13-mavzu: asosiy ekinlarning elita urug‘larini yetishtirish usullari



Download 32,76 Kb.
bet6/7
Sana14.12.2022
Hajmi32,76 Kb.
#886255
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13-МАВЗУУ

Urug‘likka ko‘paytirish.
Urug‘likka ko‘paytirishda ikkita: o‘rganish uchastkasi va urug‘likka ko‘paytirish ko‘chatzori tashkil etiladi. Har ikkala ko‘chatzorga ham urug‘lik ko‘chatzoridan tanlab olingan bir xil urug‘lik (bir xil oila chigiti) ekiladi. Ko‘chatzorlar ekin maydonlarining katta - kichikligi bilan bir - biridan farqqiladi, xolos. Asosiy maydon urug‘likka ko‘paytirishga ajratiladi, o‘rganish uchastkasida esa kichik maydonlarda urug‘likka ko‘paytirish takrorlanadi. O‘rganish uchastkasidagi ishlar ayrim oilalarga anchagina to‘g‘ri baho berish maqsadida o‘tkaziladi, chunki katta maydonlarda oilalar bir - biridan birmuncha farq qiladigan sharoitda o‘sadi va shuninguchun xam har bir oilaga ob’ektiv baxo berish juda qiyin bo‘ladi.
O‘rganish uchastkasi nav ichida chatishtirishaan keyingi ikkinchi bo‘g‘indan iborat oilalarga dalada va laboratoriyada berilgan bahoni tekshirish uchun tashkil etiladi. Bu uchastkaga o‘tgan yili urug‘lik ko‘chatzoridagi brakka chiqarshshagan hamma oilalardan olingan namuna nusxalar urug‘i ekiladi. Har bir oila chigiti ikki qatorli egatga 100 tadan uyaga ko‘lda yoki seyalkada ekiladi. Yaganalashdan keyin har bir uyada bitgadan o‘simlik qoldiriladi.
O‘rganish uchastkasi dalasi xam urug‘lik ko‘chatzori tekshirilgan muddatlarda tekshiriladi. Dalani tekshirish natijalari va oilalarga o‘tgan yili berilgan bahoni hisobga olib, brakka chiqariladigan oilalar belgilanadi. Shunga muvofiq urug‘likka ko‘paytirishda eng yaxshi oilalar tanlab olinadi. Bu oilalardan keyingi yili nav ichida chatishtirish ko‘chatzorining ona o‘simlikli qismiga ekish uchun elita urug‘lar yig‘iladi va individual tanlash olib boriladi. Urganish uchastkasidagi paxtaning va tolasining xo‘jalik xususiyatlarini baxolash uchun ham har bir oiladan 100 ta ko‘sakdan namuna nusxalar terib olinadi. Bu nusxalar: ko‘sagining yirikligi, paxta tolasining uzunligi va sapmog‘i, pishikligi va nomeri jihatidan to‘lik analiz qilinadi.
O‘rganish uchastkasidagi paxta oilalar bo‘yicha aloxida - aloxida terib olinadi va tortiladi. Shundan keyin brakka chiqarilgan oilalardan terilgan urug‘lik paxta birlashtiriladi va elita navga kiritiladi.
Urug‘likka ko‘paytirishda urug‘lik ko‘chatzoridagi brakka chiqarilmagan oilalardan olingan urug‘lar ekiladi. Bu ko‘chatzorning 30-40 gektar maydoniga brak qilinmagan oilalarning kamida 250 nasli ekiladi. Urug‘ traktor seyalkada egat uzunligiga va oiladagi urug‘lar miqdoriga bog‘liq xolda, bir yoki bir necha marta aylanishda har bir oilani alohida ekib chikiladi. Chigitni ekish ko‘lay bo‘lishi uchun ekish oldidan urug‘i vazniga qarab hamma oilalar gruppalanadi. Bunda urug‘ining vazni taxmiana bir xil bo‘lgan oilalar alohida gruppalarga birlashtiriladi. Yaganalashdan keyin har uyada bittadan o‘simlik koldiriladi.
Urug‘likka ko‘paytirishda dala ko‘saklar ochila boshlashida bir marta tekshirmladi. Bu o‘rganish uchastkasida olib borilgan tekshirish natijalariga ko‘shimcha va kontrol tekshirish xisoblanadi. Har ikkala uchastkada olib borilgan tekshirish ma’lumotlari asosida eng yaxshi oilalar tanlab olinadi va notipik, kechpishar, kamxosil, kasallanganlari brakka chiqariladi. Brakka chiqarilgan oilalar va ayrim o‘simliklarning paxtasi birinchi galda terib olinib, tayyorloa punktiga mahsulot sifatida topshiriladi.
Brakka chiqarilmagan oilalarning paxtasi ikki marta terib olinadi. Individual tanlashga tayyorlash uchun qatorlar uzunligining 1/5 yoki 1/6 qismidagi (4-6 ga xajmdagi) paxta terilmay qoldiriladi. Brakka chiqarilmagan oilalardan terib olingan hamma paxta bir partiyaga birlashtiriladi va yangi qoplarga joylanib, elita nav sifatida tayyorlov punktiga topshiriladi. Bunda qop ustiga kelib chikishi, navi, elitaligi, terilgan vaqti yozilgan yorliq yopishtiriladi va ichiga xam xuddi shunday ma’lumotli yorliq solib qo‘yiladi. Elita ko‘chatzorida olib borilgan barcha chora - tadbirlar natijasida elita urug‘lar 100 foiz sof bo‘lishi, ekiladigan urug‘likka qo‘yiladigan standart talablariga to‘liq javob berishi, unuvchanligi 2- klassdan past bo‘lmasligi, tolasi esa muayyan navga xos yuqori texnologik sifatga ega bo‘lishi kerak.
Olinadigan urug‘likning nav tozaligi kuyidagicha bo‘lishi kerak:

Download 32,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish