Sezuvchi (retseptor) nerv uchlari? retseptorlar uchraydi. Masalan, issiq-sovuqni sezadigan retseptorlar (termoretseptorlar), baroretseptorlar (bosimni sezadigan), xemoretseptorlar (kimyoviy ta’simi sezadigan), mexanoretseptorlar (mexanik ta’sirni sezadigan) va hokazo. Og'riqni sezuvchi retseptorlar ham shular jumlasiga kiradi. Ular og'riqni sezib, alohida ingichka mielinsiz nerv tolalari orqali impulsni MNS ga uzatadi. Sezuvchi nerv uchlari morfologik tuzilishiga ko'ra ikkita katta guruhga bo'linadi: 1) erkin sezuvchi nerv uchlari. Bunda o'q silindr nerv uchlarining tarmoqlari bevosita innervatsiya qilishi kerak bo'lgan to'qima hujayralari orasida yotadi (masalan, Merkel hujayralari, quyiga qarang); 2) erkin bo'lmagan sezuvchi nerv uchlari. Bunga nerv tolalarining hamma komponentlari, ya’ni o'q silindr tarmoqlari, ta’sirni qabul qilishga moslashgan gliya va epiteliy hujayralari kiradi. Erkin bulmagan nerv uchlari, bundan tashqari, biriktiruvchi to'qimadan iborat kapsula bilan o'ralgan-o'ralmaganligiga qarab ham ikkiga bo'linadi: 1) kapsulaga o'ralgan nerv uchlari. Bunda nerv uchlari 242 biriktiruvchi to'qimadan iborat kapsulaga o'ralgan bo’ladi; 2) kapsulaga o ‘ralmagan nerv uchlari-kapsulasi bo’lmaydi. Undan tashqari lizosomalarlar hujayraichi maxsulotlarini o‘zgartirishda ishtirok etadi. Qalqonsimon bez hujayralaridagi endopalazmatik to‘r da tiroglobulin oqsili sintezlanadi. Tiroglobulin GA yordamida qalqonsimon bez follikulalariga chiqariladi. Bu erda gormonal stimulyasiyaga uchrab qaytib pinotsitoz yo‘l bilan bez hujayrasiga tushadi. Pinotsitoz vakuolasi 1 lamchi lizosomalar bilan qo‘shilib uning fermentlari tiroglobulinni qisman gidrolizlaydi va tiroksinga aylantiradi. SHundan so‘ng gormon qonga chiqadi. Autolizosomalar(autofagosoma) morfologik jixatdan 2 lamchi lizosomalar. Tarkibida sitoplazmaning ayrim fragmentlari, ba’zan esa hujayraning ayrim tuzilmalari: mitoxondriya, plastida, endopalazmatik to‘r, ribosoma. Autolizosomalarning xosil bo‘lish mexanizmi xali oxirigacha o‘rganilmagan, lekin taxmin qilinishicha 1 lamchi lizosomalar xujayra tuzilmalari oldiga kelib, ularni o‘rab bir-biri bilan qo‘shiladilar va tuzilmani pinotsitoz yo‘l bilan qamrab oladilar. Bu jarayon avtofagiya dey. Uning funksional axamiyati shundan iboratki hujayra o‘ziga kerak bo‘lmagan: ishdan chiqqan tuzilmalarni yo‘q qilib ularning o‘rniga yangilarni xosil qiladi. Bu xolda lizosomalar hujayra ichi sanitarlari vazifasini baj. Ularning soni hujayra shikastlanganda oshadi. Ba’zan lizosomalarlar tarkibidagi fermentlar hujayradan chiqariladi. Masalan: rivojlanish davomida tog‘ay to‘qimasining suyakka aylanishida YOki suyak to‘qimasi shikastlanganda osteoblast hujayralarida lizosomalarda maxsus fermentlar sintezlanadi. Hujayralardagi patologik jarayonlarda lizosomalarlarning soni ortadi. Lizosomalarlar hujayraning avtolizida – o‘z-o‘zini emirishida ishtirok etadi. Avtolizga faoliyatini tugatgan kasal hujayralar uchraydi. Avtolizga faqat 1ta hujayra emas butun to‘qimalar xam uchraydi itbaliqning dumi. Lizosomalarning hayvon va o‘simlik hujayralarida keng tarqalgan rekontruksiyalash xususiyati ham katta axamiyatga ega. Organizmlar och qolganda hujayralar o‘z xayot faoliyatini ushlab turish maqsadida endogen yo‘l bilan oziqlana boshlaydilar, bunda lizosomalar sitoplazmadagi turli tuzilmalarni parchalab quyi molekulali moddalarni xosil qiladi. O‘simlik hujayralaridagi autofagiyani urug‘ unib chiqayotganda ko‘rish mumkin: lizosomalar ishtirokida hujayradagi zaxira moddalar parchalanadi. Ko‘pincha lizosomalarlar tarkibidagi biror fermentning etishmasligi mutatsion jarayon bo‘lib odamlarda genetik kasalliklarni keltirib chiqaradi: lizosomalarlar ichida ko‘p miqdorda xazm bo‘lmagan moddalar to‘planib boraverib oxirida bu oraganizmning o‘limiga olib keladi. Lizosomalarlarni o‘rganish borasida katta yutuqlarga erishilganligiga qaramay eukariot hujayra uchun muxim axamiyatga ega bo‘lgan bu tuzilmaning analizi xali boshlang‘ich etaplarda turibdi.