13. MA’RUZA:
Мutaxassislik ta`lim yo`nalishiga mos bo`lgan
zamonaviy dasturni tanlash va uning imkoniyatlari, uni yuklash va foydalanish
interfeysi-stolining panellaridagi buyruqlar tugmalari bilan tanishish.
Reja:
13.1 AutoCAD dasturi o‘rnatish. Dastur interfeysi bilan tanishish
13.2 AutoCAD dasturi va unda grafik ob’ektlar bilan ishlash imkoniyatlari
13.1 AutoCAD dasturi o‘rnatish. Dastur interfeysi bilan tanishish
AutoCAD
tarixi
-
chizmani komputerda tahrirlash dasturi Amerikaning
Autodesk
firmasi tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, dastlabki versialari o’tgan
asrning 80 yillarida chiqarilgan va keng ommalashib ketgan.
Tizimning doimiy rivojlanib borishi, foydalanuvchilarning e’tiroz va
maslaxatlari
inobatga olinib, kamchiliklarni muayan bartaraf etish va boshqa
firmalar maxsulotlari (ayniqsa
Microsoft
) bilan integrasialashuvi ushbu dasturni
butun dunyoda keng ommalashuviga olib keldi.
Bunda, o’z-o’zidan, «Nima uchun
aynan AutoCAD grafik dasturdan foydalanish» lozim degan savol tug`iladi. Chunki
Autodesk kompaniyasining AutoCAD tizimi
hozirgi davrda avtomatik
loyihalashning xalqaro standarti hisoblanadi. AutoCAD dasturining yaratilganligiga
20 yildan oshgan bo’lsada, grafik dasturlari orasida hanuzgacha mashhurligicha
qolmoqda. Chunki AutoCAD dasturi mukammal va ommabop,
hamda loyihalash
ishlari avtomatlashtirilgan dastur bo’lib, u har qanday turdagi sxema va chizmalarni
yuqori aniqlikda, sifatli bajaradi. Shuningdek, bu dasturdan
foydalanuvchilarning
ijodiy imkoniyatlarini to’la amalga oshirishga yordam beradi. Shu sababli,
millionlab loyihachi mutaxassislar, olimlar,
injener-texniklar va talabalar, ya`ni
dunyoning 80 dan ortiq mamlakatlari 18 tilda loyihalash ishlarini bajarishda
AutoCAD tizimidan foydalanishlari odatiy holga aylanib qoldi.
AutoCAD dasturini o’rnatishda quyidagi operasialar majmuasi bajariladi:
CD – ROM qurilmasiga o’rnatuvchi disk qoyiladi.
Muloqot oynasi ishga tushadi va unda «Установка» (O’rnatish) ko’rsatkichi
ochiladi.
«Установка» bo’limidan «Автономная установка» (avtonom o’rnatish)
bandi tanlanadi.
«Установка AutoCAD » bo’limidan «Установка» tugmasi bosiladi.
AutoCAD ni ornatish ustasi «Мастер установки AutoCAD » ishga tushadi.
«Установка Autodesk» saxifasidan dastur komponentlarini o’rnatish uchun
«OK» tugmasi bosiladi.
AutoCAD ni o’rnatish ustasi saxifasining dastlabki betida «Далее» (Davom
et) tugmasi bosiladi.
Licenzion shartnoma rus tilida namoyon bo’ladi, uni o’qib qabul qilsangiz
«I accept» yoki «Принимаю» (Roziman) bandi tanlanadi va «Далее» tugmasi
bosiladi.
Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni oʻrganish va ishlatish
qobiliyatiga aytiladi. Tilni oʻrganuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari
miqdorini aniqlash uchun til va sheva orasida farq oʻrnatish zarur.
«Системный номер» (Seria raqami) disk g’ilofidan klaviatura
orqali
kiritiladi.
«Персональные данные» (Shaxsiy ma’lumotlar) saxifasida foydalanuvchi
ma’lumotlari kiritiladi va «Далее» tugmasi bosiladi.
«Выбор варианта установки» (O’rnatish variantini tanlash) saxifasidan
kerakli o’rnatsh varianti tanlanadi.
Izoh: «Типовая» varianti – ko’pchilik foydalanuvchilar uchun tavsia etiladi;
«Выборочная» varianti – tajribali foydalanuvchilar uchun tavsiya etiladi.
«Установка дополнительных средств» (Qo’shimcha vositalarni o’rnatish)
saxifasidankerakli variantlar tanlanadi.
«Папка для установки» (O’rnatish uchun papka – direktoriya) saxifasida
quyidagi shartlardan biri tanlanadi:
«Далее» tugmasi bosilsa
AutoCAD dasturi
C:\Program Files\AutoCAD \ tartibida o’rnatiladi.
«Обзор» (Namoyish – To’liq fayllar joylashyvini ko’rish) tugmasi bosilsa,
dasturni o’rnatish joyi foydalanuvchi tomonidan ko’rsatiladi va «OK» tugmasi
tanlanib, «Далее» tugmasi bosiladi.
Keyingi saxifada «Ярлык продукта» (Maxsulot yorlig’i) bandi mavjud
bo’lib, ushbu bandda bayroqcha o’rnatilsa, kompyuter ish stolida dastur
o’rnatilgandan so’ng AutoCAD yorlig’I paydo bo’ladi. U orqali dasturni qisqa
yo’l bilan ishga tushirish – yuklash mumkin. «Далее» tugmasi bosiladi.
«Начало установки» (O’rnatishning boshlanishi) saxifasida «Далее»
tugmasi bosiladi va fayllar CD diskdan kompyuterga ko’chirilishi boshlanadi.
Fayllar ko’chirib bo’lingandan so’ng «Установка завершена» (O’rnatish tugadi)
saxifasi chiqadi.
«AutoCAD успешно установлен, нажмите кнопку Готово» (AutoCAD
to’liq o’rnatildi, endi «Готово» tugmasini bosing) axborot oynasidan «Готово» -
Tayor tugmasi bosiladi.