Jamoa korxonasining mulki davlat korxonasining butun mol-mulki mehnat jamoasi azolari
tomonidan sotib olish yoki boshqacha usullar bilan qo’lga kiritilgan taqdirda vujudga keladi. Uning
tarkibiga shuningdek, ishlab chiqarilgan mahsulotlar, olingan daromad va boshqalar ham kiradi.
Xo’jalik shirkati va jamiyatlarining mulki yuridik shaxs hisoblangan xo’jalik shirkati va
jamiyatining mulki qatnash-chilarning qo’shgan hissasi hisobidan xo’jalik faoliyati natija-sida olingan
hamda qonunda man etilmagan boshqa asoslarda ular tomonidan qo’lga kiritilgan mol-mulkdan hosil
bo’ladi.
1
Ўзбекистон Республикасининг Фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари тўғрисидаги қонунида.
Ўзбекистон Республикасининг янги қонунлари. 21-сон. -Т.: Адолат. 1999. -129 б.
2
Ўзбекистон Республикасининг Мулкчилик тўғрисидаги қонунида. Ўзбекистон Республикасининг қонун ва
фармонлари. -Т.: Ўзбекистон. 1992. -13 б.
3
Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси. 1992. 1-сон. 45-модда.
89
Quyidagi xo’jalik shirkatlari va jamiyatlari mavjud:
-masuliyati cheklangan jamiyatlar. Bunda muassis-tasischi jamiyatning xo’jalik faoliyati natijasi
uchun ustav fondiga o’zi kiritgan pay badali ulushi miqdorida javobgar bo’ladi;
-to’liq shirkat. Bunda tasischi shirkat faoliyati uchun to’liq hajmda javobgar bo’ladi.
-kommandit shirkat o’ziga xos aralash shirkat bo’lib, muassis-lar masuliyati cheklangan azo yoki
to’liq masuliyatli azo bo’lishi mumkin.
Xo’jalik jamiyati muassislari xo’jalik jamiyatlari faoliyat-larida bevosita ishtirok etishlari shart
emas.
Aktsiyadorlik jamiyatlari o’z ustav fondi doirasida, uning qiymatiga teng keladigan aktsiyalar,
yani qimmatli qog’ozlar chiqa-rishga haqli. Umumiy qoida bo’yicha aktsiya chiqaruvchi aktsiya
chiqarish uchun maxsus idora ruxsatini oladi.
O’zbekiston Respublikasining Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya
qilish to’g’risidagi qonuniga (26.04.1996 yil
1
) 29.08.1998 yildagi qonunda kiritilgan qo’shimcha va
o’zgartishlarda
2
, jamiyat davlat mulki negizida tuzilganda kor-xonaning (mol-mulkning) qonun
hujjatlarida belgilangan tartib-da aniqlangan bozor bahosi jamiyat ustav fondining summasini tashkil
etishi belgilandi. Shuningdek, aktsiyadorlikka aylantiri-layotgan korxonaning fond bozoridagi
faoliyatini rag’batlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fond bozorini yanada
rivojlantirish hamda davlat mulki negizida tashkil etilgan aktsiyadorlik jamiyatlarini qo’llab-
quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni
3
qabul qilindi.
Aktsiyadorlik jamiyatlari ochiq yoki yopiq turda bo’lishi mumkin. Aktsiyalar fond birjasida
erkin tarqatilsa, ochiq turdagi, faqat maxsus doiradagi shaxslargagina tarqatilsa, yopiq turdagi
aktsiyadorlik jamiyati bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |