Markazlashtirilgan. Ma’lum bir tarkib doirasida axborotni himoyalash jarayonining tashkiliy-funksional mustaqilligini ta’minlashi lozim.
Maqsadga yo‘naltirilgan. Barcha axbortlarni ketma-ket emas, balki aniq maqsad yo’lida himoyalanishi lozim bo’lgan axborotlarnigina himoyalash lozim. Korxonaga ma’lum darajada zarar yetkazishi mumkin bo’lgan aniq ma’lumotlar ruxsatsiz kirishdan himoyalanadi. Axborotni yetarli darajada ishonchli himoyalash lozim.
Ishonchli. Himoyalashning usul va shakllari axborotning har qanday oqimi kanallari, uning taqdim etilishi shakli, bayon etish tili va u biriktirilgan fizik tashuvchisi turidan qat’iy nazar, ishonchli berkitilishi lozim.
Universal. Axborot chiqishi mumkin bo’lgan kanal turiga qarab, qayerda yuzaga kelishi, xarakteri, shakli va axborot turidan qat’iy nazar, yetarli vositalarda uni berkitishi lozim.
Kompleks. Tarkibiy elementlar va kanallardan axborot chiqishining turli-tumanligida axborotni himoyalash uchun barcha usullar to’liq hajmda qo’llanilishi lozim. Alohida formalar va texnik vositalarning qo’llanilishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |