il-gari surdi, erkaklar 
bilan ayollar ilm olishda teng bo‘lishini mustaqil ravishda ilm o‘rganish, katta 
yoshdagi kishilarga marifat berishni mehnat asosida tarbiyalash jismoniy mehnat 
bilan aqliy mehnat uyg‘unligi tavsiya etdi. U o‘quvchilar o‘z ona tilida o‘qitishni 


talab qildi, o‘qitiladigan fanlarnnng keng ro‘yxatini tuzib, bu ro‘yxatda tabiiyot 
ilmini birinchi o‘ringa qo‘ydi.
Buyuk slavyan pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592—1670) «Chex 
qardoshlari» jamoasining yo‘lboshchilaridan biri bo‘ldi. 
Komenskiy «Chex qardoshlari» jamoasiga mansub bo‘lgan oilada tug‘ildi, 
jamoa hisobiga o‘rta va oliy malumot oldi. U jamoasining ruhoniysi qilib saylandi 
va qardoshlik maktabiga boshchilik qildi. Komenskiy xalqning nemis dvoryanlari 
va katolik cherkovi zulmiga qarshi olib borgan kurashida faol qatnashdi. O‘ttiz 
yillik urush vaqtida reaksiya kuchlari jamoaning boshqa azolari qatorida
Komenekiyni ham qattik. taqib qildi. Komenskiy vatanni tashlab ketishga majbur 
bo‘ldi. 
«Chex qardoshlari» ko‘chib kelib o‘rnashgan Polshadagi Leshno shahrida 
Komenskiy qardoshlik maktabiga rahbar bo‘lib qoldi, keyinroq borib yepiskop 
qilib saylandi. 
Komenskiy 1631 yili «Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi» degan 
darslik yoedi. Birinchi marta shu kitobda lotin tilini o‘zlashtirishni tevarak-atrof 
dunyoni o‘rganish bilan qo‘shib olib borish masalasi qo‘yildi. Quvg‘inlik 
hayotining qiyinchiliklariga qaramay, Komenskiy o‘zining pedagogikaga doyr
asosiy asari bo‘lgan “Buyuk didaktika” (1632) yozib tamomladi. O‘qitish 
jarayoni "haqidagi fanga negiz asos solgan bu kitob ko‘p tillarga tarjima qilindi va 
Komenskiyning nomini butun dunyoga tanitdi. Komenskiy maktabgacha tarbiyaga 
doyr «Onalar maktabi» degan jahonda birinchi qo‘llanma asarini (1633) ham 
pedagogika fanini rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 
U qonli urushlar va qattiq siyosiy hamda di-niy nifoqlar hukm surgan bir 
davrda yalpi tinchlikni saqlash, siyosat, fan va maorif sohasida xalqlar hamkorligi 
o‘rnatishni tavsiya qildi. U insoniy munosabatlar va jamiyat hayotini yaxshilash 
maqsadida jahonning hamma mamlakatlari bilan aloqa bog‘lab turuvchi universal 
markaz tasis etishni taklif qildi. Komenskiy «Insoniy ishlarni tuzatish haqida yalpi 
maslahatlar» nomli 7 tomli katta asar yozdi (u hayot ekanligi vaqtida 2 tomi bosilib 
chikdi, qolgan tomlari esa fakat 1935 yilda topildi va Chexoslovakiya Sosialistik 
Respublikasida chop qilindi). Bu asari da «hammani va hamma narsada har 
tomonlama tuzatish»ning insonparvarona va demokratik g‘oyani belgilab chiqdi. 



Download 303,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish