Sanoati rivojlangan mamlakatlarda innovatsion jarayon sarmoyalarni xususiy va davlat manbalaridan oladi. AQSH va Yevropa mamlakatlarida ularning ulushi taxminan teng. Yaponiyada xususiy investitsiyalarning ulushi 80%dan oshib ketadi. Moliyalashtirishning eng ixcham shakli - xatarli sarmoyalardir. U xususiy manbalarga asoslanadi. Innovatsion jarayonlar uchun, shubhasiz, ITTKI ni innovatsion jarayonda belgilab beruvchi bo’g’in sifatida moliyalashtirish eng katta ahamiyatga ega.
AQSHda moliyaviy resurslar federal(49%) va munitsipal(46,7%) byudjetlar orqali davlatdan va xususiy firmalar va tashkilotlardan kelib tushadi. Universitetlar, kollejlar va xususiy - hukumat fondlari ITTKI ni moliyalashtirishda 5% dan ko’proq ishtirok etadi. AQSHda innovatsiyalarni davlat tomonidan qo’llab - quvvatlash tizimi uchun keyingi yillarda dasturli-maqsadli yondoshishni tarqalishi o’ziga xosdir.
Bunda moliyaviy resurslar ustuvor texnologik (biotexnologiya, energetika, elektronika, sog’liqni saqlash) va sohaviy yo’nalishlar (agrokosmik, harbiy sanoat va h.k.) jamlanadi. Masalan, agronomik sanoatda ITTKI ning to’rtdan uch qismidan ko’prog’i davlat assignovatsiyalarida bo’ladi. Yangi konstruktsion materiallarni ishlab chiqarishdagi ilmiy tadqiqotlarning 35% davlat tomonidan moliyalashtiriladi.
13.2.Xorijda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish usullari
Evropa mamlakatlarida ko’p ilm iste’mol qiladigan ishlab chiqarishlar va yuqori texnologik mahsulotlarning ahamiyati o’smoqda. ITTKI ni davlat tomonidan moliyalashtirish tizimida innovatsion jarayonni vositali qo’llab-quvvatlashning to’g’ridan to’g’ri shakllari va samarali usullari (soliq imtiyozlari, imtiyozli hukumat krediti, amortizatsion hisobdan chiqarishlar) biriktiriladi.
Davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning bunday turi Frantsiya, Avstriya, SHvetsiya va h.k. davlatlarda keng qo’llaniladi. Xuddi davlatning qo’lida moliyalashtirishning bunday manbalari innovatsion faoliyatni rivojlantirishning rag’batiga aylanadi.
Yaponiyada ITTKIni moliyalashtirish manbalarining asosiy qismini xususiy kompaniyalar tashkil qiladilar. (80% gacha). Bu yerda davlat xarajatlarining ulushi AQSH va Yevropa mamlakatlariga qaraganda ancha past, buning ustiga xususiy kompaniyalar va davlatning harakatlarini Yaponiya tashqi savdo va sanoat vazirligi (TSSV) tomonidavn belgilab berilgan umummilliy ustuvorlik bo’yicha maxsus fondlar va dasturiy tadqiqotlar shaklida birlashtirilishi katta ahamiyatga ega. Ustuvor ilmiy yo’nalishlardagi investitsiyalarni o’sish sur’atlari bo’yicha Yaponiya jahonda birinchi o’rinni egallaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |