solig‘
summadan
aylanmadan
soliqni to‘lashga
o‘tadi
yoki QQS
va
foyda
solig‘ini
to‘lashga
ixtiyoriy o‘tishi
mumkin
3
1 mlrdan ortiq
QQS
va foyda
solig‘ini
to‘lashga o‘tadi
yoki
foyda
solig‘ini
soddalashtirilgan
tartibda to‘lashni
tanlashi
mumkin.
3 Umumbelgilangan soliq va yagona soliq
Qat’iy belgilangan soliq
Kalendar yilida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizasiya qilishdan olingan
tushumi 100 million so‘mdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar qat'iy
belgilangan soliqni to‘laydi.
Qat’iy belgilangan soliq yakka tartibdagi tadbirkorning kalendar oyida ishlagan
kunlari sonidan qat'i nazar, qat'iy belgilangan soliq tadbirkorlik faoliyatining turi
va soliq to‘lovchining faoliyatni amalga oshirish joyiga qarab belgilangan stavkalar
bo‘yicha to‘lanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatning bir necha turi bilan shug‘ullangan
taqdirda, qat’iy belgilangan soliq faoliyatning har bir turi uchun mazkur turdagi
faoliyatga nisbatan belgilangan stavkalar bo‘yicha alohida-alohida hisoblanadi.
Agar faoliyat amalga oshirilgan joy uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalari
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joy uchun belgilangan stavkalardan farq qilsa, qat’iy
belgilangan soliq eng yuqori stavka bo‘yicha to‘lanadi.
Masalan
, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida davlat ro‘yxatidan o‘tgan
nooziq-ovqat tovarlari bilan chakana savdo qiluvchi yakka tartibdagi tadbirkor o‘z
faoliyatini Toshkent shahrida amalga oshirgan taqdirda, Toshkent shahriga
belgilangan eng kam ish haqining 10 baravari miqdoridagi stavka bo‘yicha qat’iy
soliq to‘laydi. Agar ushbu tadbirkor Zangiota tumanida faoliyatini amalga oshirsa,
eng kam ish haqining 3 baravari miqdoridagi stavka bo‘yicha soliq to‘laydi.
Yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkor, shu jumladan oilaviy
tadbirkorlik sub’ekti qat’iy belgilangan soliqni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oydan keyingi oydan boshlab to‘laydi.
Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari kollejni tamomlagandan keyin o‘n ikki oy
ichida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan taqdirda, yakka
tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan e’tiboran qat’iy
belgilangan soliqni to‘lashdan olti oy muddatga ozod etiladi. Yakka tartibdagi
tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tilgan paytdan boshlab o‘n ikki oy ichida
faoliyat tugatilgan yoki uch va undan ko‘p oyga to‘xtatilgan taqdirda, qat’iy
belgilangan soliq faoliyat amalga oshirilgan butun davr uchun to‘lanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tilgan paytdan boshlab
o‘n ikki oy ichida faoliyat tugatilgan yoki faoliyat uch va undan ko‘p oyga
to‘xtatilgan taqdirda, qat'iy belgilangan soliq faoliyat amalga oshirilgan butun davr
uchun to‘lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: