Qisqacha xulosalar
Ish haqining moxiyati u ijtimoiy ishlab chiqarish bosqichlarida: ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’molda bajaradigan funktsiyalarda ro’yobga chiqariladi.
Ish haqini tashkil etish deganda uning tuzilishi, mehnat miqdorining unga to’lanadigan haq miqdori bilan o’zaro bog’liqligi, shuningdek tarkibiy elementlarning yigindisi (normalash, tarif tizimi, mukofotlar, qo’shimcha va ustama haqlar) tushuniladi. Ish haqini tashkil etishning muhim elementi tarif tizimi bo’lib, u turli normativ materiallar majmuidan iboratdir, ular yordamida xodimlarga to’lanadigan ish haqi darajasi omillar guruhiga bog’liq ravishda belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |