Takrorlash uchun savollar:
O'rta asrlar Sharq musulmonlari mutaffakkirlari nima uchun qadimgi Yunon nafosatshunoslari yo'lidan ketdilar?
Din va san'atning o'zaro aloqalari nimalarda ko'rinadi?
Forobiy go'zallikni qanday tushunadi?
Ibn Sinoning «she'r san'ati» asarining nafosatli mohiyati nimada?
G'azzoliy ilgari surgan manfaatsiz go'zallik g'oyasining ibtidosi nimaga borib taqaladi?
San'atning (she'rning) ta'sir kuchini G'azzoliy qanday muqoyasa bilan isbotlab beradi?
Alisher Navoiy «Majolisun-nafois» tazkirasining nafosatshunoslik risolasi sifatidagi ahamiyatini nimalarda ko'ramiz.
Temuriylar davrida nafosatli didning nihoyatda nozikligini nimalarda ko'ramiz va u «Bade ul - vaqoye» asarida qanday tasvirlanadi?
Turkistonda ma'rifatparvar shoirlarning estetik qarashlari nimadan iborat?
Jadidlar adabiyoti va teatridagi asosiy g'oyalar nimaga qaratilgan edi?
Adabiyotlar:
O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. – T.: «O'zbekiston», 2008.
Karimov I.A. Asarlar to'plami, 1-15 jj. – T.: «O'zbekiston», 1996-2007.
Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch. – T.: «Ma'naviyat», 2008.
Kurbanmamatov A. Esteticheskaya doktrina sufizma. – Dushanbe, 1987.
Mirzayev R., Ziyatov O. Nafosatshunoslik. – Samarqand, 1993.
Olloyorov M. Estetika: Ma'ruzalar kursi. – Samarqand: SamDU, 2003.
Umarov E. Estetika. (Nafosatshunoslik): O'quv qo'llanma. – T.: «O'zbekiston», 1995.
Umarov E., Pal I.S. Estetika: Uchebnoye posobiye. – T. «O'qituvchi», 1990.
Umarov E.U. va b. Estetika asoslari: O'quv qo'llanma. – T.: Cho'lpon nomidagi nashriyot uyi, 2006.
Estetika: Slovar. – M.: Politizdat, 1989.
O'zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixidan lavhalar. – T.: «O'zbekiston», 1995.
16-MAVZU: ESTETIK ONG VA ESTETIK FAOLIYAT (2-soat).
Ma'ruza rejasi:
1. Estetik ong. Estetik ongning asosiy unsurlari: estetik ehtiyoj va estetik munosabat; estetik tuyg'u va estetik did; estetik baho va estetik ideal; estetik qarashlar va estetik nazariyalar.
2. Estetik faoliyat – mehnatning o'ziga xos turi. Hunarning estetik vazifalari. Dizayn va uning estetik mohiyati. Atrof-muhitni go'zallashtirish.
3. Tabiat – go'zallik va ulug'vorlik manbai. Estetika va ekologiyaning hamkorligi.
Tayanch iboralar: nafosatli, nafosatli munosabat, nafosatli ong, nafosatli tuyg'u, nafis did, badiiy did, nafosatli faoliyat,dizayn, nafosatli qarash, nafosatli nazariyalar.
Munosabat falsafiy tushuncha ma'nosida o'zaro harakat va o'zaro ta'sir demakdir. Lekin ijtimoiy hayot jabhasida namoyon bo'ladigan har qanday o'zaro harakat, o'zaro ta'sir munosabatni anglatavermaydi. Insoniy munosabat–subyekt va obyekt o'rtasidagi o'zaro harakat bo'lib, u yo'nalganlik mlhiyatga ega bo'ladi. Shu ma'noda voqyelikka nafosatli munosabat subyekt bilan obyekt o'rtasidagi o'zaro harakatning va o'zaro ta'sirining maxsus turidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |