13-mavzu. Davlatning tashqi iqtisodiy siyosati va tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish reja


Davlat tashqi iqtisodiy siyosatining asosiy yo'nalishlari va tarkibiy qismlari



Download 56,24 Kb.
bet2/4
Sana30.12.2021
Hajmi56,24 Kb.
#93013
1   2   3   4
Bog'liq
13-мавзу маъруза матн

13.2. Davlat tashqi iqtisodiy siyosatining asosiy yo'nalishlari va tarkibiy qismlari

Bozor qonunlari asosida rivojlanayotgan va davlat aralashuvi yuqori bo'lgan mamlakatlarning barchasida davlat erkin xalqaro ayirboshlash yo'liga ma'lum to'siqlar qo'yadi va bunday holat milliy manfaatlarni himoya qilish zarurligi bilan tushuntiriladi. Bularga rnamlakat iste'mol bozorlarini himoyalash, ichki bandlikni oshirish, yangi tarmoqlarni rivojlantirish va hokazolar kiradi.

Iqtisodiy raqobatga bardoshli bo'lgan davlatlar ham, bunday raqobatga chidamsiz davlatlar ham litsenziyalash va kvotalarni o'rnatish, bojxona bojlari va tariflarni kiritish, mahsulot sifati va uning xavfsizligini ta'minlovchi standartlarni o'rnatish hamda tashqi iqtisodiy faoliyatga ta'sir etuvchi boshqa bir qator vositalardan keng foydalanadilar, shu orqali o'z tashqi iqtisodiy siyosatlarini yurgizadilar.

Davlat tomonidan amalga oshiriladigan mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati kundalik va strategik maqsadlarga muvofik uning tashqi iqtisodiy siyosatiga asoslangan. Mamlakatning tashqi iqtisodiy siyosati deganda, boshqa mamlakatlar bilan iktisodiy aloqalarni rivojlantirish va tartibga solishga qaratilgan faoliyat tushuniladi.

Hozirda tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish siyosatida ikki yo'nalish o'zaro boglangan:

1) erkinlashtirish;

2) proteksionizm.

Ichki bozorni xorijiy raqobatdan himoyalashga qaratilgan iqtisodiy siyosat proteksionizm deyiladi.

Erldnlashtirish - davlatning tashqi savdoda iqtisodiy va ma'muriy to'siqlarni kamaytirishga qaratilgan iqtisodiy siyosatidir.

Erkinlashtirish va proteksionizm siyosati dunyodagi har qanday davlat uchun xos. Hozirgi paytda tashqi savdoni erkinlashtirishga moyillik kuzatilayapti. Bu jarayon uch xil ko'rinishda amaiga oshirilayapti:

- alohida mamlakatlar o'rtasidagi o'zaro savdoda;

- yagona bojxona ittifoqiga kiruvchi alohida davlatlar o'rtasida;

- taritlar va savdolar Bosh bitimi (GATT), Savdo va rivojlanish bo'yicha BMTning konferensiyalari (YuNKTAD), BMTning Yevropa iktisodiy komissiyasi (EIK) doirasida ko'p tomonlama kelishuvlar asosida amaiga oshiriladi.

Tashqi iqtisodiy siyosat — bu milliy joriy va strategik rnaq-sadlarga muvofiq tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasida davlat idoralari tomonidan amaiga oshiriladigan chora-tadbirlar yig'indisidir.

Tashqi iqtisodiy siyosatning makon jihati jahon va mam-lakat iqtisodiyotiga ta'sir ko'rsatishning asosiy yo'nalishlari bo'yicha davlatning harakatlarini belgilaydi. Ushbu belgiga binoan davlatning tashqi iqtisodiy siyosati tarkibiga tashqi savdo siyosati, tashqi investitsiya siyosati, valuta siyosati, bojxona siyosati kiradi (13.2.1-rasm).

Davlatning tashqi savdo siyosati xalqaro darajada tovarlar, ishlar, xizmatlar, axborotlar, intellektual faoliyat natijalari bilan amaiga oshiriladigan ayirboshlashni qamrab oladi va eksport va import siyosatlari birgalikda tashqi savdo siyosatini tashkil etadi.

Tashqi savdo bo'yicha davlatning eksport siyosati, deganda mamlakatning raqobatbardosh tovarlar, xizmatlar va intellektual rnulklarni jahon bozorida sotishga va ushbu tovarlarni ishlab chiqarishni rag'batlantirishga yo'naltirilgan chora-tadbirlar tushuniladi.

Eksport qiluvchi korxonalarni rag'batlantirishda davlat byurtmalari, budjetdan moliyalash, imtiyozli kreditlar berish,

ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini moliyalash va hokazolardan foydalaniladi.

Tashqi savdo bo'yicha davlatning import siyosati, deganda mamlakatga xarijdan tovarlar, ishlar, xizmatlar va intellektual mulklarni kelinishini tartibga solishga yo'naltirilgan chora-tadbirlar tushuniladi. Bunday tartibga solishning vositasi sifati-da respublika iqtisodiyotini himoya qilish maqsadida importni to'g'ridan to'g'ri cheklash hisoblanadi. Bunda litsenziyalash va kontingentlash, importga oid antidemping va kompensatsiya bqjlari, eng kam import narxlari tizimi va hokazolar qo'l-laniladi.

Tashqi investitsiya siyosati xorijiy investitsiyalarini mam-lakat hududiga jalb etish va ulardan foydalanish hamda milliy investitsiyalarini xorijga olib chiqishni tartibga solishga doir chora-tadbirlar majmuidan iborat.

Valuta siyosati davlat va xalqaro valuta-moliya tashki-lotlari tamonidan amalga oshiriladigan valuta munosabatlari sohasidagi iqtisodiy choralar hamda tashkiliy shakl va usullar yig'indisini tashkil etadi.

Valuta siyosati davlatning valuta mablag'laridan maqsadli foydalanish bo'lib, valuta mablag'larini shakllantirish va ishla-tishning asosiy yo'nalishlarini hamda bunday mablag'lardan samarali foydalanishga yo'natirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishni o'z ichiga oladi.

Valuta siyosatining amal qilish sohasi bo'lib valuta bozori, qimmatbaho metallar va toshlar bozori hisoblanadi.

Davlatning valuta siyosati diskont va deviz siyosatlariga bo'linib, moliya tizimining bir maromli faoliyatini va mam-lakat to'lov balansi muvozanatini ta'minlash kabi vazifalarni qamrab oladi.

Diskont siyosati investitsiyalar harakatlarini tartibga solish va to'lov majburiyatlarini muvozanatlashtirish, valuta kursini taxminiy tuzatish uchun foizning hisob stavkasidan foydalanish bo'yicha chora-tadbirlar tizimini o'z ichiga oladi. Ushbu siyosat pul talabi holatiga, narx dinamikasi va darajasiga, pul massasi hajraiga, qisqa muddatli investitsiyalar migratsiyasiga ta'sir ko'rsatishda namoyon bo'ladi.

Deviz siyosati- valuta intervensiyasi va valuta cheklashlari yordamida valutani xarid qilish va sotish bilan valuta kursini tartibga solish tizimi.

Valuta intervensiyasi Markaziy bankning xorijiy valutaning oldi-sotdisi bo'yicha maqsadli operatsiyalari bo'lib, u milliy valuta kursi dinamiksini uni oshirish yoki pasaytirishning muayyan chegaralari bilan cheklash maqsadini ko'zlaydi. Valuta cheklashlari milliy va xorijiy valuta, oltin va hokazolarga doir operatsiyalarni tartibga soladigan iqtisodiy, xuquqiy, tashkiliy chora-tadbirlar majmuyidan iborat.

Ishchi kucliining tashqi migratsiya siyosati ishchi kuchi eksporti siyosati va ishchi kuchi importi siyosatlariga bo'linadi.

Ishchi kuchi eksporti siyosati deganda bir mamlakat hududidan ikkinchi bir mamlakatga ishchi kuchining ko'chishi uchun qulay sharoit yaratish yoki taqiqlash borasidagi davlat tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yig'indisi tushuniladi. Ishchi kuchini eksport qilish natijasida marn-lakatda ishsizlik darajasini kamaytirish va mamlakatga qo'shimcha valuta daromadlarini paydo qilish imkoniyati yuzaga keladi.

IshcM kuchi import siyosati, deganda mamlakatga xorijdan ishchi kuchining kirib kelishi uchun qulay sharoit yaratish yoki to'siqlar qo'yish borasidagi davlat tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yig'indisi tushuniladi.

Davlatning bojxona siyosati — mamlakat ichki va tashqi siyosatininig tarkibiy qismi bo'lib, bojxona siyosatining asosiy maqsadlari qiyidagilar:

-bojxona nazorati ostidan eng samarali foydalanishini va bojxona hududida tovar ayirboshlashni tartibga solishni ta'minlaydi;

-mamlakat bozorini himoya qilish va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishni rag'batlantirishga doir savdo va siyosiy vazifalarni ro'yobga chiqarishda ishtirok etish;

-bojxona siyosati bojxona ishining bir qismi bo'lib, unnig asoslari O'zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi bilan belgilanadi.

Davlatning yuqorida keltirilgan tashqi iqtisodiy siyo­satining asosiy shakllari mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarida qatnashuvchi tashqi iqtisodiy faoliyat yurituvchilar xatti-harakatlarini muvofiqlashtirishga va tartibga solishga qaratilgan.




Download 56,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish