Jamoat birlashmalarining mulki jamoat birlashmalari, ka-saba uyushmalari, xotin-qizlar,
fahriylar, yoshlar va bolalar tash-kilotlari, ijodiy uyushmalari va turli jamg’armalar mol-mulki-dan
iborat.
Diniy tashkilotlarning mulkida binolar, diniy buyumlar, ishlab chiqarish, ijtimoiy va hayriya
ahamiyatiga ega bo’lgan obektlar, o’z faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan pul mablag’lari
va boshqa mol-mulklar bo’lishi mumkin. Ular o’z mol-mulklariga amaldagi qonunlar doirasida egalik
qiladi, foydalanadi va tasarruf etadi.
3. Xususiy mulk huquqi obektlari
O’zbekiston Respublikasi FKning 209-moddasiga asosan qonun bilan man etilgan ayrim
ashyolardan tashqari har qanday mol-mulk xususiy mulk bo’lishi mumkin. Quyidagilar xususiy mulk
huquqining obektlari hisoblanadi:
-uy-joylar, xonadonlar, dala hovlilar, ekinlar, hayvon va parrandalar, uy-ro’zg’or buyumlari;
- aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar;
- ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, savdo va boshqa xo’jalik faoliyati sohasidagi korxonalar,
mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskuna, tarnsport va boshqa ishlab chiqarish vosita-lari;
- ixtirolar, selektsiya yutuqlari, sanoat namunalari va intel-lektual faoliyatning (mulkning)
boshqa natijalari;
- istemol qilishga va ishlab chiqarishga mo’ljallangan har qanday boshqa mol-mulk qonunlarga
muvofiq xususiy mulk bo’lishi mumkin, ayrim mol-mulk turlari bundan mustasno.
Yuqoridagi obektlar xususiy mulk huquqi asosida fuqaro-larga ham, yuridik shaxslarga ham
tegishli bo’lishi mumkin. Korxona mol-mulk majmuidan iborat bo’lib, tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirishning zarur va muhim shartlaridan biridir. Tadbir-korlik faoliyati yuridik shaxslar, fuqarolar
yoki fuqaro tomoni-dan o’z tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari asosida daromad (foyda) olish
maqsadida qonunlar doirasida amalga oshi-riladign tashabbuskor xo’jalik faoliyatidir.
Faoliyatga yollanma mehnatni jalb qilgan holda ish olib bo-rayotgan xususiy tadbirkor yuridik
shaxs hisoblanib, uning korxo-nasi tegishli tartibda davlat ro’yxatidan o’tkazilishi shart.
Ёllanma mehnat jalb qilmay yakka tartibda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxs
yuridik shaxsni tashkil qil-may ish olib borishi mumkin.
1
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. 1996. 5-6-сон. 61-модда.
2
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. 1998. 9-сон. 181-модда.
3
Халқ сўзи, 1998 йил 5 март сони.
90
Xususiy tadbirkorlik mol-mulki davlat, kooperativ yoki bosh-qa korxonalarning mulkidan yoki
uning bir qismini harid qilish-dan yoki ijaradagi mulkini sotib olishdan hamda qonunda nazarda
tutilgan boshqa asoslardan vujudga keladi.
Xususiy korxona o’zi joylashgan tuman, shahar va shaharlar-dagi tuman hokimliklarida davlat
ro’yxatidan o’tkazilgan kundan boshlab yuridik shaxs huquqiga ega bo’ladi. Uning mulki asosiy va
aylanma mablag’lardan, shuningdek korxona balansida aks ettiril-gan boshqa mablag’lardan iborat.
Xususiy korxona egasi O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid bo’lmagan har qanday
harakatni amalga oshirishga haqlidir. Xususiy korxona majburiyatlari bo’yicha korxona mulkdori
o’ziga tegishli bo’lgan mol-mulki bilan javob beradi
1
.
Qonun bo’yicha fuqaro yoki yuridik shaxs sotib olishi, foydala-nishi va hadya qilishi mumkin
bo’lgan har qanday narsa xususiy mulk obekti bo’lishi mumkin. Xususiy mulk o’zining huquqiy
rejimiga ko’ra fuqarolik erkin muomalasidagi xususiy mulk va fuqarolik muomalasida harakati
cheklangan xususiy mulkka bo’linadi.
Tegishli qonun hujjatlarida fuqarolarning mulki bo’la olmaydigan mol-mulk ko’rsatib o’tilgan.
Bunga asosan quyidagilar fuqarolarga tegishli mulk bo’la olmaydi:
-qurol-yarog’, shu jumladan, o’q otar qurol (silliq stvolli ov miltiqlari, sport qurollari,
shuningdek mukofotga berilib belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan qurollardan tashqari),
armiya o’q dorilari va harbiy texnikasi;
-portlovchi moddalar va materiallar, asboblar va qurilma-ar;
-giyohvandlik moddalari, psixotrop, zaharli moddalar, qattiq tasir etuvchi, zaharlovchi moddalar;
-maxsus taqiqlab qo’yilgan boshqa mol-mulklar.
Agar fuqaro ixtiyorida bunday mol-mulk insofli va qonuniy asoslarda paydo bo’lsa (meros
tariqasida o’tish va h.k.), u buni o’zi-dan begonalashtirishi lozim. Agar bunday mol-mulk
g’ayriqonuniy va noinsoflik asosida olinsa yoki hosil qilinsa, davlat foydasi-ga musodara etilishi
lozim.
Yuqoridagi obektlar qonunda belgilangan tartibda va asos-larda yuridik shaxslar mol-mulki
tarkibiga kirishi istisno etil-maydi.
1
Ўзбекистон Республикасида хусусий тадбиркорлик тўғрисида Низом (Вазирлар Маҳкамасининг 1995 йил 14
февралдаги қарорига илова).
91
Do'stlaringiz bilan baham: |