13-mavzu. Tarang o’tqazishli birikmalarni yig’ish reja: Tarang o`tqazishli birikmalarni yig`ish



Download 303,24 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana01.07.2022
Hajmi303,24 Kb.
#728694
  1   2
Bog'liq
13-мавзу (1)



13-MAVZU. TARANG O’TQAZISHLI BIRIKMALARNI YIG’ISH 
 
Reja: 
1.
Tarang o`tqazishli birikmalarni yig`ish
2.
Podshipnikli yig`ma birliklarni yig`ish
Tayanch iboralar: 
Shpon ariqchalari yeyilishi, darz bo‘lish, valdagi rez’ba 
uzilib ketish, val bo‘yinlarining konussimonligi yoki ovalsimonligi, shaberlash, 
kaustik soda, yetaklovchi va yetaklanuvchi vallar, mis andazalar, shponka pazi, 
chervyakning kirishlari soni, bandaj, tish cho‘qqilari, tepish diapazoni. 
Tarang o`tqazishli birikmalarni yig`ish 
 
Detallarni tarang o`tqazish bilan yig`ishda qo`zg`almas birikmalar hosil 
bo`ladi, ya`ni valning (qamrab olinuvchi detal) diametri teshik (qamrab oluvchi 
detal) diametridan katta bo`lishi kerak. Yig`ishni bolg`a yoki kuvaldaning yengil 
zarbasi, dastaki va statsionar press bosimi ostida, qamrab oluvchi detalni qizdirib 
va qamrab olinuvchi detalni sovitib amalga oshiriladi. 
Qo`zg`almas birikmalarni presslab o`tqazishdan avval detal sirtlari 
tozalanadi, ulardagi g`adir-budirliklar yo`qotiladi va yupqa qatlamda moy surtiladi. 
Presslab o`tqazishda birikadigan detallar sirtining g`adir-budirligi 1,25-0,16 mkm 
bo`lishi kerak. Qamrab olinuvchi detallarning qirralarida 10
0
-15
0
burchakli faska 
yoki qirralari dumaloqlangan bo`lishi kerak. 
Tarang o`tqazishli birikmalar (tutashmalar) ni yig`ishda qamrab oluvchi 
detal qamrab olinuvchi detalga kiygiziladi (presslanadi) yoki qamrab olinuvchi 
detal qamrab oluvchi detal teshigiga turli usullar bilan kirgiziladi. 
Tutashmalarni sovuq holatda yig`ish turli konstruktsiyali press yordamida 
amlga oshiriladi. Katta bo`lmagan detallar, yig`ishni yengillashtiruvchi va plastik 
deformatsiya keltirib chiqarmaydigan turli opravkalar yordamida, opravkaga 
markaziy yo`nalishda bolg`a bilan zarba berib amalga oshiriladi, bunda detalning 
qiyshayishiga yo`l qo`yilmaydi. 
Tarang o`tqazishli birikmalarni issiqlayin yig`ish keng tarqalgan. Bu 
universal usul bo`lib, turli o`lchamdagi va shakldagi detallarga qo`llash mumkin. 
Detalni qizigan moyda, suyuq metal (qo`rg`oshin, qalay, rux) da, pechlarda, gornda 
va boshqa qizdirish pechlarida qizdirish mumkin. Taranglikning qiymatiga bog`liq 
ravishda detalni qizdirish haroratini tanlanadi. 
Qamrab olinuvchi detalni sovitish orqali ham yig`ishni amalga oshirish 
mumkin. Bu usul yupqa devorli detallarni yirik detallarga (vtulka korpusli detalda 
joylashgan podshipnikka presslanadi) tarang o`tqazishli biriktirishda qo`llaniladi. 
Detalni suyuq kislorod, azot, havo (-190 

-210
0
C
haroratli), qattiq uglekislota 
yoki uglerodning dioksidi (quruq muz – haroratlar farqi 70-90
0
C
) bilan 
to`ldirilgan maxsus baklarda sovitiladi. Sovitish vaqti detal devorining qalinligi va 
foydalaniladigan sovitgichga bog`liq bo`ladi. Sovitilgan detal sovituvchi bakdan 
olinadi va birikmani yig`ish amalga oshiriladi. Bunda, deyarli hech qanday 


zo`riqishni talab qilmaydi. Qamrab oluvchi detal qizdirilganda uning o`lchami 
kattalashadi, natijada kafolatlangan tarang o`tqazishli qo`zg`almas birikmalar hosil 
qilinadi.
14.16. Podshipnikli yig`ma birliklarni yig`ish 
Valning bo`yniga zoldirli podshipnikni presslab o`rnatish uchun turli xildagi 
dastakli 
moslamalardan 
foydalanish mumkin: 
maxsus 
stakanlardan va 
qisqichlardan, vintli qurilmalardan va boshqalardan. Stakan va qisqichlar 
konstruktsiyasi bo`yicha sodda bo`ladi; ularning ayrimlari 14.28-rasmda 
keltirilgan. Qisqichlardan foydalanish valning bo`yniga podshipnikning bir tekis 
o`rnashini ta`minlaydi, podshipnikni qiyshiq holatda o`rnab qolish ehtimolining 
oldini oladi va podshipnikni, odatda, halqasiga bolg`a bilan urib kiritilishida 
shikastlanishidan saqlaydi.

Download 303,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish