13-bob. Ish haqini tashkil etish va uni isloh qilish


Bozor sharoitida ish haqining asosiy vazifalari va elementlari



Download 27,02 Kb.
bet2/7
Sana06.02.2022
Hajmi27,02 Kb.
#432788
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13-MAVZU.ISH HAQINI TASHKIL ETISH VA UNI ISLOH QILISH (1)

13.2. Bozor sharoitida ish haqining asosiy vazifalari va elementlari
Ish haqining moxiyati uning ijtimoiy ishlab chiqarish bosqichlari bo’lgan mahsulot ishlab chiqarish, uni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilishda bajaradigan funktsiyalari (vazifalari)da namoyon bo’ladi.
1. Takror ishlab chiqarish funktsiyasi. U xodimlarni, shuningdek ularning oila a’zolarini ish kuchini takror ishlab chiqarish uchun, avlodlarni qayta ko’paytirish uchun zarur bo’ladigan hayotiy ne’matlar bilan ta’minlashda iborat. Unda extiyojlarning ortib borishidan iborat iqtisodiy qonun o’z ifodasini topadi. Mazkur funktsiya ish haqining davlat tomonidan tartibga solinishi hususiyatlari, ish haqining ish kuchini takror ishlab chiqarishni ta’min etadigan miqdorini qonuniy darajada belgilash bilan uzviy bog’liqdir.
2. Ragbatlantirish funktsiyasi. Uning moxiyati xodimning ish haqi uning ko’shgan mehnat xissasiga, korxonaning ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyati natijalariga bog’liqligini belgilashdan iborat bo’lib, bunda xodimni o’z mehnati natijalarini doimiy ravishda yaxshilab borishga qiziqtirishi lozim.
3. O’lchov-taqsimlash funktsiyasi. Bu funktsiya iste’mol fondlarini yollanma xodim bilan ishlab chiqarish vositalari egasi o’rtasida taqsimlash vaqtida jonli mehnat o’lchovini aks ettirish uchun mo’ljallangan. Ish haqi vositasida ishlab chiqarish jarayoni xar bir ishtirokchisining mehnat xissasiga muvofiq uning iste’mol fondidagi aloxida ulushi aniqlanadi.
4. Joylashtirish funktsiyasi. Mazkur funktsiyaning xozirgi vaqtdagi ahamiyati jiddiy ravishda oshib bormoqda. Uning moxiyati mehnat resurslarini mintaqalar, iqtisodiyot tarmoqlari va korxonalar bo’yicha qulay ravishda joylashtirishdan iboratdir.
5. Aholining to’lovga qobil talabini shakllantirish funktsiyasi. Bu funktsiyaning vazifasi to’lovga qobiliyatli talabni muvofiqlashtirishdir. Bunday talab deganda xaridorlarning pul mablaglari bilan ta’minlangan extiyojlarining namoyon bo’lish shakli tushuniladi, shuningdek iste’mol tovarlari ishlab chiqarish ham nazarda tutiladi. To’lovga qobiliyatli talab ikkita asosiy omil - jamiyatning extiyojlari va daromadlari ta’sirida shakllanishi sababli, bozor sharoitida ish haqi yordamida tovarni taklif qilish bilan talab o’rtasida zarur mutanosiblik o’rnatiladi.
Yuqorida aytib o’tilgan funktsiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi eng muhim tamoyillarga rioya qilinishi zarur:
1. Ishlab chiqarish va mehnat samaradorligi ortib borgan sari real ish haqining ortib borishi. Bu tamoyil extiyojlarning ortishi ob’ektiv iqtisodiy qonunning amal qilishi bilan bog’liq bo’lib, mazkur qonunga muvofiq extiyojlarning yanada to’laroq qondirilishi faqat o’z mehnati uchun ko’proq miqdorda moddiy ne’matlar va xizmatlarga ega bo’lish imkoniyatlari kengaygan sharoitdagina real bo’ladi. Biroq bunday imkoniyat ishlab chiqarish faoliyati natijalari bilan, mehnat samaradorligi bilan boglanishi lozim. Bunday boglanishning yo’qligi esa, bir tomondan, ishlab topilmagan pulning berilishiga, demak, inflyatsiyaga, olingan nominal ish haqining ta’min etilishiga va real ish haqining pasayishiga olib kelishi mumkin, ikkinchi tomondan esa, pasaytirilgan, mehnat xissasining samaradorligiga mos kelmaydigan nominal ish haqining to’lanishiga olib kelishi mumkin. Natijada xodimlarning ortib borayotgan extiyojlarini qondirish imkoniyati va ish haqining ko’payish imkoniyati mavjud bo’lmaydi.
2. Mehnat unumdorligi o’sishining o’rtacha ish haqining o’sish sur’atlaridan ilgarilovchi sur’atlarini ta’minlash. Bu tamoyilning moxiyati - ishlab chiqarishni rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish asosida mehnat daromadlarini maksimal darajaga yetkazishdan iborat. Bu tamoyilga rioya qilinishi jamgarish jarayonining, kengaytirilgan ishlab chiqarishning uzluksizligini taqozo etadi va korxonaning rivojlanishi hamda ravnaq topishining zarur sharti xisoblanadi.
3. Xodimning mehnat xissasiga, mehnat mazmuni va sharoitlariga, korxona joylashgan mintaqaga, uning qaysi tarmoqqa mansubligiga qarab ish haqini tabaqalashtirish. Mazkur tamoyil xodimning o’z mehnat malakasidan, mahsulotning yuqori sifatli bo’lishini ta’minlashdan moddiy manfaatdorligini kuchaytirish zarurligiga asoslangan. Bunda ish kuchini takror ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan moddiy ne’matlar miqdoridagi, mehnatning turli sharoitlaridagi, jo’grofiy va iqlim sharoitlaridagi tafovutlar xisobga olinishi lozim.
4. Teng mehnatga teng ish haqi. Bozor sharoitida bu tamoyilni ishlovchining jinsi, yoshi, milliy mansubligi va xokazolarga qarab uning mehnatiga haq to’lashda kamsitishga yo’l qo’ymaslikdir.
5. Mehnat haq to’lashni davlat tomonidan tartibga solish.
6. Mehnat bozorining ta’sirini xisobga olish. Mehnat bozori - bu shunday bir sohaki, u yerda pirovard natijada mehnatning xar xil turlari baxo berish tarkib topadi. Xar bir xodimning mehnatiga to’lanadigan ish haqi uning mehnat bozoridagi mavqei bilan mustaxkam bog’liq bo’lib, mazkur bozordagi vaziyat, bundan tashqari, bandlik imkoniyatini ham belgilab beradi.
7. Mehnatga haq to’lash shakllari va tizimlarining oddiyligi, mantiqiyligi va qulayligi mehnatga haq to’lash tizimlarining moxiyati haqida keng xabardor bo’lishni ta’minlaydi. Xodimda ish haqi haqida tushunarli va batafsil axborot mavjud bo’lgandagina u jon-dili bilan berilib mehnat qiladi. Xodimlar qanday holatda ish haqining miqdori ya’ni o’z moddiy farovonliklari darajasi oshishini aniq tasavvur qilishlari lozim.
Ish haqini tashkil etish tamoyillarini ularni amalga oshirishga qaratilgan funktsiyalarga muvofiq tasniflash maqsadga muvofiqdir. Xar bir tamoyil faqat bitta funktsiya bilan emas, balki bir qancha funktsiyalar bilan boglangan. SHunday bo’lsa ham, asosiy funktsiyani ajratib ko’rsatish mumkin. Xar bir tamoyil birinchi navbatda ana shu funktsiyani bajarishga qaratiladi.



Download 27,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish