13.3.Bozor sharoitida baholar shakllanishini takomillashtirish
13.1.Bahoning iqtisodiy mohiyati va vazifalari
Bozor sharoitida baho alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki baho orqali tovar, ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga o’tadi. Shuningdek xo’jalik ishlab chiqarish harajatlarining qoplanishiva foyda olish baho orqali amalga oshadi. Baho – tovar qiymatining puldagi ifodasi bo’lib, uning dinamikasi, nisbati va o’zgarishlari asosida qiymat qonuni yotadi. Qiymat qonuni bahoning tovar qiymati atrofidagi harakati qonuniyatini aniqlaydi. Raqobat sharoitida, talab va taklif asosida baho va qiymat o’zgarib turadi. Goho baho qiymatdan yuqori bo’ladi va aksincha. Ikkovining teng kelishi esa muvozanat bahosini yuzaga keltiradi. Mahsulotga qo’yilgan past baho, odatda uni ishlab chiqarish harajatlarining pastligidan kelib chiqadi.
Erkin raqobat sharoitida baho me’yoriy harajatlarga teng bo’ladi. O’tmish iqtisodchilarning ta’kidlashicha, baho o’rtacha ishlab chiqarish harajatlari bilan aniqlanadi. Bunday ta’rifda baho mahsulotga bo’lgan talabdan ancha uzoqlashadi va o’rtadagi bog’liqlik yo’qoladi. Haqiqatda esa mahsulotga bo’lgan talabning ortishi yoki pasayishi mos ravishda bahoni oshiradi yoki pasaytiradi. Demak, baho va talab o’rtasida to’g’ri proporsional bog’lanish mavjud.

Shuningdek, talab o’z navbatida mahsulot taklifi bilan ham bog’langan. Bu bog’liqlik bahoni muvozanatlashtiradi va ishlab chiqarish tarmoqlari o’rtasida resurslarni oqilona taqsimlashga olib keladi. Muvozanat bahosi, xuddi talab va taklif singari bir qancha omillarga bog’liq bo’ladi. Bozor bir xil tovar va xizmatlarga turli xil baho darajalarini o’rnatishni tavsiya etadi. Turli xaridorlar tomonidan sotib olinadigan bir xil tovarlarga turli baholarning o’rnatilishi bahoning diskriminasiyasi deyiladi.