Lizosomalar morfologik tuzilishi va vazifalariga ko‘ra necha xil bo‘ladi?Hujayraning ichki ovqat hazm qilishda lizosomalarning o‘rni qanday? Morfologik jixatdan har xil bo‘lgan lizosomalar ichida 4 tip farqlanadi: 1 lamchi lizosomalar, 2lamchi lizosomalar, autofagosomalar, qoldiq tanachalar. 1lmchi lizosomalar Mayda 100nmlik vakuolalar bo‘lib,ichi fosfataza fermentiga to‘lgan bo‘ladi. Bu ferment granulyar endopalazmatik to‘rda sintezlanib, diktiosomalarning proksimal qismiga o‘tadi va u erdagi mayda vakuolalar tarkibiga kiradi va 1 lamchi lizosomalarlarni xosil qiladi. Keyinchalik 1 lamchi lizosomalarlar fagotsitar yoki pinotsitoz vakuolasi bilan qo‘shilib 2 lamchi lizosomalar ni yoki hujayra ichi hazm qilish vakuolasini xosil qiladi. Bunda 1lamchi lizosomalar ichidagi fermentlar aktivlashib vakuol ichidagi mahsulotni parchalay boshlaydi. Vakuolaralning kattaligiga qarab 2 lamchi lizosomalar turli xajmda bo‘ladi. Lizosomalar bir-biri bilan qo‘shilish xususiyatiga ega. lizosomalarlarga tushgan biogen moddalar monomerlargacha parchalanib gialoplazmaga chiqariladi va u erdan hujayraning turli joylariga tashiladi. Lizosomalar lar aktiv faoliyatini amalga oshiruvchi mexanizm mavjudligi haqida fanda quyidagi gipoteza mavjud: lizosomalarning hujayraichida aktiv xarakatini ta’minlovchi retseptorlar vazifasini membranasining tashqi yuzasidagi izofermentlar bajaradi. Lizosomalar ning hujayra ichidagi xarakatida mikronaychalar ishtirok etadi deb taxmin qilinadi, chunki maxsus ingibitorlar ta’sirida mikronaychalar parchalansa, lizosomalarning xarakati to‘xtaydi. Fagolizosoma ichidagi maxsulotlar parchalangandan keyin u yana 2 lamchi lizosomaga aylanadi va yana bir necha marta boshqa fagosomalar bilan qo‘shiladi. Lekin parchalanish jarayonlari ba’zi lizosomalarlarda oxirigacha bormaydi, bunda xazm bo‘lmagan qoldiqlar lizosomalarning ichida qolib qoldiq tanachalarni- telolizosomalarga aylanadi. Qoldiq tanachalarda fermentlar kam bo‘lib ularda moddalar qayta tuziladi, zichlashadi. Ko‘pincha qoldiq tanachalarda turli lipidlar yig‘ilib ko‘p qavatlilikni xosil qiladi. Lizosomalar lar deyarli barcha eukariot hujayralarda uchraydi , lekin uning uchrash chastotasi hamma hujayralar uchun turlichadir. Hayvon hujayralarida lizosomalarlar ko‘proq rearbsorbsiya va oqsil maxsulotlarini parchalash jarayonlari boradigan hujayralarda: makrofaglar, leykotsitlar, jigan va buyrakda uchraydi. Leykotsitdarda (immun hujayralar) passiv xolatda hujayra sitoplazmasida 1 lamchi lizosomalar suzib yuradi. Leykotsit hujayrasi biror bakteriyani fagotsitoz yo‘l bilan yutishi zaxotiyoq 1 lamchi lizosomalarlar tezda ichidagi fermentlarini fagotsitar vakuolaga to‘kadilar va 2 lamchi lizosomalarni xosil qiladilar. Demak lizosomalar lar adaptiv immunitet xosil qilishda ishtirok etadi
127. Prokariot hujayralarning fotosintezlovchi tuzilmalarinig tuzilishi.
128.Nima uchun Plastidalar - hujayraning yarim avtonom strukturalari deb ataladi?Ular nimalar va farqlarini tushuntiring.
129.Qizil qon tanachalari ularning vazifasi va hosil bo`lish mexanizmi.
130.Nerv tolalari.Nerv uchlari.Harakat (effektor) nerv uchlari. Sezuvchi (retseptor) nerv uchlari. Nerv tolalari — nerv hujayralarining oʻsiqchalari. Markaziy nerv sistemasidan aʼzo va toʻqimalarga hamda aʼzo va toʻqimalardan ularni innervatsiya qiladigan markazga impuls oʻtkazadi. Nerv tolalari nervlar tarkibiga kirib, sezuvchan va harakatlanuvchan nerv oxirlarini hosil qiladi. Nevrologiya hujayralaridan hosil boʻlgan pardalarning tuzilishiga qarab miye-linli va miyelinsiz Nerv tolalari boʻladi. Nerv tolalari pardasi trofik va himoya rolini oʻynaydi, nerv impulyelarini alohida-alohida oʻtkazish uchun sharoit yara-tadi. Nerv qoʻzgʻalishining Nerv tolalari boʻylab tarqalish tezligi tolalarning yoʻgʻon-ingichkaligiga, miyelinli pardaning rivojlanganlik darajasiga, shuningdek, uning mikrostrukturasi va biokimyoviy xususiyatlariga bogʻliq.[1] Barcha nerv hujayrasi tolachalarining uchi o’ziga xos tuzilishga ega bo’lgan strukturalar bilan tugallanadi. Bunga nerv oxirlari deyiladi. Bajaradigan vazifasi va morfologik tuzilishiga qarab nerv oxirlari uch xil bo’ladi: 1. Harakat (effektor) nerv oxirlari; 2. Sezuvchi nerv oxirlari (retseptorlar); 3. Neyronlararo sinapslar.