Pokiston Islom Respublikasi (1947-2022 yillar).
Pokiston davlati 1947-yilning 14-avgustida tashkil etildi. Bu hodisa, avvalgi
mavzuda ta’kidlanganidek, Hindistonning ikkiga bo‘lib yuborilishi natijasi edi. Bu
bo’linish diniy belgi asosida amalga oshirilganligi uchun Pokiston hududi amalda
ikki — g‘arbiy va sharqiy qismdan iborat bo‘lib qoldi. Bu qismlarni 1600 km. lik
masofa ajratib turar edi. Pokiston 1947- yildan 1958-yilgacha inglizlarning
Hindistonni boshqarish haqidagi 1935- yildagi Qonuni, 1947-yildagi Mustaqillik
deklaratsiyasa bo‘yicha parlament tizimi asosida boshqarib kelindi. Lekin Oliy
qonun chiqaruvchi organga saylov o‘tkazilmas edi.
Pokiston davlati dastlabki kunlardanoq katta muammolarga duch keldi.
Ma’lumki, Hindistonning ikkiga bo‘linishi qattiq diniy qirg‘inlarni keltirib
chiqargan edi. Buning oqibatida faqat Hindiston hududidan dastlabki yillarda 7
mln. kishi Pokistonga qochib o‘tdi. Ularni yashash joyi va ish bilan ta’minlash
muammosi buningsiz ahvoli og‘ir bo'lgan yosh davlatning ahvolini yanada
qiyinlashtirib yubordi.
Ikki davlat o‘rtasidagi hududiy kelishmovchiliklar katta qurbonlarga sabab bo‘lgan
urushlarni keltirib chiqargan.
Kashmir muommosi.Asosiy hududiy muammo Kashmir viloyati muammosi
edi. Kashmir aholisining asosiy qismi musulmonlardan iborat. Pokiston ana shu
omilga urg‘u beradi. Hindiston esa Kashmirni asrlar osha hind maxaraji boshqarib
kelganligiga urg‘u beradi.
Maxaraj 1947-yilning iyul oyida Hindiston tarkibida qolish istagini e’lon
qildi. Bu qaror ommaviy to'qnashuvlarni keltirib chiqardi. Kashmir muammosi
BMT Xavfsizlik Kengashida muhokama qilindi. Kengash urush harakatlarini
to'xtatish, har ikki davlat qo‘shinlarini Kashmirdan olib chiqib ketish va BMT
nazorati ostida Kashmirda referendum o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
Biroq Hindiston BMT Xavfsizlik Kengashi qarorini bajarmadi. 1954-
yilning may oyida Kashmirni Hindistonga qo‘shib oldi. Kashmir muammosi
hamon ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning keskinligicha saqlanib qolishiga
sabab bo‘lib kelmoqda.
Ayni paytda bu keskinlik har ikki davlatni ittifoqchilar izlashga majbur
etgan. Hindiston qo‘shilmaslik harakati a’zosi boisa-da, sobiq SSSR bilan,
Pokiston esa AQSH bilan yaqinlashish siyosatini yuritganlar. Har ikki tomon ham
kuchli armiya tuzishga urindilar. Pokiston 1954-yilda SEATO, 1955- yilda esa
Bag'dod pakti (keyinchalik SENTO) ga a’zo boiib kirdi.
Britaniya mustamlakachiligining og‘ir oqibatlari, katta harbiy xarajat
Pokistonning iqtisodiy jihatdan sekin rivojlanishiga, agrar davlatligicha qolishiga
sabab bo‘lgan. Bu esa muhim ijtimoiy sohalarni (sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy
ta’minot va boshqalarni) zarur mablag
1
bilan ta’minlashga imkon bermagan.
Aholi turmush sharoitining og'irligi, boshqa millatlar huquqlarining kamsitilishi
mamlakatdagi ichki ahvolni yanada murakkablashtirdi. Pokiston hukumati
mamlakatning butun hududida urdu tilini davlat tiliga aylantirishga urindi. Sharqiy
Pokiston (hozirgi Bangladesh)da asosan bengallar yashar edi. Biroq ular davlat
xizmatchilarining atigi 10 foizini tashkil etardilar.
Pokiston iqtisodiga butun davlat budjetining uchdan bir qismi, ta’limga esa
o‘n oltidan bir qismi sarflanar edi. Bu hududdan qilingan eksport natijasida davlat
xazinasiga tushgan valuta asosan G‘arbiy Pokiston ehtiyojlari uchun sarflanardi.
Bu hoi, tabiiyki, Sharqiy Pokistonda milliy harakatni vujudga keltirgan. Bu
harakatni Xalq Ligasi partiyasi boshqargan.
Mamlakatdagi bu ichki ahvolni adolatli hal etish o‘rniga hukmron
Musulmon Ligasi partiyasi repressiya, zo‘ravonlik siyosati bilan javob qaytardi.
1954-yilda Sharqiy Pokistonda qonuniy yo'l bilan hokimiyat tepasiga kelgan
Birlashgan front hukumati ag‘darib tashlandi. Ayni paytda Pokiston parlamenti
tarqatib yuborildi. Butun mamlakat hududida favqulodda holat joriy etildi. 1956-yil
23-martda yangi konstitutsiya qabul qilindi. Unga ko‘ra, Pokiston Islom
Respublikasi deb e’lon qilindi. Konstitutsiyada mamlakat prezidenti musulmon
kishi bo'lishi kerak, deb belgilab qo‘yildi.1958-yilga kelib davlatning iqtisodiy
ahvoli yanada yomonlashdi. Aholi turmush darajasi pasaydi. Natijada aholining o‘z
haq- huquqi uchun kurashi kuchaydi.
Ayni paytda turli siyosiy guruhlar o‘rtasida hokimiyat uchun kurash
kuchaydi. Mamlakatda korrupsiya avj oldi. Bu hol hukumat beqarorligini keltirib
chiqardi. Mamlakatni chuqur iqtisodiy va siyosiy tanglik qamrab oldi. Shunday
sharoitda Pokiston armiyasi qo'mondonligi hokimiyatni qo‘lga olishga qaror qildi.
Ular 1958-yil 27-oktabrda davlat to'ntarishini amalga oshirdilar. Butun hokimiyat
armiya bosh qo‘mondoni general (1959-yildan — feldmarshal) M. Ayubxon
qoliga o‘tdi. Mamlakatda harbiy holat o'rnatildi. 1960-yil fevralda saylovlar
o'tkazilib, Ayubxon g‘alaba qildi.
M. Ayubxon hukumati siyosiy partiyalar faoliyatini taqiqlab qo'ydi. Ommaviy
axborot vositalariga nisbatan qattiq senzura o‘rnatdi. Ayni paytda mamlakat
iqtisodiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan qator islohotlar boshlandi. Chunonchi,
1959-yilda agrar islohot o‘tkazildi. Unga ko‘ra, katta yer egaligi 500 akr (200
gektar) hajmida cheklab qo‘yildi.
Ortiqcha yerlar sotib olindi va ular kam yerlilarga sotildi. Bundan tashqari,
hukumat qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirishni ko'paytirishga qaratilgan qator
tadbirlarni amalga oshirdi. Sanoat, savdo, soliqqa tortish sohasida o‘tkazilgan qator
tadbirlar ishlab chiqarishning o‘sishi uchun qulay sharoit yaratdi.
Bu omillar Pokistonning iqtisodiy taraqqiyotini tezlashtirdi. Biroq
islohotlarning cheklanganligi va izchil bo‘lmaganligi Pokistonning iqtisodiy
mustaqilligini ta’minlashga imkon bermadi. Chetdan millionlab tonna oziq- ovqat
mahsulotlari keltirishga majbur bo'lindi.
Mamlakatda harbiy holat uzoq davom etishi mumkin emas edi. Buni
tushunib yetgan M. Ayubxon 1962-yil 8-iyunda harbiy holatni bekor qildi.
Mamlakatning yangi konstitutsiyasi 1962-yilda qabul qilindi. Siyosiy partiyalar
faoliyatiga ruxsat etildi. Musulmon Ligasi partiyasi yetakchi partiya bo‘lib qoldi.
Uni M. Ayubxonning o‘zi boshqardi. 1965-yilda M. Ayubxon yangi muddatga
Prezident etib saylandi.
Mamlakatning tashqi siyosatida bir yoqlamalikdan (ya’ni, g‘arb davlatlari
bilan yaqinlashishdan) qaytish yuz bera boshladi. Osiyo va Afrika davlatlari bilan
munosabatlarda ijobiy tomonga o‘zgarish yuz berdi. Pokiston Isroilning arab
davlatlariga qarshi agressiyasini qoraladi. SEATO va SENTO harbiy-siyosiy
ittifoqlaridagi ishtirokini cheklab qo‘ydi. Ayni paytda Hindiston bilan
munosabatlarda o‘zgarish yuz bermadi. Bu davlatlar o'rtasida 1965- yilning o‘zida
ikki marta qurolli to‘qnashuv yuz berdi. SSSR bu ikki davlat munosabatlarini
normallashtirish uchun barcha diplomatik choralarm ko'rdi. 1966-yilning yanvar
oyida Toshkent shahrida Hindiston bosh vaziri L В Shastri va M. Ayubxon
o‘rtasida ikki davlat munosabatlarini normallashtirish haqida kelishuvga erishildi.
Biroq Pokistonda ichki vaziyat beqarorligicha qolaverdi. Buning asosiy
sababi — mamlakatning iqtisodiy qoloqligi oqibatida aholi turmushi past darajada
qolayotganligi edi. Mamlakatni ish tashlash, namoyish to lqini qamrab oldi. Ayni
paytda Sharqiy Pokistonda milliy harakat kuchaydi.
Repressiya vaziyatni yanada keskinlashtirdi, xolos. Mamlakatda vujudga
kelgan chuqur siyosiy tanglik 1969-yilning 25-martida M. Ayubxonni iste’fo
berishga majbur etdi. Hokimiyat armiya bosh qo‘mondoni general Yahyoxon
qo‘liga o‘tdi. U mamlakatda harbiy holat joriy etdi. Biroq bu siyosiy vaziyatni
barqarorlashtirishga yordam bermadi. 1970-yil dekabrda Pokiston tarixida birinchi
marta umumxalq saylovlari o'tkazildi. Mamlakatni demokratik asosda qayta qurish
dasturi bilan chiqqan partiyalar - Sharqiy Pokistonda M. Rahmon boshliq «Avomi
liga», G'arbiy Pokistonda Z. A. Bxutto boshliq Xalq partiyasi g‘alaba qildi. Lekin
xokimiyatga birdaniga kelolmadi. Hukumat repressiya boshladi. Bunga javoban,
1971- yilda Sharqiy Pokistonda milliy-ozodlik kurashi boshlandi. 26-mart kuni
Sharqiy Pokiston hududida Bangladesh Xalq Respublikasi tuzilganligi e’Ion
qilindi.
Bu harakatni Hindiston qo'llab-quvvatladi. Oqibatda Pokiston —Hindiston
urushi yuz berdi. Bu urushda Pokistonning g‘arbiy frontdagi armiyasi yengildi,
Bangladeshdagi armiyasi esa taslim boldi. Mag‘lubiyat Yahyoxon harbiy
diktaturasining qulashiga olib keldi. Shu tariqa fuqarolik hukumati tuzilishiga yo‘l
ochildi. 1971-yil 20-dekabrda Pokiston Xalq partiyasi hokimiyatga keldi. Uning
rahbari Zulfiqor Ali Bxutto bosh vazir lavozimini egalladi. Yangi hukumat harbiy
holatni bekor qildi. Sanoatning yetakchi tarmoqlarini, bank va sug‘urta
kompaniyalarini milliylashtirdi.
Mamlakatda agrar islohot o‘tkazildi. Unga ko‘ra, katta yer egaligi najmi 150
akr (60 ga) bilan cheklab qo‘yildi. Ortiqcha yerlar kam yerli va yersiz dehqonlarga
tekinga bo‘lib berildi. Bu islohot 1977-yilda yana davom ettirildi. Endi yer egaligi
hajmi 100 akr (40 gektar) bilan cheklab qo‘yildi.
Soliq o‘ziga to‘q dehqonlardan va katta yer egalaridan olinadigan bo‘ldi.
Mamlakat tarixida birinchi marta pensiya ta’minoti joriy etildi. 1973 - yilda yangi
Konstitutsiya qabul qilindi. Unga ko‘ra, Pokiston parlament respublikasi deb e’lon
qilindi. Z. Bxutto hukumati xalqaro miqyosda real vaziyatni hisobga olgan holda
siyosat yurita boshladi. Chunonchi, 1972-yilda Pokiston SEATO dan chiqdi. 1974-
yilda Bangladesh Respublikasini tan oldi. 1976-yilda esa Hindiston bilan
diplomatik aloqasini tikladi.
Biroq fuqaro hukumati ko‘p yashamadi. 1977-yilning 5-iyunida Pokiston
tarixida ikkinchi marta harbiy to‘ntarish amalga oshirildi. Bunga mamlakatda yuz
bergan chuqur iqtisodiy va siyosiy inqiroz yo‘l ochgan edi. Chunonchi, 1973 -
yilda Yaqin Sharqdagi urush munosabati bilan yuz bergan energetika inqirozi
Pokiston iqtisodiga katta salbiy ta’sir ko'rsatdi.
Mamlakatda keng iste’mol tovarlarining narxi ko'tarilib ketdi. Ishsizlar soni
kundan-kunga oshib bordi. Bu hol boshlangan islohotlarni oxiriga yetkazishga
imkon bermadi. Buning ustiga diniy mutaassiblar 1974-yilda yirik jamoaviy
to‘qnashuvni keltirib chiqardilar. Natijada 1975-yilning fev- ralida Z. Bxutto
hukumati asosiy muxolifatchi partiya — Milliy Xalq partiyasi faoliyatini taqiqlab
qo‘yishga majbur bo‘ldi. Og‘ir siyosiy sharoitda bo’Isa ham 1977-yilda parlament
saylovi o‘tkazildi. Unda Z. Bxutto partiyasi g’alaba qozonganligi e’lon qilindi.
Biroq muxolifatchi partiyalar ittifoqi - Pokiston Milliy Alyansi buni tan olmadi va
hukumatga qarshi keng kampaniyani avj oldirdi. Shunday sharoitda, yuqorida
ta’kidlanganidek, harbiylar navbatdagi davlat to'ntarishini amalga oshirdilar.
1977 - yil 5-iyulda hokimiyat general Ziyoulhaq qo‘liga o'tdi. Mamlakatda
harbiy holat joriy etildi. Z. Bxutto hibsga olindi va Jahon jamoatchiligining
e’tiroziga qaramay, 1979-yilda qatl etildi. 1973-yilgi Konstitutsiyaning amal
qilishini to‘xtatib qo‘ydi, parlamentni tarqatib yubordi.
1979 - yildan barcha siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlandi. Ziyoulhaq jamiyat
hayotini to‘la islomlashtirish siyosatini yuritdi. 1979-yilda Pokiston SENTO
blokidan chiqdi. Qo‘shilmaslik harakatining qatnashchisi bo‘ldi. 1981- 1987-
yillarda AQSHdan 3,2 mlrd. miqdorida harbiy-iqtisodiy yordam oldi.
Harbiylarning navbatdagi hokimiyatdan ketishiga Ziyoulhaqning 1988-yil 17-
avgust kuni samolyot halokati oqibatida halok bo'lishi sabab bo’ldi. G‘ulom
Ishoqxon Prezident bo‘lib qoldi.
Shu vilning 16-noyabr kuni parlament saylovi o‘tkazildi. unda Z. Bxuttoning
qizi — Benazir Bxutto boshqargan Pokiston Xalq partiyasi g‘alaba qozondi va u
Bosh vazir lavozimini egalladi.
B. Bxutto ba’zi xatolarga yo‘l qo'ydi. Uni korrupsiyada ayblab 1990 - yilda
hokimiyatdan chetlatishdi. Uning o‘rniga Navoz Sharif bosh vazirlikka
tayinlandi. Lekin ahvol tinchimadi. Prezident Legari yangi saylov o'tkazishga
majbur bo‘ldi.
1993_yilgj parlament saylovida ham B. Bxutto partiyasi g’alaba qozondi.
Biroq ichki siyosiy vaziyat nihoyatda chigal bo’lgan Pokistondek davlatni
boshqarish oson emas edi. Siyosiy tajribasizlik B. Bxuttoga mamlakatda siyosiy
barqarorlikni ta’minlash imkonini bermadi. U yana korrupsiyada ayblandi.
1997-yilgi saylovda esa Pokiston Musulmon Ligasi g‘olib chiqdi. Uning
rahbari N. Sharif bosh vazir lavozimini egalladi. Bu partiya hukmronligiga oxir-
oqibatda navbatdagi - uchinchi harbiy to‘ntarish chek qo‘ydi. Bu davrda mamlakat
tashqi qarz botqog‘iga botgan edi. Hindiston bilan munosabatning yomonligi
Pokistonni katta harbiy xarajatlar qilishga majbur etardi. Bu esa tashqi qarzning
tobora ortishiga olib kelgan asosiy omil edi. 1999-yilning may oyida o’tkazilgan
yadro bombasi sinovi juda katta xarajatlar evaziga, xalq ommasi rizqi evaziga
amalga oshganligi sir emas.
Biror-bir siyosiy partiya mamlakatni inqirozdan olib chiqishga muvaffaq
bo'la olmadi. Ular uchun bir-birlarini korrupsiyada ayblash odatiy holga aylanib
qoldi. Bu esa aholi ko‘z o‘ngida ularning obro‘sini to‘kdi.
Harbiylar vujudga kelgan vaziyatdan yana foydalandilar. 1999-yilning 3-
oktabrida ular hokimiyatni qo‘lga oldilar. Armiya bosh shtabi boshlig‘i general P.
Musharraf o‘zini prezident deb e’lon qildi. Pokistonda harbiy diktatura
hukmronligi hamon davom etmoqda. Mustaqillik yillarida Pokiston va Hindiston
taraqqiyotini taqqoslaydigan bo‘lsak, ular o‘rtasida qator jiddiy farqlar borligini
ko'rish mumkin. Masalan, Hindiston parlament respublikasi bo‘lsa, Pokiston
prezidentlik respublikasidir. Sh. Aziz Bosh vazir lavozimida ishlamoqda.
Pokistonda jamiyat hayotini diniy asosda qurish bu davlat hududiy yaxlitligiga
tahdid solmaydi. Hindistonda esa bu omil uning parchalanishiga sabab bo‘lishi
mumkin. Pokistonda 3 marta harbiy to‘ntarish sodir bo‘lgani holda, Hindistonda
biror marta ham bunday hodisa sodir bo‘lgani yo‘q.
Ayni paytda, har ikki davlat mustaqillik yillarida sanoat potensialini yarata
oldi. Hindiston bu borada ancha ilgarlab ketdi ham. Buning misoli o’laroq, u 1980-
yilda o‘zining sun’iy yer yo‘ldoshini uchirishga muvaffaq bo'ldi. Har ikki davlat
ham yadro qurolini sinovdan 0‘tkazishga erishdi. Bu hodisa Osiyoda tinchlikning
barqaror bo'lishiga xizmat qilmaydi.
0‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin Yaqin Sharq mamlakatlari orasida
birinchilardan bo‘lib Pokist bosh vaziri Navoz Sharif 1992- yil 27—28-iyun
kunlari 0‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif chog’ida ikki mamlakat o‘rtasida
davlatlararo munosabatlar va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma, hukumatlar
o‘rtasida madaniyat, sog’liqni saqlash, fan, texnika, kadrlar tayyorlash, sport va
ommaviy axborot sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida bitimlar imzolandi.
1992- yil avgustida 0‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov Pokistonga javob
tashrifi bilan bordi. U yerdagi uchrashuvlar, suhbatlar, muzokaralar natijasida ikki
mamlakat o'rtasida 5-ta muhim bitim imzolandi. Banklar to’g’risida,
investitsiyalarni himoya qilish, elektrlashtirish, irrigatsiya va melioratsiya,
telekommunikatsiya sohasida hamkorlik qilish haqidagi bitimlar o‘tgan yillar
davomida o‘z samarasini berdi. Pokistonning «Tabani korporeyshn», «Lahor»,
«Pia», «Merkuriy», «Metro garmen tes» va boshqa firmalari О zbekistonda
faoliyat ko‘rsatmoqda. 1994-yilda tovar ayirboshlash 4,3 mln. dollarga yetdi.
Urdushunos olim A. Ibrohimov Lahor shahrida o‘zbek tili kurslarini tashkil
etdi. 0‘zbekistonning pilla, shoyi matolari, shisha va billurlari, yengil sanoat uchun
mashina va uskunalari Pokistonda sevib xarid qilinsa, pokistonliklarning tayyor
kiyimlari, charm kamzullari, shakar va kakaosi
О
’
zbekistonliklarga manzur bo‘lmoqda, 2004-yilda ikki mamlakat о’rtasida tovar
ayirboshlash 8,4 mln. dollarni tashkil etdi. 43 mln. dollarlik paxta Eron
bandargohlari orqali chetga chiqmoqda. Pokiston esa uchinchi davlat orqali paxta
sotib olmoqda.
.
2005-yil martida Pokiston Prezidenti P. Musharrafning О’ zbekistonga
tashrifi chog‘ida bu masalalar muhokama qilindi. Pokiston sarmoyalari bilan
0‘zbekistonda 42 ta korxona faoliyat ko'rsatmoqda. 2004-yilda ular 19 5 mlrd
so‘mlik mahsulot ishlab chiqardilar. Tashrif chog ida hamkorhkm yanada
mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma bayonot, 2005-2009-yilgacha bo'lgan davrga
mo’ljallangan madaniy aloqalar dasturi va xalqaro terrorizmga qarshi kurash
sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |