13- Ma’ruza: AEROZOLLAR.
Reja:
1. Aerozol nima
2. Aerozol dorilarining tarixi, ta’rifi, tavsifi va tasnifi.
3. Aerozol dori shakllarini tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar
Tayanch so’z va iboralar: Eritmalar, aerozol, sirt faol moddalar, aerozollar
Ajratilgan vaqt - 2 soat.
Ma’ruzaning maqsadi: Suyuq dori shakllarining TDV orasida tutgan o‘rni, farmatsevtik eritmalar: qiyomlar, xushbo‘y suvlar, suspenziyalar, emulsiyalar, suvli va suvsiz eritmalar ta’rifi, tavsifi хақида маълумотга эга бўлиш.
Aerozol ( grek. «ayor» - xavo va «zol» - eritma nem.) – mayda suyuq tomchi yoki qattiq zarrachalarining gazsimon muhitda bir xil tarqalgan dispers tizimdir. M: tuman, chang
Aerozollar – dori va yordamchi moddalar gaz - propellent bosimi ostida turadigan, aerozol ballondagi dori shakli bo‘lib, u klapan bilan germetik yopilgan, ingalyasion, teriga, shilliq qavatlarga, yaralarga ishlatiladigan gazsimon dori shakli.
Bu atama birinchi marta 20 asrning boshida professor Dondan tomonidan taklif etilgan. U yangi dori turi bo‘lib, aerozol ballonlari, aerozol bombasi yoki qadoqlangan aerozol deb yuritiladi. Aerozol olish uchun birinchi patent Norvegiya va AQSHda berilgan b-b, metal yoki shisha qadoqlarga solingan xlormetil va xloretil ishlatilgan.
1934 yilda AQSHda o‘t uchirgichlar tarkibida galogen uglevodorodlar ishlatilgan.
Aerozol dori turining katta rivojlanishi 1941 yildan so‘ng 2chi jaxon urushi paytida bo‘lib, bunda amerikaliklar tomonidan “bog-bomb” deb atalmish tarkibida ftorvodorod, xlorvodorod va insektitsidlar bo‘lgan, bosim ostidagi qadoqlarni patentlaganlar.
Farmatsevtik aerozollar deb, propellentlar yordamida purkaladigan, ballondan, klapanli-purkagichdan va ballon ichidagi turli konsistensiyaga ega bo‘lgan suyuqliqdan iborat, tayyor dori turiga aytiladi.
Aerozolda bir yoki bir nechta dori moddasi, erigan, suspenziyalangan yoki emulgirlangan xolatda bo‘ladi.
Tibbiyot aerozollari – ingalyasiya uchun ishlatiladigan, statsionar qurilmalar yordamida beriladigan, qattiq yoki suyuq xolatdagi dori vositalari zarrachalarining aerozol xolatidagi dori turidir.
Aerozol dori turlarining ishlatilishi bo‘yicha tasnifi:
ingalyasion,
otolaringologik,
dermatologik,
stomatologik,
proktologik,
ginekologik,
oftalmologik,
qon to‘xtatish uchun, diagnostik maqsadlarda ishlatiladi.
Aerozol dori turining afzalliklari:
- aerozolni ishlatish qulay, gigienik
- dozalanishi aniq, ishlatilayotgan joyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etishi, ta’siri tez yuzaga chiqishi
- kam dori moddasini sarflab xam, yuqori terapevtik samaradorlikka erishilishi
- aerozol balloni germetik yopiq bo‘lganligi sababli, preparat ifloslanmaydi, tashqi muhit omillar(yorug‘lik nuri, namlik, xavodagi kislorod)ining ta’siriga uchramaydi
- saqlanish muddatida aerozol dori turi o‘zining sterilligini saqlab qoladi
- ishlatilganda mutaxasis talab etmaydi, ishlatish oson
- saqlanish muddati uzoq
- jaroxatlangan qismni tashqi muhit ta’siridan muxofaza qilish imkoniyati
Aerozol dori turining kamchiliklari:
- aerozol dori turining narxi yuqoriligi
- ballonlar yuqori temperaturada yoki mexanik urilganda portlashi mumkinligi
- ishlatilganda atrof muhit propellentlar, dori moddalari bilan ifloslanishi
Aerozollar tarkibiga dori modda, yordamchi moddalar, bir yoki bir nechta propellentlar kiradi.
Aerozol tayyorlash uchun yordamchi moddalar: erituvchilar, sirt faol moddalar, parda xosil qiluvchilar, konservantlar, antioksidantlar ishlatiladi.
Farmatsevtik aerozollar shunday dori turiki, u qattiq yoki suyuq dispers fazani gazsimon dispers muhitda bir hil tarqatish yo‘li orqali tayyor-lanadi.Bashura G.SH. va Xodjay YA.I. aerozollarni 2 guruhga ya’ni farmatsiya aerozollar va tibbiyot aerozollar bo‘ladi. Tonkodisp 0,1 – 0,5 mkm. Niskodis 25 – 100, grubodisp – 250 – 400 mkm
Farmatsiya aerozollar – propelentlar erdamida purkaladigan va terapevtik ta’sir ko‘rsatadiganlarga, tibbiyot aerozollar deb asosan inglyasiya uchun ishlatiladi.
Afzalligi ishlatish oson, tez yordam berish mumkin, jarohatlarni tashqi muxitdan himoyalaydi, jarohatni kuzatish oson vaqt tejaladi. Ular asosan dizinfeksiya qiladi, tumovga qarshi, kuyganda ishlatiladi.
Kamchiligi organik erituvchilar ta’sirida og‘riq vujudga kelishi, tana yuzasida hosil bo‘lgan pardaning yupqaligi, ular AQSH, Fransiya, Italiya va YAponiya mamlakatlarida katta o‘rinda turadi.
Aerozol balonning tuzilishi . u ma’lum hajmi sig‘im, klapan va va qopqoqdan iborat xajmi - 3 l bo‘lib. Ular metal, shisha yoki plastmassa hamda ularning birikmasidan iborat. SHisha aerozollarining xajmi – 3 – 300 ml, asosan 15 – 80 ml bo‘ladi.
Balonning mustaxkamligini tekshirish Po‘lat taxta ustiga ma’lum balandlikdan tashlangan balon sinmasa shu balandlik pastki nuqta deyiladi. Eng yuqori nuqta hamma balonlar singan balandligi aytiladi. 0,75 ml sinmasa past, 2,75 m balandlikda sinsa – yuqori.
SHisha balonlar asosan NS–1 va NS–3 shishalarda tayyorlanadi. Ular qalinligi bir tekisda havo pufakchalari saqla-maligi, RN aniqlanganda 1,7 oshmaslimgi va 20 atm bosimga chidamli bo‘lishi kerak. Ularning ustki qismi PVX, PE, poliamid va hakozolar bilan qoplanadi.
Qoplash quyidagi usullar bilan olib boriladi.
Balon ustiga parda kiydirib, harorat bilan ishlov beriladi.
Polimer eritmaga balonni botirib olish yoki purkash orqali.
soxta qaynoq yuzada qoplash;
balon sathida monomerlarni polimerizatsiyaga uchratish bilan qoplash.
Qoplashdan maqsad
balon singanda shisha parchalarni sochilishidan saqlash.
balon mustaxkamligini oshirish
estetik jilo berish
balon ustiga ma’lumotlar yozish
Metal balonlar yon biqini kavsharlab choklangan holda oq yoki qora yupka tunikadan yoki alyuminiydan va zanglamaydigan po‘latdan tayyorlanadi. Metall balonlarning tuzilishi tana, ostki qism va qopqoqdan iborat. Metall balonlarni ichki va ustki qismi lak bo‘yoqlari bilan qoplanadi.
Plastmassa balonlar engil, mustaxkam, sinmasli, shakl berish osonligi va turli rangda chiqarish mumkinligi bilan shisha va metall balonlardan avzal.
Balonning klapanli purkagich qismi – balonning eng asosiy qismi bo‘lib, u klapan va purkagichdan iborat.
Klapan –dorilarni mayda zarracha holida purkashga mo‘ljallangan. Bunda purkagich bilan birgalikda shtok harakatga kelib, purjinani siqadi naycha teshikchasidagi rezina qavati ochiladi va ballonda bosim ostida turgan modda sifon trubkasi orqali otilib chiqadi.
Purkagich – dorilarni purkash uchun mo‘ljallangan
Naycha – klapani ochish va yopishga mo‘ljallangan.
Purjina – naychani o‘z holiga qaytaradi va klapani yopishga xizmat qiladi. Manjet –naychaning klapanda germetik joylashishini ta’minlaydi rezina qismdan iborat.
Sifon naycha –balon ichidagi moddalarni klapanga olib chiqadi. Propelentlar –aerozol balonida moddani tashqariga bosim yordamida siqib chiqarilishini ta’minlaydigan modda.ular quyidagi talabga javob berishi kerak.
20 0S da 0,8 MP a dagi bosimni ta’minlashi;
turg‘un va befarq;
teri va nafas yo‘llarini qitiqlamasligi;
havoda portlash xavfi bo‘lmasligi;
noxush xidga ega bo‘lmasligi.
Propellentlar. Propellentlar - aerozol ballonlari ichidagi moddalarni tashqariga bosim yordamida siqib chiqarilishini ta’minlaydi.
Ular quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- 200S xaroratda 2-8 atm. bosimni ta’minlashi,
- turg‘un va befarq bo‘lishi,
- teri shilliq qavatlari va nafas yo‘llarini qitiqlamasligi
- xavoda portlamasligi
- noxush hidga ega bo‘lmasligi
- qimmatbaxo bo‘lmasligi
- yuqori bosim ostida oson suyuqlikka aylanishi
- dori moddalarini erita olishi kerak.
Propellentlar 200S xaroratda xosil qiladigan to‘yingan bug‘ bosimiga qarab, asosiy va yordamchilarga bo‘linadi.
Agar 200S xaroratda 2 atm. va undan katta bosim xosil qilsa, asosiy propellent.
Agar 200S xaroratda 1 atm.dan kam bosim xosil qilsa, yordamchi propellent deyiladi.
Agregat xolatiga ko‘ra propellentlar 3 guruxga:
1.Suyultirilgan gazlar, ularga:
1.1.Ftororganik birikmalar (ftorxloruglevodorodlar - freonlar yoki xladonlar)
1.2. Propan qatoriga kiruvchi uglevodorodlar (propan, butan, izobutan).
1.3. Xlor birikmali uglevodorodlar (vinilxlorid, metilxlorid, metilenxlorid).
1.Freonlar – metan, etan, propanning xlorli xosilalari bo‘lib, kimyoviy inert, ko‘p organik erituvchilar, moylar bilan yaxshi aralashadi, biologik bezarar, yong‘in xosil qilmaydi, ballonda bir tomchi eritma qolsa xam bir xil bosimni ta’minlab turadi, lekin suv va nur ta’sirida gidrolizga uchrab, HCl va HF kislotalarni xosil qilishi mumkin.
1.2.Propan qatoriga kiruvchi uglevodorodlar – Afzalligi - freonlarga nisbatan arzon,
spirt, xlororoformda eriydi,
suvda gidrolizga uchramaydi,
kam zaxarli,
Kamchiligi – yong‘inga xavfli, shuning uchun propellentlarga qo‘shimcha sifatida ishlatiladi.
1.3. Xlor birikmali uglevodorodlar
Afzalligi:
-Dori va yordamchi moddalarning erituvchisi sifatida ishlatiladi,
-Kam zaxarli
Kamchiligi:
-Kam bosim xosil qiladi, shuning uchun boshqa propellentlar bilan birga ishlatiladi
-YOng‘inga xavfli
2. Siqilgan gazlar : azot 1 oksidi, azot, karbonat angidridi, geliy, argon
Afzalligi:
zaxarli emas,
kimyoviy befarq
Kamchiligi:
propellent ishlatilishi bilan kamaya boradi va ballon ichida eritmaning qolib ketishi xavfi bor.
3.Engil uchuvchi organik erituvchilar (dimetil efiri, dietil efiri, metilen xlorid, etilenxlorid, metil etil efiri)
Kamchiligi:
YOng‘inga xavfli
portlashga xavfli
nafas yo‘llarini qitiqlaydi
Organizmga qitiqlovchi ta’sirga ega
Erituvchi sifatida -
toz. suv, etil spirti, o‘simlik moylari, mineral moylar, glitserin, etioleat, propilenglikol, dimeksid, turli molekulyar massali PEO, etilsellyuloza va b. ishlatiladi.
Sirt faol moddalar sifatida -
tvin-80, 60, 120, emulgator №1, emulsion mumlar, yog‘ kislotalarining trietanolamin bilan xo qilgan tuzlari, olein kislotasi tavsiya etiladi.
Parda xosil qiluvchi modda sifatida: sellyuloza xosilalari, akril kislotasining xosilalari, vinilpirrolidon, polivinilpirrolidon
Korrigent sifatida: qand, limon kislotasi, sorbit, efir moylari, timol, mentol
Konservant sifatida: nipagin, nipazol, benzoy kislotasi, natriy benzoatlar
Antioksidanlar sifatida: vitamin E, butiloksitoluol ((CH3)3C)2CH3C6H2OH, butiloksianizol, dibunol, trilon B, askorbin kislotasi ishlatiladi.
Agar dori modda yaxshi erimasa u holda qo‘shimcha erituvchida eritiladi. Konsentrat–emulsiya yoki suspenziya dori modda yordamchi moddada dispergirlangan bo‘ladi. tayyor konsentrat yig‘gichga o‘tkaziladi va balloni to‘ldirish liniyasiga o‘tkaziladi.
XIDF Balon bosimini o‘lchash xona xaroratida 1 soat qo‘yiladi va balon ichidagi bosim 2,5 atm aniqlanadi. Ular – siqilgan gaz ishlatilgan balonlarda tekshiriladi.
Zich berkitilganini aniqlash. Tekshiriladi 40 - 450S harorat suv hammomiga tushganda 15 – 30 daqiqa, shisha balon metall balonlar 10–20 daqiqa gaz chiqish hodisani kuzatilmasligi lozim. Bir doza tarkibidagi dorini aniqlanadi aerozol 5 marta bosiladi va 5 dozasi chiqarib yuboriladi va balon 0,010 tortiladi so‘ngra 5 dan 20 marta bosib, balon qayta tortiladi.
Dori moddaning % miqdori Buning uchun balon tortiladi 0,01 g anda va dori modda purkab chiqarib yuboriladi va yana tortiladi va hakozolar.O‘zining XITX ko‘riladi ± 15% o‘zgarishi kerak saqlash 0-350S gacha.
Misol: Tibbiyotda kameton, efatit, efedrol, fadezin, ingalipt, nitazol, nitroglitserin va hakozolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |