Bog'liq 17-Mavzu.Qishloq xojaligi maxsulotlari baholari, ularning takomillashtirilishi
13.2. Qishloq xo’jaligi mahsulotlariga baholar tizimi
Qishloq xo’jaligida bozor iqtisodiyoti sharoitida bahoning ko’pgina turlari qo’llaniladi. Bu baholar tizimi orqali tovar ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o’rtasida iqtisodiy munosabatlar o’rnatiladi.
Ushbu baholar tizimiga quyidagilarni kiritish mumkin:
erkin yoki shartnomali;
tartibga solinadigan yoki boshqariladigan;
ulgurji;
chakana;
taqqoslama;
xarid.
Erkin baholar – bu bozorda, tovarni sotishda hosil bo’ladigan baho. Erkin bahoni shartnomali baho ham deyish mumkin. Chunki ikkovi ham o’rtada, ya’ni sotuvchi bilan xaridor manfaatlarini ko’zlagan holda shakllanadi. Bozorda erkin bahoning darajasi talab va taklif qonunlari talabiga asosan aniqlanadi. Lekin hozirgi kunda bizda bu jarayon juda qiyinchilik bilan kechmoqda.

Tartibga solinadigan yoki boshqariladigan baholar – bu baho darajasi, tartibi davlat tomonidan tartibga solinadigan yoki boshqariladigan bahodir. Bu bahoda davlat asosan asosiy oziq-ovqat tovarlarini va qishloq xo’jalik xom-ashyolarini tartibga soladi. Baholarni tartibga solishning asosiy usuli oziq-ovqat tovarlariga savdo qo’shimchalarining aniq miqdorini o’rnatish yoki ayrim mahsulotlarning cheklangan rentabellik darajasini aniqlash hisoblanadi. Shuningdek, bahoni tartibga solish alohida tarmoq va ishlab chiqarishga dotasiya berish orqali ham amalga oshiriladi.
Ulgurji baholar–bu mahsulot tayyorlovchi korxonalarning mahsulotlarini buyurtmachi korxonalarga, shuningdek, tovarlarni ulgurji sotadigan tashkilotlarga sotishda amalga oshiriladigan baho. Bundan tashqari, ulgurji firmalarning yirik partiyadagi tovarlarni chakana savdo korxona va tashkilotlariga sotadigan bahodir.

Ulgurji bahoning shakllanishi ishlab chiqarish harajatlari va mahsulot birligiga to’g’ri kelgan kommersiya harajatlari miqdorini o’rnatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ulgurji baholarni o’rnatishda to’sqinlik qiluvchi omil bu raqobatdir.Raqobat bo’lmagan sharoitda ulgurji baholarning shakllanishi bo’yicha vazifani ma’lum bir paytda davlat bajarishi kerak.Bu eng avvalo, energiya resurslariga, transport xizmatiga va aloqaga taaluqlidir.