Yuqori molekulyar massali birikmalarning agregat va fazaviy holatlariPolimerlarda fazaviy o’tishlar Agregatvafazaviyxolatlar Quyi molekulyar massali birikmalar 3 xil fazaviy xolatlarda bo’lishi mumkin: kristall, suyuq va gazsimon. Bu xolatlar molekulalarni bir-biriga nisbatan joylashish tartibi bilan farklanadi.
Kristallfazaviyxolat kristall panjaraning mavjudligi va fazoda uning yo’nalishida polimerlar yoki atomlar joylashishida uzoq masofada tartib bilan xarakterlanadi.
Suyuq fazaviy xolatni ko’pincha amorf holat deyiladi. Bunga sabab unda kristall panjaraning yo’qligii va atom va molekulyar joylashishida yaqin masofada tartibning mavjudligidir. Amorf moddalar ham molekula yoki atomlarning zich joylashuvi bilan xarakterlanadi Ammo bu zichlik kristall jinslar zichligidan kichikdir. Polimeralar 2 xil fazaviy xolatda: kristall va amorf xolatlarda bo’ladilar.
Quyi molekulyar massali birikmalar 3 xil agregat xolatda bo’ladilar: gazsimon suyuq va qattiq. Bu xolatlar atom va molekulyar joylashish zichligida, xarakatlanish xarakterida va mexanik ta’sir natijasida uzini tutishi bilan farqlanadi. Qattiq agregat xolatga kristall va amorf fazoviy xolatlar mos tushadi. Qattiq amorf jismlar shishasimon jismlar deb ataladi. Polimerlarning suyuq agregat xolatiga qovushqoq oquvchan xolat deb ataladi.
Yuqori qaytar deformatsiya xarakterli bo’lgan polimerning holati yuqori elastik xolat deyiladi. Shishasimon, yuqori elastik va qovushqoq, oquvchan xolatlar polimerlarning fizik xolatlari deyiladi. Suyuq polimerlarning qattiq shishasimon xolatga o’tish temperaturasi shishalanish temperaturasi deyiladi. Polimerda sezilarli qovushkoq oquvchanlik deformatsiyasi uchraydigan temperatura okuvchanlik temperaturasi deyiladi.
Fazaviyutishlar Bir fazoviy holatdan 2-fazoviy holatga o’tishi fazaviy
o’tishlar deyiladi. Bu o’tishlar molekulaning joylanishini o’zgarishi bilan va moddaning termodinamika xossalari uzgarishi bilan bog’liq. Birinchi va ikkinchi turdagi fazaviy utishlarni farklashadi.
Birinchiturdagi fazaviy utish ichki energiyani, xajmni, entropiyani o’zgarishi bilan sodir bo’lib unda issiqlik effekti kuzatiladi.
Ikkinchiturdagi fazaviy utish ichki energiyani, entalpiyani, xajmni va temperaturaning uzluksiz o’zgarishi bilan sodir bulib, issiqlik yutilmaydi ham, ajralib chiqmaydi ham. Ammo erkin energiyani bosim va temperatura buyicha 2-xosilalari sakrab o’zgaradi. Demak, moddaning issiklik sigimi, xajm kengayishining issiqlik koeffitsienti va izotermik siqiluvchanlik kabi xossalari sakrab o’zgaradi.
Kristallanish bu birinchi turdagi fazaviy o’tish bo’lib makromo- lekulalarning joylashish tartibini va ularni termodinamik xossala-rini uzgarishi bilan xarakterlarni, issiqlik effekti bilan sodir buladi. Shishalanish yuqori elastik holatdan shishasimon holatga o’tish bo’lib fazaviy o’tish emasdir.