13-mavzu. O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatning davlat tomonidan tartibga solinishi reja



Download 152,99 Kb.
bet1/6
Sana10.07.2022
Hajmi152,99 Kb.
#770642
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
13-mavzu


13-mavzu. O‘ZBEKISTONDA TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNING DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLINISHI
Reja:
1.Tаshqi iqtisodiy fаоliyatning аsоsiy yo’nalishlаri va ulаrni tаrtibgа sоlish prinsiplаri.
2.Dаvlаtning tаshqi iqtisodiy siyosati va uning tarkibiy qismlаri.
3.Dаvlаtning bоjхоnа siyosаti va uning mаqsаdi, usullаri.
4.Dеmping va аntidеmping, ekspоrt va impоrt tоvar оqimlаrini kvоtаlаsh.

Tub iqtisodiy isloxot, SSSR tanazzulga uchragandan keyin O‘zbekiston geopolitik xolatining tubdan o‘zgarishi mamlakatni rivojlantirishda tashqi iqtisodiy aloqalarning ahamiyatini jiddiy ravishda oshirdi. Nafaqat olis, balki yaqin xorij bilan xo‘jalik va savdo aloqalari O‘zbekiston uchun tashqi iqtisodiy aloqalarga aylandi. Natijada O‘zbekistonning tashqi bozorlarga bog’liqligi sezilarli oshdi.


O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jaxon iqtisodiyoti bilan, ichki bozorning tashqi bozor bilan o‘zaro hamkorligi uchun sifat jixatidan yangi negizlarni shallantiradigan tub bozor o‘zgartirishlarini amalga oshirish ob’ektiv ravishda tashqi iqtisodiy omilni kuchaytirishni takozo etmokda. Bularning hammasi O‘zbekistonning yangi tashqi iqtisodiy siyosatini va ro‘yobga chiqarish mexanizmini ishlab chiqishni talab etdi.
Tashqi iqtisodiy siyosat – davlatning tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga solish va ishlab chiqarish omillarining xalqaro taqsimlanishida mamlakat ishtirokini maqbullashtirish rejimini belgilashga doir bir maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatidir. Tashqi iqtisodiy siyosatning asosiy tarkibiy qismlari – tashqi savdo siyosati (eksport va import siyosatini uz ichiga oladi), chet el investitsiyalarini jalb etish va xorijdagi milliy sarmoya qo‘yilmalarini tartibga solish sohasidagi siyosat, valyuta siyosati. Bundan tashkari, alohida olingan davlatlar va mintaqalar bilan tashqi iqtisodiy operatsiyalarni jo‘g’rofiy jixatdan muvozanatlashtirish vazifalari ham tashqi iqtisodiy siyosatni hal etadiki, bu xol mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash bilan bog’langan.
Tashqi iqtisodiy siyosat tashqi iqtisodiy faoliyatni ham tartibga soladi. Ko‘pchilik davlatlarda mavjud bo‘lgan tashqi iqtisodiy siyosat vositalarining keng doirasi ularga o‘z tashqi iqtisodiy aloqalari tarkibini va ularni rivojlantirish yo‘nalishlarini shakllantirishga ham, boshqa mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalari va tashqi iqtisodiy siyosatiga ham faol ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi. Tashqi iqtisodiy siyosat vositalarining ushbu doirasini savdo-siyosiy mexanizm sifatida ta’riflash mumkin.
Samarali tashqi iqtisodiy siyosatni shakllantirish uchun uning asosiy qoida(printsip)larini aniq va ravshan belgilash lozim. CHunonchi, tashqi iqtisodiy siyosatda TIF qatnashchilarining xatti-xarakatlarini iqtisodiy-huquqiy tartibga solishga asosiy o‘rin ajratiladi, toki u umummilliy manfaatlarga javob bersin.
Mamlakatimizda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirishning dastlabki bosqichlarida bir qator eng muxim masalalarni hal etgan me’yoriy baza ishlab chiqildi va amalga kiritildi. Birinchidan, korxonalarning tashqi bozorga mustaqil chiqish huquqi qonun bilan mustahkamlab qo‘yildi. Ikkinchidan, tashqi bozorlarga chiqish shartlari mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun bir xil kilib belgilandi.
Ayni vaqtda davlat paxta, ipak, oltin va umumdavlat eksport resurslarini tashkil etadigan boshqa tovarlar eksportiga doir mutlok huquqni saqlab qoldi. Tashqi iqtisodiy faoliyat uning kattik nazorati ostida bo‘ldi, eksport-import operatsiyalarining katta qismi bo‘yicha tarifli va notarif tartibga solish choralari qo‘llandi. Etarlicha qisqa muddatlarda tarkibiy qayta qurish vazifalarini hal etish imkonini bergan, eksport tushumini davlat qo‘lida markazlashtirish mamlakat valyuta resurslari ustidan ma’muriy nazoratni talab etdi.
Bir qator strategik resurslar importining o‘rnini bosishga doir qat’iy choralar ko‘rilishi mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini anchagina oshirish bilan birga tashqi iqtisodiy aloqalarni haqiqatda erkinlashtirish uchun shart-sharoit yaratish imkonini ham berdi. Haqiqatan ham, 90-yillar boshida neft mahsulotlari, bug’doy va xokazolar importiga sarflangan yuzlab million dollar mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash va uning eksport salohiyatini rivojlantirishga ishlatila boshlandi.
Binobarin, O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy siyosati mustaqillikning dastlabki bosqichlarida qo‘yidagi vazifalarni hal etdi:
- eksport-import operatsiyalarini markazlashtirishdan chiqarish;
- davlat extiyojlari uchun tovarlar eksporti va importi ustidan nazoratni kuchaytirish;
- davlat uchun strategik muxim hisoblanmaydigan tovarlar eksportini soddalashtirish;
- strategik muxim tovarlar eksportidan olingan valyuta tushumi ustidan nazoratni kuchaytirish;
- davlat siyosatining barcha choralarini qo‘llab chet el investitsiyalari jalb etilishini va eksport salohiyatini rivojlantirishni rag’batlantirish.
shu tariqa, bozor iqtisodiyotiga o‘tishning murakkab sharoitlarida jaxon bozorlariga chiqishni erkinlashtirish va protektsionizm chora-tadbirlari birikkan izchil, puxta o‘ylangan tarkibiy va sanoat siyosatiga tayanadigan siyosat bo‘ldi, chunki bunday sharoitlarda korxonalarning monetaristiq «tabiiy» tanlanishini va ular faoliyatining natijalaridan qat’iy nazar mamlakat ishlab chiqaruvchilarining monopol mavkelarini sun’iy ravishda mustahkamlaydigan keng qamrovli protektsionizmni qo‘llab bo‘lmaydi. O‘zbekiston tashqi iqtisodiy siyosatining asosida to‘rtta asosiy qoida yotadi:
- tashqi iqtisodiy faoliyatda qatnashishga qobil tarmoqlar va mintaqalarni rivojlantirish siyosatini ishlab chiqaradigan davlatning o‘zgartiruvchilik faoliyati, shu jumladan, mazkur faoliyatning bojxona mexanizmi va chet el investitsiyalari uchun qulay rejim;
- mamlakat xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini asosan bir galgi tashqi iqtisodiy bitimlardan tashqi bozorlarni ushlab turish va kengaytirishga uzoq muddatli yo‘naltirilgan, ular umumiy xo‘jalik faoliyatining doimiy va uzviy qismi sifatida tashqi iqtisodiy faoliyatga yo‘naltirish;
- tashqi iqtisodiy faoliyat funktsiyalarini xokimiyat shaxobchalari, respublika va xududiy boshqaruv organlari hamda tarmoq qoidalari o‘rtasida aniq taqsimlash;
- jaxon bozorida respublika eksportchilari uchun qulay sharoitlarni yaratish mamlakat tashqi siyosatining asosiy vazifalaridan biri bo‘lib qolishga da’vat etilgan.
Bozor munosabatlari mustahkamlanib borishi bilan qonun doirasida uz javobgarligidan kelib chiqib faoliyat ko‘rsatadigan, mulkchlikning istalgan shaklidagi mustaqil korxonalar tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy sub’ektlariga aylanishi kerak. Davlatning asosiy vazifasi esa – xar tomonlama yordam ko‘rsatish va ushbu sub’ektlarning tashqi iqtisodiy faoliyatini engillashtirishdir. Davlatning tashqi iqtisodiy faoliyati qo‘yidagilarni ta’minlashi kerak:
- mamlakat korxonalarining mashina va uskunalar, texnologiya va axborotlar, sarmoyalar jaxon bozorlariga, transport kommunikatsiyalariga kira olishi; korxonalar mahsulotining transmilliy korporatsiyalar nazorat kiladigan yoki chet el davlatlari va ular ittifoklarining protektsionistiq govlari bilan ximoyalangan bozorlarga kirib borishiga siyosiy, moliyaviy va axborot madadini ko‘rsatish;
- chet el mamlakatlari va ularning savdo-iqtisodiy guruxlari, tashkilot va ittifoklari bilan munosabatlarda qulay savdo va siyosiy rejimni barpo etish, mavjud va extimoliy kamsituvchi cheklashlarni olib tashlash, MDX mamlakatlari bilan munosabatlarda turli savdo-iqtisodiy govlarni bartaraf etish;
- kreditor mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarda valyuta-moliya muammolarini uzoq muddatga tartibga solish;
- O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy manfaatlarini ximoya kiladigan samarador tizimni shakllantirish (valyuta, eksport, bojxona nazorati va xokazo).
shu tariqa, tashqi iqtisodiy siyosat xar qanday milliy iqtisodiyotning tarakkiyotini ta’minlaydigan muxim vositadir. Bir-biridan tafovut kiluvchi ikki model mavjud. Birinchi model asosan eksportga yo‘nalishni, ikkinchi model esa import o‘rnini bosishni takozo etadi. Birinchi modelga utgan asr oxirida AQSH, ikkinchi jaxon urushidan keyin G’arbiy Evropa mamlakatlari, Yaponiya, ular ortidan esa yangi industrial davlatlar ergashdilar. Ikkinchi modelni keyingi 20 yil ichida Lotin Amerikasidagi ba’zi mamlakatlar tanladi.
O‘zbekistonning jaxon iqtisodiyotiga integratsiyasining eng ta’sirchan va samarali strategiyasi deb iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurishni uni eksportning faol o‘sishiga yullash bilan birikishini tan olishi kerak bo‘ladi.
Jaxon tajribasining ko‘rsatishicha, ochiq bozor iqtisodiyotiga xarakatlanish sharoitida eksport salohiyatini rivojlantirish va milliy eksportchiga xar tomonlama ko‘mak berish samarali tashqi iqtisodiy faoliyatning asosi va mamlakat iqtisodiy xavfsizligining garovi bo‘lib xizmat kiladi. O‘zbekiston uchun bu xol alohida ahamiyat kasb etdi, chunki faqat eksportni rivojlantirish orqali xayot uchun muxim tovarlar importini qisqartirmasdan turib savdo balansining musbat saldosiga erishish mumkin.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni (TIF) oqilona tartibga solish iqtisodiy rivojlanishda davlat strategiyasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu esa o‘z navbatida mamlakatning o‘ziga xos ichki va tashqi sharoitlarini inobatga olgan xolda, jaxon bozorining salbiy o‘zgarishlaridan himoya kiluvchi, unda egallangan mavkelarni saqlab qolishva kengaytirishni ta’minlovchi optimal darajada protektsionizm va erkin savdo siyosati qo‘llanilishini takazo etadi.



Download 152,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish