13-математik маnтiq аsoslari kirish



Download 24,11 Kb.
bet5/5
Sana06.08.2021
Hajmi24,11 Kb.
#140056
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5201672846811597471

A

¬A

1

0

0

1


Ta`rif 2. A va B mulohazalarning kon’yunktsiyasi deb, A va B mulohazalar bir vaqtda rost bo`lgandagina rost bo`lib, qolgan barcha hollarda yolg`on qiymat qabul qiluvchi mulohazaga aytiladi.

A va B mulohazalarning kon’yunktsiyasi A&B yoki A/\B kabi belgilanadi hamda “va” deb o`qiladi. A mulohaza kon’yunktsiyaning birinchi hadi, B mulohaza esa ikkinchi hadi deyiladi. Kon’yunktsiya amali xuddi 0 va 1 sonlarini ko`paytirishga o`xshagani uchun ham uni ko`pincha mantiqiy ko`paytirish deb ham atashadi.

Kon’yunktsiya amalining rostlik jadvali quyidagicha:


A

B

A&B

0

0

0

0

1

0

1

0

0

1

1

1


Ta`rif 3. A va B mulohazalarning diz’yunktsiyasi deb, A va B mulohazalardan kamida bittasi rost bo`lganda rost bo`lib, qolgan hollarda yolg`on qiymat qabul qiluvchi mulohazaga aytiladi.

A va B mulohazalarning kon’yunktsiyasi A\/B kabi belgilanadi hamda “yoki” deb o`qiladi. A mulohaza diz’yunktsiyaning birinchi hadi, B esa ikkinchi hadi deyiladi.


Diz’yunktsiya amalining rostlik jadvali quyidagicha:

A

B

A\/B

0

0

0

0

1

1

1

0

1

1

1

1


Ta`rif 4. {0; 1; ¬; &; \/} - to’plamga mulohazalar algebrasi yoki Bul algebrasi deyiladi.
Ta`rif 5. A va B mulohazalarning implikatsiyasi deb, A mulohaza rost bo`lib, B yolg`on bo`lgandagina yolg`on, qolgan barcha hollarda rost qiymat qabul qiluvchi mulohazaga aytiladi.

A va B mulohazalarning implikatsiyasi AB kabi belgilanadi va “A dan B kelib chiqadi” yoki “Agar A o`rinli bo`lsa, B o`rinli bo`ladi” deb o`qiladi. A mulohaza implikatsiyaning birinchi hadi, B esa ikkinchi hadi hisoblanadi.

Implikatsiya amali uchun rostlik jadvali quyidagicha:


A

B

AB

0

0

1

0

1

1

1

0

0

1

1

1


Misol. A : “Bugun yomg`ir yog`di” va B: “Men soyabon oldim” mulohazalar bo`lsin. Agar yomg`irda ho`l bo`lganimizni 0, quruq bo`lganimizni 1 qiymatlar bilan belgilasak, implikatsiyani shunday tushuntirish mumkin:

A

B

AB

Bugun yomg`ir yog`madi

Menda soyabon yo`q

1 (quruq)

Bugun yomg`ir yog`madi

Men soyabon oldim

1 (quruq)

Bugun yomg`ir yog`di

Menda soyabon yo`q

0 (ho`l)

Bugun yomg`ir yog`di

Men soyabon oldim

1 (quruq)


Ta`rif 6. A va B mulohazalarning ekvivalentligi deb, A va B mulohazalarning bir xil qiymatlarida rost bo`lib, har xil qiymatlarida esa yolg`on bo`luvchi mulohazaga aytiladi.

A va B mulohazalarning ekvivalentligi A~B, A↔B kabi belgilanadi va “A va B teng kuchli”, “A bo`ladi, qachonki B bo`lsa” yoki “A mulohaza

B uchun yetarli va zarur” deb o`qiladi. A mulohaza ekvivalentlikning birinchi hadi, B esa ikkinchi hadi hisoblanadi.

Ekvivalentlik amali uchun rostlik jadvali quyidagicha:



A

B

A~B

0

0

1

0

1

0

1

0

0

1

1

1


Halqali yig‘indi amali AB.

Bu amal ekvivalentlik amalining inkoriga teng bo’ladi, ya’ni

AB = (AB)

Halqali yig‘indi amali uchun rostlik jadvali quyidagicha:



A

B

AB

0

0

0

0

1

1

1

0

1

1

1

0


Sheffer shtrixi AB.

Ushbu amalni kon`yunktsiya va diz`yunktsiya amallari yordamida hosil qilish mumkin, ya’ni

AB= (AB)= AB
Sheffer shtrixi amali uchun rostlik jadvali quyidagicha:

A

B

AB

0

0

1

0

1

1

1

0

1

1

1

0

Sheffer shtrixi amali uchun quyidagi xossalar o’rinli:


10. AB = AB = (AA)(BB)

20. A&B = (AB) = (AB)(AB)

30. A = AA
Pirs strelkasi AB.

Ushbu amalni ham kon`yunktsiya va diz`yunktsiya amallari yordamida hosil qilish mumkin, ya’ni

AB= (AB)= A&B
Pirs strelkasi amali uchun rostlik jadvali quyidagicha:

A

B

AB

0

0

1

0

1

0

1

0

0

1

1

0

Pirs strelkasi amali uchun quyidagi xossalar o’rinli:

10. AB = (AB) = (AB)  (AB)

20. A&B = AB = (AA)  (BB)

30. A = AA
Pirs strelkasi qatnashgan Bul ifodasini Sheffer shtrixi yordamida hosil qilish mumkin:

AB= A&B =  (AB) =  [(AA)(BB)]=

= [(AA)(BB)][ (AA)(BB)] (1)
yoki Sheffer shtrixi qatnashgan Bul ifodasini Pirs strelkasi yordamida hosil qilish mumkin:

AB= AB =  (AB) =  [(AA)  (BB)]=



= [(AA)  (BB)]  [ (AA)  (BB)] (2)
Bundan ko’rinadiki, ixtiyoriy ifodani faqat Sheffer shtrixi yordamida yo Pirs strelkasi yordamida yoki faqatgina kon`yunktsiya va inkor yordamida yoki faqatgina diz`yunktsiya va inkor yordamida yozish mumkin ekan.
Nazorat uchun savollar:


  1. Mantiqiy amallarni sanab bering.

  2. Mulohazaning inkorini tushuntiring.

  3. Mulohazalarning diz’yunktsiyasi deb nimaga aytiladi?

  4. Mulohazalarning kon’yunktsiyasi deb nimaga aytiladi?

  5. Implikatsiya amalini tushuntiring.

  6. Qanday mulohazalar ekvivalent bo’ladi?

  7. Halqali yig‘indi amalini tushuntiring.

  8. Sheffer shtrixi qanday vazifani bajaradi?

  9. Sheffer shtrixi amalining xossalarini ayting.

  10. Pirs strelkasi qanday vazifani bajaradi?

  11. Pirs strelkasi amalining xossalarini ayting.

  12. Ifodada Pirs strelkasidan Sheffer shtrixiga qanday o’tish mumkin?

  13. Ifodada Sheffer shtrixidan Pirs strelkasiga qanday o’tish mumkin?

Download 24,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish