Chakana baholar – bu baho tovarlar chakana savdoda sotilganda shakllanadigan baho. Bu bahoning asosida ulgurji baholar, shuningdek, korxona va tashkilotlarning tovarlarni chakana savdoda sotib olgandagi baholari yotadi. Korxonalar chakana savdoda ulgurji baholarga, muomala harajatlarini qoplashni va ma’lum bir miqdorda foyda olishni ta’minlaydigan savdo ustamalarini qo’shadilar.Savdo ustamasi tarkibiga qo’shilgan kiymat solig’i va maxsus soliqlar kiritiladi.

Taqqoslama baholar – bu baho mahsulot hajmi, tovarooborot, mehnat unumdorligi va boshqa ko’rsatkichlar dinamikasini o’lchash uchun foydalaniladi. Taqqoslama baholar taqqoslanayotgan qiymat ko’rsatkichlarning dinamikasiga baholar o’zgarishining ta’sirini kamaytiradi. Taqqoslama baholarni qo’llash, inflyasiya va baholarning o’sishi sharoitida ijtimoiy ishlab chiqarishni, savdoni rivojlantirish, real ish haqi, tovarlar iste’moli to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lish uchun imkon beradi.
Xarid baholar–bu bahoda davlat qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotib oladi. Bu davlat buyurtmasi shaklida amalga oshiriladi, masalan, paxta, g’alla, pilla va hokazolarga. Bu baholar iqtisodiy jihatdan asoslangan bo’lishi kerak. Qishloq xo’jaligi mahsulotlariga iqtisodiy asoslangan xarid baholari deganda, davlat va tovar ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini uyg’unlashtiradigan va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi iqtisodiy samaradorligini oshirishga imkon beradigan baholar tushuniladi.
№
Mahsulot
Lar
Yillar
2014 yil 2008 yilga nisbatan o’zgarish
2008
2009
2010
2011
2012
2013
2014
+,–
%
1.
G’alla
23300
22200
24200
34600
36400
41100
48400
25100
2.
Paxta
44900
51600
63500
73800
83700
96300
103300
58400
3.
Tamaki
162200
190000
317900
318500
318500
347800
325000
162800
4.
Sabzavot
13360
12680
16900
22400
26400
34800
48400
35040
5.
Kartoshka
40000
35700
36600
41900
64200
73500
98200
58200
6.
Poliz
13000
15200
17000
25000
26000
35900
50000
37000
7.
Meva
18000
27600
27300
35900
53300
80800
94900
76900
8.
Uzum
25000
35000
35000
42200
60400
110300
96900
71900
9.
Go’sht
265000
347700
528400
628600
638200
851200
798800
533800
10.
Sut
50000
51800
73000
88800
86600
105000
88000
38000
11.
Tuxum
19000
18000
22000
28000
28000
35000
34100
15100
12.
Pilla
139100
133700
165700
299000
400000
473400
481500
342400
1- jadval Samarqand viloyatidagi barcha toifadagi xo’jaliklarda1 s. mahsulotlarning sotish bahosi (2008-2014 yy.)* * O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plam. Toshkent 2013 yil va O’zbekiston qishloq xo’jaligi. Toshkent 2015 to’plam materiallari.
Demak, 2014 yilda 2008 yilga nisbatan mahsulotlarning o’rtacha sotish baholari keskin ko’tarilgan. Ammo qishloq xo’jaligi korxonalari mahsulotlarining o’rtacha sotish baholari erkin, ichki va jahon bozori baholariga nisbatan anchagina pastdir. Bu holat ayniqsa, davlat buyurtmasi asosida sotiladigan paxta xom-ashyosi va g’alla mahsulotlariga taalluqlidir.

Qishloq xo’jaligi mahsulotlariga garantiyalangan baholar mahsulotlarni davlat fondiga sotib olganda qo’llaniladi.
Bulardan tashqari bozor iqtisodiyotida quyidagi baholar ham keng qo’llaniladi:
Jahon
Bazis
Ma’lumot
Transfert
Garov
Jahonbaholari -tovarlarni import yoki eksport sharoitida sotish uchun foydalaniladi. Ular jahonda yetakchi tovar ishlab chiqaruvchilar va mahsulot yetkazib beruvchilar bahosiga qarab aniqlanadi.
Jahonbaholari -tovarlarni import yoki eksport sharoitida sotish uchun foydalaniladi. Ular jahonda yetakchi tovar ishlab chiqaruvchilar va mahsulot yetkazib beruvchilar bahosiga qarab aniqlanadi.
Bazis - oldindan tuzilgan bitimlarda boshlang’ich baho sifatida qo’llaniladi va qo’shimcha hamda olib tashlashlar yordamida tuzatishlar kiritilishi mumkin.
Ma’lumot – o’tgan davr uchun haqiqatda tuzilgan bitimlar bo’yicha yoki shu mahsulotni boshqa yetkazib beruvchilar bo’yicha baho darajasini aks ettiradi.
Transfert – bu turli xil baholar bo’lib, u xalqaro birlashmalar, firmalar, kompaniyalar va transmilliy kompaniyalar doirasida tovar va xizmatlarni yetkazib berish uchun hisob-kitoblarda qo’llaniladi.
Garov - mahsulotlar garovga sotib olinganda qo’yiladigan baholar.