Temir yo’l vokzal majmuasida ko’rsatiladigan xizmatlar
-
Xizmat tipi
|
Xizmat nomi
|
Shartli-bepul xizmatlar
|
Axborot-ma’lumot xizmati
|
Bilet-kassa xizmati
|
Kutish zali
|
Sanitariya xonalari xizmati
|
Tibbiyot punkti
|
Pulli xizmatlar
|
Kamera xraneniya
|
Aloqa xizmati
|
Yuqori komfortabelli zal
|
Ona va bola hamda uzoq muddatli dam olish xonasi
|
Servis markazi xizmatlari
|
Yuk tashuvchilar xizmati
|
Temir yo’l vokzali yo’lovchilar oqimining kesishadigan joyi hisoblanganligi sababli zamonaviy vokzal majmuasini rejalashtirayotganda hududni rivojlantirishning bosh rejasiga muvofiqlashtirish lozim.
-rasm. Ko’p funkstiyali temir yo’l vokzali majmuasining konsteptual tuzilish sxemasi
“Toshkent-Markaziy Vokzali” filiali o’z faoliyat yo’nalishiga ko’ra yo’lovchi servis markazi hisoblanadi va u “O’ztemiryo’lyo’lovchi” OAJning 2008 yil 28 apreldagi L-89-sonli buyrug’iga ko’ra tashkil qilingan.
“Toshkent-Markaziy Vokzali” filiali o’zining faoliyatini 2008 yilning may oyidan boshladi. “O’ztemiryo’lyo’lovchi” OAJ Direktori tomonidan tasdiqlangan Nizomga asosan filial temir yo’l vokzalida yo’lovchilarga ko’rsatiladigan servis xizmatlari ko’lamini kengaytirish maqsadida Toshkent Markaziy vokzali hududida tashkil etilgan. Tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatga olish inspekstiyasining 2015 yil 19 yanvardagi №11-000522 sonli guvohnomasida “O’ztemiryo’lyo’lovchi” OAJ “O’ztemiryo’lyo’lovchi” AJ deb qayta nomlangan.
Filial “O’ztemiryo’lyo’lovchi” akstiyadolik jamiyatining tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi. Filialning asosiy maqsadi yo’lovchilarga madaniy xizmat ko’rsatish, vokzalda maksimal qulayliklar yaratish, yo’lovchilarga ko’rsatilayotgan servis xizmatlarini rivojlantirish va assortimentini ko’paytirish, shuningdek faoliyatning ushbu turidan qo’shimcha daromad olish.
Filialning asosiy funkstiyasi va vazifasi quyidagilar hisoblanadi:
- temir yo’lda yo’lovchi tashuvlarning jozibadorligini oshirish bo’yicha marketing tadbirlarini amalga oshirida faol qatnashish, yo’lovchi tashishning daromadliligini oshirish, optimal ish usullarini tadbiq qilishni amalga oshirish va takliflar ishlab chiqish, filialning tarkibiy birliklari faoliyatining texnologik jarayonlarini takomillashtirish;
- passajirlarga tarkibiga mahalliy va davlatlararo qatnovchi poezdlarga sutka davomida chiptalar sotishni tashkil qilish, qo’l yuklari uchun saqlash kameralari va tashish xizmati, yo’lovchilarga dam olish xonalarini taqdim qilish, bolalar uchun o’ynash xonasi ishini tashkil qilish kabi xizmatlar kiruvchi madaniy-maishiy va servis xizmatlarini ko’rsatish;
- temir yo’l vokzali va uning hududida servis nuqtalarini ochish, ular orqali xalq iste’mol tovarlarining ulgurji va chakana savdosini tashkil qilish, yo’lovchilar va boshqa tashrif buyuruvchilarga ovqatlanish xizmatlarini ko’rsatish;
- kadrlar tarkibini shakllantirish va zaruriy kasblar bo’yicha kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish, muhandis-texnik xodimlar va boshqa mutaxassislar malakasi va lavozimlaridan optimal foydalanish, ishchilarning ijtimoiy-mayishiy sharoitlarini yaxshilash bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish, texnik va texnologik intizomni mustaxkamlash;
- xodimlarning xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash, ular tomonidan xavfsizlik qoida va me’yorlariga amal qilish, yong’in xavfsizligi talablariga rioya qilish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish, fuqaro muhofazasi tadbirlari bo’yicha zarur bo’ladigan tayyorgarlikni ta’minlash;
- yo’lovchilarning vokzal hududida bo’lgan paytida, shuningdek barcha yo’nalishlar bo’yicha poezdlarga chiqish yoki tushishlari davomida havfsizliklarini ta’minlash;
- ishlab-chiqarish-xo’jalik faoliyati bo’yicha nazoratni amalga oshirish, rejaviy, moliyaviy, hisoblar va shtat intizomiga rioya qilish, davlat va jamoat mulkining saqlanganligini ta’minlash.
“Toshkent Markaziy Vokzali” filiali tomonidan respublika aholisi va poytaxtimiz mehmonlariga taqdim qilayotgan xizmatlari ro’yxati turli tuman bo’li yo’l chiptalarini sotishdan boshlanib turli xizmatlar ko’rsatish bilan yakunlanadi.
Kun davomida vokzal hududiga 4 mingdan ortiq yo’lovchi va poytaxt mehmonlari tashrif buyurishadi. Vokzalning sutkalik o’tkazish qobiliyati 4 ming kishi.sutka. Vokzalning asosiy vazifasi mazkur yo’lovchi oqimiga sifatli va tezkor xizmatlarni ko’rsatish hisoblanadi.
“O’ztemiryo’lyo’lovchi” AJning “Toshkent Markaziy Vokzali” filiali tomonidan ko’rsatiladigan assoiy servis xizmatlari quyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: |