22
to’plangan natijalar isbotlashlar, foydalanilgan adabiyotlardan so’ng, keyingi
yakuniy bosqich bu qilingan ilmiy tadqiqot yuzasidan dissertasiya shaklida,
ma’ruza yoki maqolalar shaklida adabiy xujjatlashtirishdir.
Bu jarayon davrida ayniqsa ilmiy qo’lyozmani mazmunini yoritishda
quyidagi qonun-qoidalarga e’tibor berish kerak.
Ilmiy qo’lyozmalarning maqola va hisobotlarning tekstlarini tuzilishda
hoshiyalarni qo’yishda e’tibor berish kerak. Agar bu narsalar to’g’ri tanlansa,
o’quvchilarga o’qib tushunish va o’zlashtirish oson bo’ladi.
Ilmiy qo’lyozmalarda ayrim so’z va gaplarning takrorlanib kelishiga yo’l
qo’ymaslik kerak. Ifodalanishi kerak bo’lgan fikrlarni juda ham ko’paytirib
yubormaslik kerak.
Ilmiy qo’lyozmalarda fikrlar lunda mazmunli va bor bo’lgan adabiyotlarda
berilgan yangilik va ixtirolarning tanqidiy tahlili bo’lishi kerakki, hatto bu narsa
muallif-avtor yoritayotgan mavzuga foydasi bo’lmasa ham.
Xuddi shunga o’xshash muallif qo’lyozmani yozayotganda o’zini oldingi
qilingan ishlariga ha deb diqqatni qaratmasligi kerak. Iloji boricha uning tekstida
har xil sifrlar, sonlar, yillar va turli adabiyotlarni misol qilib keltirishlarni
kamaytirish kerak.
Tekstni tuzishda shartli belgilarni qo’yishda alohida e’tibor berish kerak.
Chunki ular davlat standartlari va xalqaro birliklar sistemalaridan chetga
chiqmasligi kerak.
Misol: 10 tonna jumlasini 10 tn, 10 t. kabi belgilanadi, aslida 10 t qo’yiladi.
Mavzuning nomiga qarab qilingan ishlar, ixtirolar, sinflarga bo’linadi.
UDK - universalnaya desitichnaya klassifikasiya
MKI - mejdunarodnaya klassifikasiya izobrateniye. (xalqaro ixtirolar
sinflari) aniqlanadi.
Yozilgan hisobotlar dissertasiya yoki referatlarning nomlari titul varaqasiga
yozib u bilan birga bajarilgan ishning muallifini familiyasi, ismi, otasining nomi
uning ish lavozimi, ishlash joyi, ish bajarilgan joy, bajarilgan yili va agar bo’lsa
ilmiy rahbarning familiyasi, lavozimi ko’rsatiladi.
Mundarija qilib ilmiy mavzuning paragraflari, bo’limlari, qismi va
mazmunli nomlar bilan belgilanib uning betlari ko’rsatiladi.
Mundarija ilmiy ishning boshlanishida yoki oxirida keltirilishi mumkin.
Ayrim hollarda ilmiy qo’lyozmalarda so’z boshi yoziladi, unda bu ilmiy
ishning yozilishi sabablari, ishni qayerda va qachon yozilganligi uni yozishda
yordam bergan korxona va shaxslar haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
Ilmiy ishlarda asosan kirish qismi yoziladi. Unda ilmiy mavzuning qaysi
tarmoqqa taluqligidan qat’iy nazar shu tarmoqdagi dolzarb muammolarni ko’rsatib
shulardan biri yozilayotgan muammo ekanligini uning maqsadlarini qisqacha
yoritib yoziladi.
Kirish qismidan keyin qisqacha qilib tanqidiy nazarda adabiyotlar tahlili
beriladi. Bunda shu tadqiqot qilinayotgan mavzuga taluqli adabiyotlarga alohida
e’tibor berilib undagi ilg’or fikrlarni tan olgan holda yaratilayotgan yangilik yoki
ixtironing boshqalardan farqini yoritib berishi kerak.
Shundan so’ng ilmiy qo’lyozmada tadqiqotning asosiy mazmuni yozilib
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
23
unda yig’ilgan materiallar tajriba natijalari, ularni o’tkazish usullari, asosiy fikrlar
va ilmiy izlanishlarning xulosalari beriladi.
Bu qismni yoritishda tadqiqotchi mavzuning asosiy muammosini o’rtacha
tashlab muammolarni yechimlariga aniq, to’la javoblarni berib o’tishi kerak va
ishning matnida bir xil fikrlilik bo’lishi shart.
Ayrim sonli qiymatlari ko’p materiallarni yoki tajriba natijalarini jadval,
diagramma yoki grafiklar usulida bayon qilishi kerak.
Ilmiy ishning yoki hisobotning har bir qismi yoki bo’limi uzining xulosalari
bilan tugallanishi kerak.
Xulosalar shunday yozilishi kerakki bunda tekstda ko’rsatib o’tilgan
tushuntirishlar yoki fikrlar takrorlanmasligi kerak.
Ilmiy ishlarning oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati keltiriladi. Agar ayrim
adabiyotlar faqat bir marta qo’llanilsa, unda adabiyot nomi va muallifi matnda
keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: