13-mavzu. Oziq‑ovqat xavfsizligi omillari va agrosanoat sektorini rivojlantirish



Download 74,18 Kb.
bet5/6
Sana04.04.2022
Hajmi74,18 Kb.
#528030
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
13 mavza 05823

100,0

135,0

Sabzavot, %

100,0

130,0

Meva va uzum, %

100,0

121,5

Go’sht, %

100,0

126,2

Sut, %

100,0

147,3

Tuxum, %

100,0

174,5

Baliq, %

100,0

250,0

Bunday ko’rsatkichlarga erishish uchun, birinchi navbatda, qishloq xoʻjaligi ni isloh etish va modernizatsiya qilish, yerlarning meliorativ holatini va irrigatsiya tizimini yaxshilash, tuproq unumdorligi va hosildorligini oshirishga qaratilgan keng ko’lamli ishlarni davom ettirish va chuqurlashtirish zarur. Bu borada xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va albatta mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga jahon bozoridagi talabni oshirish, ularni saqlash, logistika va iste’molchilarga yetkazib berishning zamonaviy tizimini Shakllantirishga alohida e’tibor qaratishilishi kerak. Oziq-ovqat mahsulotlari, birinchi navbatda, sabzavot, meva va uzumni daladan iste’molchiga yetkazib berishda nobudgarchiliklarning oldini olish boʻyicha meva va sabzavotlarni saqlaydigan ombor va muzlatgichlar tizimi yetarli darajada rivojlanmagani, logistika va yo’l xarajatlari bilan bog’liq ko’pgina muammolarni yechish talab etiladi.


Oʻrta Osiyo mintaqasida yer resurslarining eng qimmatli muhim qismi-sug’oriladigan yerlar bo’lib hisoblanadi. To’g’ri foydalanilganda beriladigan mahsuloti boʻyicha 1 gektar sug’oriladigan yer 6-7 gektar lalmikor yerga, 50 gektar baland tog’li va 100 gektar cho’l yayloviga teng. Oʻrta Osiyo mintaqasida 6,8 mln. gektar atrofida sug’oriladigan yer bor. Jahon boʻyicha 271,432 mln. gektar yer sug’oriladigan yerlardir2. Aytish joizki, sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida yer bilan bir qatorda, sug’orish suvi ham asosiy ishlab chiqarish vositasiga aylanadi. Fizik jism hisoblangan suv faqatgina sug’orish suvi holatida, Yaʻni to’g’ridan-to’g’ri ishlab chiqarish jarayonida qatnasha boshlaganida ishlab chiqarish vositasi vazifasini bajara oladi. Sug’orish suvi yerning tabiiy xususiyatlariga ta’sir etib, tuproqdagi jarayonlarni tezlashtiradi, Yaʻni tuproqning potentsial unumdorligi elementlarini harakatga keltiradi. Shu nday qilib, sug’orish suvi tuproqning tabiiy unumdorligini iqtisodiy unumdorlikka aylanishiga imkon beradi. yerga egalik, yerdan unumli, oqilona foydalanish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan agrar islohotlarning maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov oʻzining quyidagi fikrlarini bildirgan: “Agrar sektorni tubdan isloh qilish va jadal rivojlantirish muammolari islohotlarning dastlabki bosqichida hamda Oʻzbekistonning bozorga o’tish strategiyasida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Biz qishloqning ustun darajada rivojlanishini ta’minlashni, qishloq xoʻjaligi ni sifat jihatidan Yangi asoslarda qayta tiklashni oʻz oldimizga vazifa qilib qo’ydik”3.. Shu nga asoslangan holda, davlat qishloq xoʻjaligi da bozor iqtisodiyoti munosabatlarini barpo etish maqsadida islohotlar majmuasini ishlab chiqdi va ularning huquqiy asoslarini ham yaratmoqda. Bunga respublika Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan qonunlar, Prezidentning farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari yaqqol misol bo’ladi. Oʻzbekiston Respublikasining: “Er kodeksi”, “Davlat yer kadastri to’g’risida”gi, “Ijara to’g’risida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi (Yangi tahrir), “Suv va suvdan foydalanish to’g’risida”gi, “Fermer xoʻjaligi to’g’risida”gi (Yangi tahrirda), “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish to’g’risida”gi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 5 noyabrdagi “Hosildorligi past bo’lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchi fermer xo’jaliklarini qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori, 2011yil 18 apreldagi “Fermer xo’jaliklarini qayta tashkil etish va ularning yer maydonlarini optimallashtirishda qonunchilikka rioya etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4301-sonli Farmoni, 2012yil 18 iyuldagi “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4455-sonli Farmoni va Shu lar jumlasidandir.
Hozirgi sharoitda yer resurslarini boshqarish - bu iqtisodiy, texnikaviy, tashkiliy, xo’jalik va davlatning huquqiy tadbirlari bilan uzviy bog’liqdir. Umumjamiyat manfaati yo’lida yerlardan samarali foylalanishni ta’minlash va yer resurslarini boshqarishda quyidagi asosiy tashkiliy-iqtisodiy tamoyillar mavjud:
• yer resurslarini boshqarishda iqtisodiy masalalarni yechish bilan birgalikda bevosita davlat siyosatidan kelib chiqib yagona davlatchilik, iqtisodiy, ekologik va texnologik yondoshish;
• yer va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalarini kompleks yechish, asosiy bo’g’inlardagi ayrim bog’liqliklarning uzilishi bir butun tizimda tuzatib bo’lmas holatlarni keltirib chiqarishini hisobga olish;
• mamlakat hududlarining turli tabiiy-iqlim mintaqalari boʻyicha tubdan farqlanishidan kelib chiqib ekinlarni joylashtirishda va yer resurslaridan samarali foydalanishda ularning mintaqaviy xususiyatlarini inobatga olish;
• sug’oriladigan yerlarning ustuvorligini ta’minlash. yer - qishloq xoʻjaligi da asosiy ishlab chiqarish vositasi bo’lib, u “Er Kodeksi”da oʻz tasdig’ini topgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 29 dekabrdagi “2016-2020 yillarda qishloq xoʻjaligi ni yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2460-sonli qarori qishloq xoʻjaligi da iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ekin maydonlari tarkibini maqbullashtirish hisobiga yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda intensiv, tejamkor texnologiyalarini joriy qilish, fermer xo’jaliklari moliyaviy barqarorligini ta’minlash va ular faoliyati iqtisodiy samaradorligini oshirish, tarmoq eksport salohiyatini kengaytirish maqsadlariga qaratilgan Xulosa qilib aytganda, Oʻzbekistonda shakllangan sabzavotchilik va bog’dorchilik madaniyati azaldan mahalliy o’g’itlardan foydalanishni koʻzda tutadigan biologik dehqonchilik printsiplariga asoslangan. Bu genlarni modifikatsiya qilish texnologiyalarini qo’llamasdan, juda mazali ta’mga va xususiyatlarga ega bo’lgan ekologik toza meva va sabzavotlar yetishtirish imkonini beradi. Oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash borasida olib borilgan chora-tadbirlardan biri sifatida birinchi Prezidentimiz I.Karimovning “2015-2019 yillar uchun ishlab chiqarishning tuzilmaviy qayta tuzilishi, zamonaviylashishi va diversifikatsiya­sini ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlar das­turi to’g’risida”gi ­Farmoniga koʻra, 5 yil ichida 876 investitsion loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan bo’lib, ulardan faqat oziq-ovqat sanoati sohasida Yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, mavjudlarini modernizatsiyalash va quvvatlarni oshirish maqsadida 2020 yilga qadar faqat davlat investitsiya dasturlariga koʻra, 304 ta yirik loyiha va 5000 ta Yangi ishlab chiqarish korxonasi tashkil etilishi koʻzda tutilgan. Bu esa yiliga qo’shimcha ravishda 100 ming tonna oziq-ovqat sanoa­ti mahsulotlari, 130 xildagi Yangi mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish imkonini berishi mutaxassislar tomonidan ta’kidlangan.
Koʻzlangan maqsadlarga erishish uchun, mamlakatimizda yerni haqiqiy egasiga berish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish maqsadida yerlarini xususiy mulkchilik shaklidagi fermer xo’jaliklariga uzoq muddatga ijaraga berish amaliyoti yo’lga qo’yilgan.
2016 yilda yurtimizda 160 mingdan ortiq fermer xo’jaliklari mavjud bo’lib, oʻrtacha bitta fermer xoʻjaligi ga 37,1 gektar yer maydoni to’g’ri kelmoqda, ularning 21,5 mingdan ortig’i ko’p tarmoqli yirik sub’ektlardir . Ularda dehqonchilik yoki Chorvachilik bilangina cheklanib qolmasdan, balki zamonaviy texnologiyalar, ixcham qayta ishlash uskunalari jalb etilgan holda, qo’shimcha tarmoqlar oʻzlashtirilgan. Bu, aholi, ayniqsa, qishloq odamlarining bandligini ta’minlash, daromadini oshirish, ichki bozorni arzon va yuqori sifatli mahsulotlar bilan to’ldirishda muhim omil bo’lmoqda.
Oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi haqida gap ketganda, istiqlol yillarida ekin maydonlarining tarkibi tamoman oʻzgarganini alohida ta’kidlash o’rinlidir. Paxtadan bo’shagan ekin maydonlarida avvalo, sabzavot va kartoshka, Shu lar qatorida ozuqa ekinlari, yog’-moy olinadigan va boshqa o’simliklar ekiladi, bog’ va uzumzorlar barpo etiladi. Ekin maydonlarining optimallashtirilishi va zamonaviy agrotexnologiyalarning joriy etilishi natijasida 2020 yilda boshoqli don yetishtirishni 16,4 foizga oshirib, uning hajmini 8 million 500 ming tonnaga yetkazish, kartoshka yetishtirishni 35 foizga, sabzavotni 30 foizga, meva va uzumni 21,5 foiz, go’sht yetishtirishni 26,2 foizga, sutni 47,3 foiz, tuxumni – 74,5 foizga ko’paytirish, baliq yetishtirishni 2,5 martaga oshirish koʻzda tutilmoqda.
Eng muhimi, Oʻzbekiston juda qisqa vaqt ichida g’alla mustaqilligini qo’lga kiritib, don va don mahsulotlarini eksport qiluvchi davlatlar safidan mustahkam o’rin egalladi. Agar 1990 yilda atigi 1 million tonnadan ziyodroq g’alla hosili yetishtirgan dehqon va fermerlarimiz 2000 yilda 4,1 million tonna, 2015 yilda esa 8 million 300 ming tonnadan ziyod sara bug’doy yig’ishtirib olib, oʻzbek dehqonlarining hech kimdan kam emasligini amalda isbotladilar.
Lekin erishilgan yutuqlar bilan birgalikda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida ba’zi joylarda sustkashliklarga yo’l qo’yilmoqda, jumladan, respublikamizning ba’zi tumanlarida fermerlar paxta va g’alla boʻyicha davlat buyurtmasini bajarishmagan. Meva-sabzavotni qayta ishlash darajasi 20 foizga ham yetmaydi. Yangi texnologiya va standartlar o’ta sustkashlik bilan joriy etilmoqda. Oxirgi 10 yil mobaynida mineral o’g’itlar, yoqilg’i-moylash materiallari va urug’lik narxining oʻsish i bilan paxta xomashyosi va g’allani xarid qilish narxlari oʻsish i oʻrtasida keskin farq borligi kuzatilmoqda.
YUrtimiz oziq-ovqat xavfsizligiga erishish qishloq xoʻjaligi , oziq-ovqat sanoati va savdo tarmog’ida strategiya va dasturlarning ijrosiga bog’liqligini hisobga olgan holda quyidagi soha va tarmoqlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish maqsadga muvofiq hisoblanadi:

  • Ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlash;

  • Eksport siyosatida ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish;

  • Milliy mahsulot iste’molini qo’llab-quvvatlash strategiyalarini ishlab chiqish;

  • Oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash dasturlarini tayyorlash.

Mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish asosida g’alla mustaqilligiga erishildi va oziq-ovqatning barcha asosiy turlarini mamlakatning oʻzida ishlab chiqarish amalda to’liq ta’minlandi. Oziq-ovqat xavfsizligini barqaror ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 31 oktyabrdagi PQ-1633-sonli qaroriga asosan Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi tashkil qilindi. Uyushma tarkibiga YOg’-moy korxonalari, go’sht, sut mahsulotlari korxonalari, qandolat, salqin ichimliklar ishlab chiqaradigan va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxonalar kirdi. Ushbu qarorga muvofiq joylardagi hokimiyat organlariga uyushma korxonalari bilan birgalikda go’sht-sut, meva-sabzavot va uzumni qayta ishlaydigan Yangi korxonalarni qurish hamda mavjudlarini modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish boʻyicha maqsadli hududiy dasturlarni ishlab chiqish vazifasi yuklatildi. Shu ndan kelib chiqib, Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat qilib belgilangan:
- uyushma tarkibidagi oziq-ovqat korxonalari manfaatlarini himoya qilish, ularni ish faoliyatiga bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini jalb etish;
- oziq-ovqat mahsulotlari ichki va tashqi bozorini o’rganish, marketing izlanishlarni tashkil etish;
- korxonalarni modernizatsiyalash va texnik jihozlash, investitsiyalarni jalb etish;
- korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni standartlashtirishga yordam berish;
- yog’-moy va paxta tozalash korxonalari oʻrtasidagi mexanizmni mukamallashtirish, paxta yog’i chiqishini va tayyor mahsulotning o’rnatilgan tartibda sotilishini ta’minlash;
- uyushma tarmog’idagi korxonalarga axborot ko’magi berish, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishni tashkiletish. Oziq-ovqat sanoati korxonalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 26 yanvardagi PQ-1047-sonli “Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to’ldirish yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida oziq-ovqatmahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirish, sut, go’sht, meva-sabzavot va uzumni qayta ishlash boʻyicha Yangi korxonalar qurish, mavjudlarini rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish boʻyicha investitsion loyihalarni amalga oshirmoqdalar.
Mamlakatimizda go’sht, sut, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarini qurish hamda mavjudlarini modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish boʻyicha maqsadli dasturiga muvofiq 2016 yilda 48,07 million AQSH dollari ekvivalentida investitsiyalar yo’naltirilib, 333 ta loyihalar amalga oshirildi. Shu ndan 158 ta investitsiya loyihalari asosida Yangi korxonalar tashkil etildi. 175 ta investitsiya loyihalari asosida mavjud qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari modernizatsiya va rekonstruktsiya qilindi.
Oziq-ovqat sanoatida 2016 yilda davlat investitsiya dasturlari asosida qiymati 117,6 mln dollarlik 136 ta loyiha amalga oshirildi, loyiha quvvati 143929 tonnani tashkil etdi. Hududiy manzilli dasturlarga muvofiq 154,4 mln dollarlik 1042 ta investitsiya loyihalari amalga oshiriladi, loyiha quvvati 94270tonnani tashkil etadi. Natijada 11849 ta Yangi ish o’rinlari yaratiladi. Sutni qayta ishlash boʻyicha 17,09 mln dollarlik 150 ta, go’shtni qayta ishlash boʻyicha 10,78 mln dolarlik 97ta, meva-sabzavotni qayta ishlash boʻyicha 16,17 mln dollarlik 160ta, boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha 110,39 mln dollarlik 635 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilishi mo’ljallanmoqda.Oʻzbekistonda 2016-2020 yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va tashish boʻyicha 17 ta logistika markazlarini tashkil etish rejalashtirilgan. Shu davrda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida 2020 yilda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash ulushini 22,2% ga, go’shtni qayta ishlash ulushini 18% ga, sutni qayta ishlash ulushini 18,3% ga yetkazish mo’ljallanmoqda.Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Zamonaviy texnologiyalar asosida paxta tolasini va meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash tashqi va ichki bozorda talab yuqori bo’lgan tayyor, ekologik toza to’qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2030 yilda 6,6 marta, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hajmini esa 5,7 karra oshirish imkonini beradi”,- deb ta’kidlagan.
Inson manfaatlarini ta’minlash yana bir muhim masala – aholimizning yarmidan ko’pi yashaydigan qishloq joylarda hayot darajasi va sifatini oshirish bilan bevosita bog’liqdir. Shu sababli biz bundan buyon ham qishloq xoʻjaligi sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirishga, yer va suv resurslaridan samarali foydalanishga, ilg’or texnologiyalarni joriy etishga asosiy e’tiborni qaratamiz. Shu bilan birga, xomashyoni, eng avvalo paxta xomashyosini chuqur qayta ishlash boʻyicha aniq rejalar belgilanmoqda.
Endilikda oziq-ovqat sanoati mahsulotlari ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish, qayta ishlash korxonalarini qurish, mavjudlarini rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish boʻyicha investitsion loyihalarni amalga oshirish samaradorligini oshirish uchun:
- investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni yanada takomillashtirish; zamonaviy texnologik uskunalarni lizing asosida xarid qilish orqali tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash;
-loyihalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va energiya resurslari bilan ta’minlashni yaxshilash;
- iqtisodiy oliygohlarda Investitsiyalarni loyihalash boʻyicha iqtisodchi-mutaxassis kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish va uning sifatini oshirish;
-investitsiya loyihalarining tashabbuskorlarini axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan samarali foydalanishini tashkil etish; loyihalar bajarilishini monitoringgini tashkil etish zarur. 2.2
Mamlakatimizda aholining muhim iste’mol tovarlariga bo’lgan ehtiyojlari to’liq qondirilishi barobarida, turfa xildagi noz ne’matlar eksport qilinmoqda. Bu esa qishloq xoʻjaligi da tarqibiy oʻzgarishlarni yanada chuqurlashtirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshiriladigan keng ko’lamli islohotlarning beqiyos samarasidir.Oʻzbekiston 2015 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotiga a’zo davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasida Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishgani uchun beriladigan mukofotga sazovor bo’lgan 14 davlatdan biri bo’lgani bu boradagi ishlar samaralarining yorqin ifodasidir. Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov ta’biri bilan aytganda, “iqtisodiyotni tarkibiy oʻzgartirish va modernizatsiya jarayonlarini chuqurlashtirish yuksak texnologiyalar, innovatsiyalarni talab qilinishini biz oʻzimizga yaxshi tasavvur qilamiz. Jahon tajribasi, yuksak darajada taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasi bu haqiqatni qayta qayta isbotlamoqda.” Oziq –ovqat sanoatini rivojlantirishda innovatsiyalarning qo’llanishi esa muhim ahamiyatga ega.
YUrtimizda qishloq xo’jalik sohasida tarkibiy oʻzgarishlar chuqurlashtirilib, oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlar bosqichma-bosqich kengaytirilmoqda. Amaliyotga ilg’or agrotexnologiyalar jalb etilib, intensiv bog’lar barpo qilinmoqda. Bunda mamlakatimiz Birinchi Prezidentining 2016 yil 12 apreldagi “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz ekinlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori katta turtki bo’ldi. Fermerlik va tadbirkorlik harakati har tomonlama qo’llab-quvvatlanayotganligi, amaliyotga intensiv agrotexnologiyalar, innovatsion ishlanmalar izchil tadbiq etilayotgani tufayli mahsulot yetishtirish hajmi tobora ortib, qayta ishlash sanoati taraqqiy etmoqda. Bunda 2016-2020 yillarda qishloq xoʻjaligi ni isloh qilish va rivojlantirish boʻyicha dasturiy chora tadbirlar muhim omil bo’lmoqda.Joriy yilning 9 oylik yakuniga binoan2, meva-sabzavotchilik yo’nalishi ham yuqori samaradorlikka erishilib 2,3 million tonna kartoshka, 8,2 million tonna sabzavot, 1,5 million tonna poliz mahsulotlari,1,2 million tonnadan ortiq uzum, 2 million tonna meva va rezavorlar yetishtirildi.Joriy yil boshidan buyon Chorvachilik sektori salohiyatini yanada oshirish maqsadida tijorat banklarining qiymati 380 milliard so’mdan ziyod kreditlari hisobidan qoramol boqish, parrandachilik, asalarichilik xo’jaliklarini rivojlantirish va baliq yetishtirishni ko’paytirish boʻyicha 5,2 mingta loyiha amalga oshirildi.Bunday muvaffaqiyatlar Chet ellik investorlar, yirik ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish kompaniyalarining yurtimizga bo’lgan qiziqishini tobora oshirib bormoqda.Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2016 yil 1 iyundagi “Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini tashkil etish va uni har yili o’tkazib turish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga asosan 8 noyabrda “Oʻzekspomarkaz”da I Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi oʻz ishini boshladi. Xalqaro mutaxassislarning e’tiroficha, yurtimizda yetishtirilayotgan meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlari sarxilligi, xushta’mligi, eng asosiysi, foydali va to’yimliligi bilan mintaqa va jahon bozorida juda xaridorgir. Shu ning uchun ham saxovatli oʻzbek zaminida yetishtiriladigan meva va sabzavotlar yuqori nufuzga ega bo’lgan tovar belgisiga aylanib, bu mahsulotlarni sotib oladigan mamlakatlarda ular yuksak raqobatbardoshligi bilan ajralib turadi. Oʻzbekiston o’rik, olxo’ri, uzum, yong’oq va boshqa ko’plab qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksportga chiqarish hajmi boʻyicha dunyoda yetakchi o’nta davlatdan biridir.YArmarkada Belorus Respublikasi, Germaniya, Hindiston, Qozog’iston, Xitoy, Gollandiya, Polsha, Rossiya, Turkiya singari bir qator mamlakatlarning 70 dan ortiq kompaniyalarining qatnashganligini misol keltirish mumkin.1 Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar qishloq xoʻjaligi ni tubdan diversifikatsiya qilish hamda aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan to’liq ta’minlashga qaratilgan. yetishtirilayotgan meva- sabzavotlarni xalqaro bozordagi yuksak raqobatbardoshligini oshirish maqsadida innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish yuzasidan quyidagi takliflarni berish maqsadga muvofiqdir:
• Agrar sohaning turli tarmoqlari: paxtachilik, g’allachilik, Chorvachilik, meva-sabzavotchilik va bog’dorchilik, selektsiya va urug’chilik, qishloq xoʻjaligi ni mexanizatsiyalash va kimyolashtirish, suv va tuproq resurslaridan samarali foydalanish va boshqalar boʻyicha oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning innovatsion korporativ hamkorligini yanada takomillashtirish;
• qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoatini modernizatsiyalash;
• qishloqlarda elektr energiya uzlusizligini ta’minlash va Yangi texnologiyalarni jalb etish;
• qishloq xoʻjaligi sanoatida Shu bugungi kun talabiga javob bera oladigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni keskin oshirish.
Amalga oshirilayotgan hukumat tadbirlari bilan bir qatorda, respublika agrosanoat majmuasida quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:

  • tarif va notarif vositalari yordamida mahalliy qishloq xo’jalik ishlab chiqaruvchilarini himoya qilishni davom ettirish;

  • oziq-ovqat tovarlari raqobatdoshligini oshirish va xarajatlarni pasaytirish dasturini ishlab chiqish;

  • davlat xaridlari tizimidagi preferentsiyalar hajmini oshirish;

  • zamonaviy texnologik uskunalarni xarid qilish uchun qulay sharoitlarni yaratish (imtiyozli kreditlash, marketing va b.);

  • importni o’rinini bosish salohiyatiga ega korxonalarning aylanma mablag’larini to’ldirish uchun kreditlar boʻyicha foiz stavkalari/kafolatlarni subsidiyalash;

  • agrosanoat sohasi korxonalari uchun tabiiy monopoliyalar mahsulotlari/xizmatlari tariflarining oʻsish ini ushlab turish;

  • oziq-ovqat mahsulotlariga, Shu jumladan import, savdo va boshqa qo’shimcha narxlarning oʻlchamlari ustidan davlat nazoratini kuchaytirish.

Oziq-ovqat havfsizligini ta’minlashning majmuaviy davlat siyosati zarur bo’lib, u quyidagilarni oʻz ichiga oladin:
- o’simlikchilik va Chorvachilik mahsulotini ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlash, qishloq xo’jalik va qayta ishlash korxonalari uchun uzoq va qisqa muddatli kreditlarga ega bo’lish shartlarini osonlashtirish (jahon moliyaviy inqirozi oqibatida vaziyat murakkablaShu viga, va demak kredit resurslari narxining oshishiga qarshi himoya chorasi sifatida); qishloqda xo’jalik yuritishning kichik shakllari moliyaviy mustahkamligini oshirishga yordam berish, qishloq xoʻjaligi ning texnik va texnologik modernizatsiyasini amalga oshirish, qishloq xoʻjaligi dagi tavakkalchiliklarni pasaytirish; qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqaruvchilariga maslahat yordamini berish va qishloq xoʻjaligi uchun mutaxassislarni qayta tayyorlash, qishloq xoʻjaligi sohasida davlat axborot ta’minoti tizimini yaratish, qishloq hududlarini mustahkam rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash, qishloq xo’jalik mahsuloti, xom-ashyosi va oziq-ovqat bozorlarini tartibga solish, qishloq xoʻjaligi mahsuloti ulgurji savdosi tizimini rivojlantirish ;
- aholining barcha guruhlari uchun oziq-ovqatga ega bo’lish sohasida yordam ko’rsatish (eng katta ijtimoiy tavakkalchilik hududidagi fuqarolarga: ko’p farzandli va to’liq bo’lmagan oilalar, nafaqaxo’rlar, ob’ektiv sabablar tufayli to’liq ovqatlanishni ta’minlash imkoniyatiga ega bo’lmagan shaxslarga manzilli yordam);
- “soliqqa tortish – ijtimoiy imtiyozlar” tizimida daromadlarni qayta taqsimlash mexanizmiga, ijtimoiy differentsiatsiya koeffitsiyentini pasaytirish maqsadida, eng yuqori daromadga ega aholi guruhlarining daromadlari oʻsish ini oqilona cheklash va kambag’allikning quyi guruhidagi aholi daromadlarini oshirish tomon qayta ko’rib chiqish;
- oziq-ovqat va moliyaviy iqtisodiy inqiroz sharoitida, inqirozga qarshi chora sifatida, “Oziq-ovqat talonlari” loyihasini joriy qilish. U ikki tomonlama samaraga ega: ijtimoiy (kam ta’minlangan aholi qatlamlariga oziq-ovqatga iqtisodiy ega bo’lishni ta’minlaydi) va talabni rag’batlantiruvchi (mahsulot talabi oshishiga talabgorlik mavjudligini ta’minlaydi);
- tovar ishlab chiqaruvchilarga oziq-ovqat mahsulotini vositachilarsiz, shartnomalarda belgilangan narxlar va muddatlarga muvofiq, to’lov va yetkazib berish kafolatini beradigan, oziq-ovqat oqimlari logistikasini yaratish;
- oziq-ovqat mahsulotlari sifati va havfsizligini ta’minlash borasida qo’llab-quvvatlash (oziq-ovqatning Yangi manbalarini olish, ular sifati va havfsizligini tibbiy-biologik tekshirishning biotexnologik usullari sohasidagi fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish); ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda sog’lom ovqatlanish muammolari boʻyicha umumta’lim dasturlarini keng joriy etish; ekologik sof oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni moliyaviy qo’llab-quvvatlash (subsidiyalar, imtiyozli kreditlar); ekologik sof mahsulot ishlab chiqaruvchi va oʻz mablag’larini ishlab chiqarishni innovatsiyaviy texnologiyalar asosida texnik qayta ta’minlashga sarflaydigan korxonalar uchun soliq imtiyozlarini belgilash; ekologik “havfli” mahsulot uchun jarimalar solish va ekologik havfsiz bo’lmagan texnologiyalarni soliqqa tortish);
- oziq-ovqat havfsizligini ta’minlashni tashkil etish va boshqarish tizimini takomillashtirish sohasidagi tadbirlar (quyidagi tadbirlarni ishlab chiqish va qonuniy qabul qilish: mamlakat oziq-ovqat havfsizligini ta’minlash mexanizmlarini modellashtirish; mamlakat oziq-ovqat havfsizligini baholashning mezon va ko’rsatkichlari tizimini asoslash; mamlakat oziq-ovqat havfsizligi holati va erishish istiqbollarini prognoz va nazorat qilish va boshqalar.



Download 74,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish