13-mavzu: Jahon dinlari: buddizm va xristianlik va ulardagi ta’limiy- tarbiyaviy qarashlar



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana24.06.2022
Hajmi0,63 Mb.
#699597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Falsafa (2)

Buddizm manbalari. 
Buddizm ta’limoti
 
bir qator devon shakliga keltirilgan 
to‘plamlarda bayon qilingan. Ulardan eng asosiysi Tripitaka yoki Tipitaka)- uch 
savat ma’nosini anglatadi. U uch qismdan iborat bo‘lganligi uchun shunday nom 
bilan atalgan. Buddizmning bu yozma manbasi hozirgi davrda Shri-Lankada 
saqlanib qolgan. U eramizning boshlarida shakllangan. Ular - budda targ‘ibotining 
haqiqiy bayoni hisoblangan sutra matnlari sutta-pitaka), rahboniylik axloqi va 
xonaqohlar nizomlariga bag‘ishlangan vinaya matnlari vinaya-pitaka), 
buddizmning falsafiy va psixologik muammolarini bayon qilib berishga 
bag‘ishlangan abxidxarma matnlariabxidxarma-pitaka)dan iborat. Keyinchalik 
shakllangan sanskrit, xitoy, tibet, kxmer va yapon tillaridagi buddaviylikka oid 
adabiyotlar ancha keng tarqalgan, ammo ularning tarixiy qiymati kamroq. Budda 
hayotiga tegishli rivoyatlarning barchasi Tripitakada jamlangan. 
Xristianlikning vujudga kelishi.
Xristianlik dini buddaviylik va islom dinlari 
qatorida jahon dini hisoblanadi. Bu din o‘ziga e’tiqod qiluvchilarning soni jihatidan 
jahon dinlari orasida eng yirigi hisoblanadi. Unga e’tiqod qiluvchilarning soni 1 
mlrd. 600 mln. bo‘lib, bu son dunyo aholisining deyarli uchdan biriga to‘g‘ri keladi. 
Xristianlik asosan Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya 
qit’alarida hamda qisman Afrika qit’asining janubiy qismida va Osiyo qit’asining 
sharqiy qismida tarqalgan. 
Xristianlik eramizning boshida Rim imperiyasining sharqiy qismida Falastin 
yerlarida vujudga keldi. Iso Masih Iisus Xristos) Bibliyaning xabar berishiga ko‘ra, 
xristianlik ta’limotining asoschisi bo‘lib, u Rim imperiyasi tashkil topganining 747 
yili Falastinning Nazaret qishlog‘ida bokira qiz Maryamdan Xudoning amri bilan 
dunyoga keldi. Yangi eraning boshlanishi ham Iso Masihning dunyoga kelishi bilan 
bog‘liq. 
Eramizning boshlarida yahudiylar hokimiyatning uch tabaqasi bilan bog‘liq 
og‘ir tushkunlikni boshdan kechirar edilar. Bir tomondan Rim imperatori va uning 
joylardagi noiblari, ikkinchi tomondan Falastin podshohi Irod Antipa, uchinchi 
tomondan esa ruhoniylar xalqni turli soliqlar va majburiyatlar bilan ko‘mib 
tashlagan edilar. Xuddi shu davrda yahudiylar o‘rtasida kutilayotgan xaloskorning 
kelishi yaqinlashib qolganligi haqida xabar tarqatuvchilar paydo bo‘ldi. Ular xalqni 
kutilayotgan xaloskor kelishiga tayyorlash uchun chiqqan edilar. Shunda Iso Masih 
yahudiylikni isloh qilish va uni turli xurofotlardan tozalash g‘oyasi bilan chiqib, 


xristian diniga asos soldi. Yahudiylar uni va uning izdoshlarini Falastindan quvg‘in 
qildilar. Isoning 33 yoshida fitnachilikda ayblab qatl etishga hukm qildilar. 
Isoning tarixiyligi xususida diniy va diniy bo‘lmagan manbalar orasida ixtilof 
mavjud: xristianlik manbalari Isoning o‘zi xudo bo‘la turib, insoniyatning 
gunohlarini o‘ziga olish uchun odam qiyofasida tug‘ilganini, uning tarixiy shaxs 
ekanini ta’kidlab, uning hayot tarzini, insonlar bilan muloqoti haqidagi keng 
ma’lumotlarni bersada, diniy bo‘lmagan manbalarda Isoning nomi uchramaganligini 
nazarda tutib, u tarixiy emas, balki afsonaviy shaxsdir deguvchilar ham bor. 
Iso nomiga qo‘shiluvchi Masih so‘zi qadimiy yahudiy tili - 
ivrit
dagi 
“moshiax” 
so‘zidan olingan bo‘lib, “silangan” yoki “siylangan” ma’nolarini beradi. Grekchada 
bu so‘z “xristos” “christos”) shakliga ega. Bu dinning 
“xristianlik”
yoki 
“masihiylik”
deb atalishi ham shu so‘zlar bilan bog‘liq. Bundan tashqari xristianlik 
Iso Masihning tug‘ilgan qishlog‘i - “Nazaret” bilan bog‘lab, 
nazroniyya 
deb ham 
atalgan. Keyinchalik bu nom 
nasroniyya, nasroniylik 
shaklini olgan. 
Iso Masih o‘z ta’limotini o‘zining 12 o‘quvisi 
Apostollar - Havoriylar
ga 
o‘rgatdi. Ular esa Isoning vafotidan keyin ustozlarining talimotlarini har birlari 
alohida-alohida tarzda kitob shakliga keltirdilar. Bu kitoblar 
Bibliya
ning “Yangi 
ahd” qismini tashkil etadi. 

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish