13-mavzu: estetika fani va uning vazifalari



Download 304,5 Kb.
bet9/33
Sana16.12.2022
Hajmi304,5 Kb.
#889134
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33
Bog'liq
Эстетика

Nafosatli anglash obyektiv dunyoga nisbatan bo'lgan inson munosabatining subyektiv tomonidir. U ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida ahloqiy ong, huquqiy ong, diniy ong, falsafiy ong kabi ijtimoiy hodisalar bilan bir qatorda turadi. Ijtimoiy hayot ijtimoiy ong barcha shakllarining umumiy poydevoridir.
Nafosatli ong – ma'naviy-ruhiy hodisalar majmui bo'lib, ular ijtimoiy hayot zaminida vujudga keladigan nafosatli his, did, fikr, orzu, qarash, nazariya tizimini anglatadi. Nafosatli ong ijtimoiy hayot zaminida uning bilan mutanosib tarzda o'zgarib, rivojlanib, takomillashib boradi.
Nafosatli anglash jamiyat hayotida guruhiy manfaatlar ifodasi tarzida ham namoyon bo'ladi. Lekin bu hol jamiyatning turli sohalarida turlicha, masalan, mafkura sohasida nafosatli qarashlar, orzu-umidga munosabatlarda o'ziga xos aks etadi. Ruhiy-ma'naviy sohalarda esa guruhiy manfaatlarga nisbatan ancha mustaqil tarzda namoyon bo'ladi. Bu hol har bir yakka odamning aniq his va did egasi sifatida namoyon bo'ladigan ijtimoiy va biologik xususiyatlari bilan bog'liqdir. Guruhiy manfaatlar his-tuyg'u ham sezilib turadi, lekin asosan u mafkuraning qismlari estetik orzular, qarashlar, nazariyalar ta'siri kuchiga qarab belgilanadi.
Nafosatli ongning nisbiy mustaqilligi ko'rinishlaridan biri-vorisiylikdir. Chunki yangi nafosatli qarashlar, g'oyalar, nazariyalar bo'sh yerda vujudga kelmaydi. Ular jamiyatning oldingi nafosatli va badiiy ravnaqi natijasida jamlangan hissi va aqliy hosilalar, bilimlar zahirasining davomi amal qiladilar. Vorisiylik nafosatli ongning barcha nafosatli qarashlar va nazariyalariga, nafosatli did va his bo'g'inlariga taalluqlidir.
Nafosatli anglash yoxud ong ijtimoiy hayot in'ikosi bo'lib, jamiyat hayotida muhim o'rin tutadi, unga har tomonlama ta'sir o'tkazadi. Jamiyat taraqqiyotida biror jabha, narsa, zarra yo'qki, ular nafosatli did, orzu qarashlardan chetda qolgan bo'lsin. Nafosatli ong moddiy ishlab chiqarish va ma'naviy boylik yaratishdan oziq olibgina qolmay, ayni chog'da ularga jumladan, siyosat, axloq-odob, din, falsafa, fan sohalariga ham bevosita ta'sir o'tkazadi.
Nafosatli anglash ijtimoiy ongning maxsus shakli sifatida nafosatli faoliyat bilan uzviy bog'liq bo'lib, nafosatli faoliyat jarayonida shakllanadi va qaror topadi. Nafosatli ong aslida nafosatli faoliyat mahsulidir.
Nafosatli ong badiiy ong bilan chambarchas bog'liq. Ular bir-biriga yaqin tushunchalar bo'lsada, aynan bir ma'noni anglatmaydi. Nafosatli ong voqyelikni butun borlig'icha idrok etib, qayta ishlash jarayonida vujudga kelsa, badiiy ong san'atni yaratish va idrok etish jarayonida namoyon bo'ladi. Badiiy ong badiiy asarlar tizimida ifodalansa, nafosatli ongning aks etish ko'lami ancha keng bo'lib, u odamlarning mehnat faoliyatida, uning natijalarida, moddiy va ma'naviy qadriyatlarda o'z ifodasini topadi.
Nafosatli ongning ijtimoiy ong shakli sifatidagi ko'rinishidan yakka odam nafosatli ongi ko'rinishi farq qiladi. Yakka odam nafosatli ongi-aniq bir shahs ongi, ma'naviy dunyosining bir qismi bo'lib, keng ma'noda u ham ijtimoiy mazmun kasb etadi, ya'ni ijtimoiy hayot jarayonida shakllanib, rivojlanib, jamiyat mahsuliga aylanadi.
Nafosatli ongning turg'un va uyg'un qismlari – bular nafosatli hislar, orzular, qarashlar va nazariyalardir. Ular bir-biri bilan aloqador holda o'zaro ta'sirda bo'lsada ularni alohida-alohida tahlil etgandagina bu umumiylik mohiyatini anglab olish osonroq bo'ladi.

Download 304,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish