Joriy operatsiyalar - bu joriy (kundalik) iqtisodiy faoliyatga tegishli operatsiyalar bo`lib, ular bevosita tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish, daromadlar barpo etish, taqsimlash va iste`mol qilish jarayonlari bilan bog`liqdir.
Kapital operatsiyalar - bu real va pul shaklida jamg`arish bilan bog`liq bo`lgan oqimlar to`plamidir, ular mavjud milliy boylikka yangi boylik qo`shadi.
Operatsiyalar obyektiga qarab uchta turga ajraladi:
-tovar va xizmatlar bilan operatsiyalar;
-daromadlarni taqsimlash operatsiyalari;
-moliyaviy operatsiyalar.
Birinchi toifadagi operatsiyalar tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish, eksporti va importi, iste`mol qilish va jamg`arish jarayonlari bilan bog`liq bo`lgan oqimlarni shakllantiradi. Ular ishlab chiqarish, iste`mol, kapital yaratish va tashqi dunyo hisoblamalarida qayd qilinadi.
Ikkinchi toifadagi operatsiyalar birlamchi daromadlarni hosil qilish, pul va naturada taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlarini aks ettiradi. Ular qatoriga ish haqi, ijtimoiy ta`minot uchun ajratmalar, ishlab chiqarish va import uchun soliq, subsidiyalar, mulkdan olingan daromad (foizlar, dividendlar, yer rentasi va h.k), daromad, mulk va boshqa joriy soliqlar, nafaqa to`lovlari, joriy va kapital transfertlar va h.k. kiradi. Bu operatsiyalar birlamchi daromadlarni barpo etish (shakllanishi) pul va natural daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash va qisman capital yaratish hisoblamalarida qayd qilinadi.
Uchinchi toifadagi operatsiyalar mavjud moliyaviy aktivlar yoki majburiyatlarni ayriboshlash yoki bunday aktivlar yoki majburiyatlarni shakllantirish yoki yo`q qilish (o`chirish) jarayonlarini aks ettiradi. Ular oliyaviy hisoblamalarda qayd qilinadi. Ammo bu hisoblamalarda moliyaviy operatsiya tabiatiga ega bo`lmaydigan boshqa pul operatsiyalari ham qayd qilinadi. Jumladan, tovar yoki nomoliyaviy aktivlarga egalik (mulkchilik) huquqini birovga berish, xizmatlar ko`rsatish, mehnat sarflari va h.k. bilan bog`liq bo`lgan pul operatsiyalari bo`yicha korrespondentsiyalashtiruvchi yozuvlar o`z ifodasini topadi.
MHTda milliy iqtisodiyotning tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shakllari jihatidan tuzilishi, ularning makroiqtisodiy natijalar shakllanishiga qo`shgan hissalari va o`zaro bog`lanishlari alohida tahlil qilinadi.
Institutsional birlik deganda tashkiliy-huquqiy jihatdan to`la mustaqil bo`lgan xo’jalikyurituvchi subyekt nazarda tutiladi. U o`zining aktiv va passivlariga (mulki va sarmoyasiga) ega bo`lib, iqtisodiy faoliyatda ulardan foydalanish masalalari bo`yicha mustaqil qatorlar qabul qiladi, boshqa subyektlar bilan operatsiyalar amalga oshiradi va natijalari uchun javobgarlikni o`z zimmasiga oladi, barcha zaruriy hisob-kitoblarni yuritadi, moliyaviy hisobotlar va balanslarni tuzadi.
Hozirgi kunda institutsional birliklar xo’jalikyurituvchi subyektlar va jismoniy shaxslardan iboratdir. Uy xo’jaliklarlari ayrim shaxslar yoki bir xonadonda yashab umumiy budjetga ega bo`lgan kishilar to`dasidan tashkil topadi.
Xo’jalikyurituvchi subyektlar qatoriga turli tashkiliy-huquqiy shakllardagi korporativ va xususiy korxonalar, davlat korxonalari, markaziy va tijorat banklari, savdo tashkilotlari, sug`urta uyushmalari, davlat boshqaruv tashkilotlari, uy xo’jaliklarlariga xizmat ko`rsatuvchi notijorat muassasalari (diniy va siyosiy firqa tashkilotlari, kasaba uyushmalari, fondlar) va h.k. kiradi. Ular turli iqtisodiy maqsadlarni ko`zlab faoliyat qiladi va funksiyalarni bajaradi. Bu esa iqtisodiyotni sektor va sektorostilarga bo`lish uchun nazariy-uslubiy asos yaratadi.
Iqtisodiy sektor - MHTning muhim kategoriyasidir va shu bilan birga u tizimning tuzilish poydevori hisoblanadi.
Institutsional birliklarni harakatlantiruvchi kuchlar va iqtisodiy rag`batlantiruvchi omillar turli-tuman bo`lib, ularning iqtisodiy tabiatini belgilaydi. Sektor va sektor ostilari tabiatan bir xil turdagi kuch va omillarga ega bo`lgan birliklarni birlashtiradi. Institutsional birliklar amalga oshiradigan asosiy iqtisodiy faoliyat turi va operatsiyalariga qarab sektor va sektor ostilarni barpo etadi.
1993 yil xalqaro andozaviy MHTda milliy (ichki) iqtisodiyot beshta sektorga ajratiladi: nomoliyaviy korporativ sektor; moliyaviy korporativ sektor; davlat boshqaruv organi; uy xo’jaliklarlari sektori; uy xo’jaliklarlariga xizmat ko`rsatuvchi notijorat tashkilotlari sektori.
Nomoliyaviy korporativ sektorning asosiy funksiyasi tovar va xizmatlarni bozor uchun ishlab chiqarishdan iborat.
Moliyaviy korporativ sektorning asosiy funksiyasi moliyaviy vositachilikni bajarishdir. Ya`ni ayrim subyektlarni mablag`larini qarz tarzida jalb qilib, boshqa subyektlarga moliyaviy ehtiyojlarini qondirish uchun ma`lum muddatga qarzga berish. Bu sektor iqtisodiyot rivojlanishini moliyalashtirishda muhim rol o`ynaydi. Uning tarkibiga banklar tizimi, sug`urta jamiyatlari va muassasalari, ixtisoslashgan moliyaviy tashkilotlar kiradi.
Davlat boshqaruv sektorining asosiy funksiyasi mamlakatni boshqarish va mudofaa qilish, inson huquqlarini ta`minlashdan iborat.
Uning tarkibida umumdavlat ijro qonunchilik va uning ijrosi bilan shug`ullanuvchi umumdavlat boshqaruv tashkilotlari, mudofaa idoralari va muassasalari, viloyat va mahalliy hokimiyatlar, nobozor jamoa xizmatlarini ko`rsatuvchi muassasalar, harbiy kemalar, tanklar, qurolaslahalar, o`q-dorilar, qiruvchi samolyotlar, raketalar va ular uchun qurilmalar ishlab chiqaruvchi korxonalar, ijtimoiy ta`minot fondlari va boshqalar kiradi.
Uy xo’jaliklarlari sektorining asosiy funksiyasi tovar va xizmatlarni iste`mol qilish va ishlovchi kuchlar (tadbirkorlikni ham qo`shib) bilan iqtisodiyotni ta`minlash.
Uy xo’jaliklarlariga xizmat ko`rsatuvchi notijorat tashkilotlar sektori aholining ayrim guruh yoki qatlamlariga pul to`lovsiz xizmat ko`rsatuvchi notijorat tashkilotlaridan tarkib topadi. Ular qatoriga siyosiy firqalar, diniy uyushma va birlashmalar, ijodkorlar (yozuvchi, bastakor, musavvir va h.k) uyushmalari, turli fondlar kiradi.
Bundan tashqari, mamlakatlar rezidentlari bilan norezidentlar o`rtasidagi iqtisodiy aloqalardan olingan daromadlarni aniqlash maqsadida “boshqa davlatlar” sektori barpo etiladi va u barcha norezident institutsional birliklardan tarkib topadi.
3. Milliy hisobchilikning muhim makroiqtisodiy yakuniy va tahliliy ko`rsatkichlari.
Milliy hisoblamalar tizimida iqtisodiyot va uning sektorlarining turli tomonlarini o`zaro bog`lanishda yoritib beruvchi ko`rsatkichlar tizimi o`z ifodasini topadi. Ularni shartli ravishda uchta guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh har bir hisoblamaning resurs va foydalanish qismlarida qayd qilinadigan to`plama iqtisodiy operatsiyalarni ta`riflovchi ko`rsatkichlardan tarkib topadi. Odatda ular joriy statistika ma`lumotlariga asoslanadi. Masalan, iqtisodiyot tarmoqlarida bandlarga hisoblangan mehnat haqi, sektorlarda ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hajmi (bozor baholarida), ishlab chiqarish vositalari sifatida korxonalar va tarmoqlardan iste`mol qilingan tovar va xizmatlar (oraliq iste`mol) va h.k.
Ikkinchi guruh hisoblamalarini balanslashtiruvchi ko`rsatkichlardan iborat bo`lib, ular milliy iqtisodiyot va sektorlar faoliyatining natijalarini turli jihatdan oydinlashtiradi. Ularmakroiqtisodiy yakuniy ko`rsatkichlar deb yuritiladi. Masalan, yalpi va sof ichki mahsulot, yalpi qo`shilgan qiymat, yalpi va sof milliy daromad, yalpi va sof ihitiyordagi daromad, pirovard iste`mol hajmi, jamg`arma hajmi va h.k.
Uchinchi guruh ko`rsatkichlari milliy hisobchilikning birinchi va ikkinchi guruh ko`rsatkichlari asosida hisoblanib, bozor jarayonlarining turli jihatlarini oydinlashtiradi va ular iqtisodiy tahlil qilishda qo`llanadi.
Bu guruh tarkibiga milliy iqtisodiyotning samaradorligining ko`rsatkichlari kiradi.
Hisoblamalar MHTning eng muhim qismi hisoblanadi. Ularda institutsional birliklar yoki korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, uy xo‘jaliklari va h.k.lar amalga oshirgan iqtisodiy operatsiyalar qayd etiladi. Qayd etilgan operatsiyalar shu mamlakat rezidentlari yoki xorij mamlakatlar rezidentlari orasida amalga oshirilgan bo'lishi mumkin.
Hisoblamalardagi qayd etilganlar alohida iqtisodiy operatsiyalarga tegishli bo‘lmay, balki iqtisodiy operatsiyalar gu- ruhiga tegishli bo'ladi, masalan, iste’mol, jamg'arish, eksport va h.k. ba’zi yozuvlar iqtisodiy operatsiyalarga tegishli bolmagan (bunda ikki va undan ortiq institutsional birliklar orasidagi ixtiyoriy ravishdagi o‘zaro bog‘lanish nazarda tuti- ladi), balki ekstraordinar hodisalar (yong‘in, tabiiy ofat, urush va h.k.) natijasida aktivlar hajmining o‘zgarishini aks ettirishi mumkin.
Hisoblamalardagi ayrim qayd etishlar — iqtisodiy jarayonlar har xil tomonlarini aks ettiruvchi har xil analitik jamlovchi ko'rsatkichlar ham bo'lishi mumkin. Bu ko‘rsatkichlarning ko‘pchiligi, masalan, qo'shilgan qiymat, jamg‘arish, birlamchi daromadlar balans usuli bilan yoki re- surs qismi summasi bilan, ulardan foydalanish qismi orasidagi farq sifatida yoziladi. Yuqorida qayd etilganidek, butun iqtisodiyotga taalluqli bo‘gan ko'rsatkichlar: masalan, YalM, milliy daromad, milliy boylik kabi ko'rsatkichlar agregat ko'rsatkichlar bo'lib hisoblanadi.
Tuzilishi bo'yicha MHT hisoblamalari buxgalteriya hisobi hisoblamalariga o'xshaydi. Ular T-formasiga ega bo'lib, ularni balanslashtirishning ikki xil usuli mavjud. Ularning ba’zilari balans usulida yoki balanslashtiruvchi modda so'ngra, keyingi hisoblama uchun boshlovchi modda bo'lib hisoblanadi.
Boshqa hisoblamalar «aniqlash bo'yicha» balanslashtiri- ladi. Buning mohiyati shundaki, unda hisoblamaning resurs qismi bilan, ulardan foydalanish qismi orasidagi farq aniqlanadi. Shunday hisoblamalardan biri «tovar va xizmatlar» hisoblamasidir. U tovarlar va xizmatlarni har xil maqsadlarda foydalanishni aks ettiradi: iste’mol, jamg'arish va boshqalar. Bu hisoblamada balanslashtiruvchi modda bo'lmaydi. Ammo agar moddalar to'g'ri aniqlansa, hisoblama avtomatik ravishda balanslashadi. Agar balan- slashmay qolsa, u holda hisob-kitob ishlarida noaniqliklarga yo‘l qo'yilgan bo‘ladi.
MHT hisoblamalarida ikki tomonni bir-biridan ajratish lozim bo'ladi: resurslar va resurslardan foydalanish (bunda “buxgalteriya hisobidagi debet va kredit emas). Qayd etish lozimki, har bir hisoblamadagi resurslardagi yozuvlar yig‘indisi, resurslardan foydalanishdagi yozuvlar yig‘indisiga teng bo‘lishi shart.
MHTda hisoblamalarning aniq tasnifi mavjud. Quyidagi hisoblamalar guruhini bir-biridan ajratish lozim:
iqtisodiyot sektorlari uchun hisoblamalar;
iqtisodiyot tarmoqlari uchun hisoblamalar;
ayrim iqtisodiy operatsiyalar uchun hisoblamalar;
butun iqtisodiyot uchun hisoblamalar (yig‘ma hisoblamalar).
Iqtisodiyot sektorlari uchun hisoblamalar, o‘z navbatida quyidagi guruhlarga ajratiladi:
joriy hisoblamalar;
jamg‘arish hisoblamalar;
aktivlar va passivlar balanslari.
Joriy hisoblamalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
ishlab chiqajish hisoblamasi;
daromadlarni hosil bo‘lishi;
daromadlarni birlamchi taqsimlash;
daromadlarni pul formada qayta taqsimlash;
ixtiyordagi daromadlardan pul formada foydalanish;
daromadlarni natural formada qayta taqsimlash;
tuzatish kiritilgan ixtiyordagi daromadlardan foydalanish hisoblamalari.
Jamg‘arish hisoblamalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
kapital bilan operatsiyalar hisoblamalari;
moliyaviy hisoblama;
aktiv va passivlardagi boshqa o‘zgarishlar hisoblamalari;
aktiv va passivlardagi boshqa o‘zgarishlar hisoblamalari;
aktiv va passivlarni qayta baholash hisoblamalari.
aktiv va passivlar balanslari o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
davr boshidagi aktiv va passivlar balansi;
davr oxiridagi aktiv va passivlar balansi.
Do'stlaringiz bilan baham: |