123. Xivchinlar va kiprikchalar bazal tanachasi, ularningultrastrukturasi va kelib chiqishi qanday? Turli organizmlarning hujayralari harakat a'zolariga –xivchin va kiprikchalarga ega. Sitoplazmada kiprikcha va xivchinlar asosida mayda granula-bazal tanachalarni ko'rish mumkin.Kiprikcha sitoplazmaning uzun silindrsimon o'simtasi bo'lib, tashqi tomondan plazmatik membrana bilan o'ralgan. O'simta ichida aksonema joylashib mikronaychalardan tuzilgan bo'ladi.Bazal tanacha tuzilishi jihatidan sentriolga o'xshash bo'lib, mikronaychalarning 9 ta tripletidan, dastachalar, vtulka(silindrcha) va naylardan tuzilgan. Ko'pincha kiprikchalar asosida ikkita bazal tanacha yotadi.Bazal plazmatik membrananing maxsus tuzilmalari. Ko`pchilik epiteliy hujayralarning bazal plazmatik membranasi tekis. Lekin suv va ionlarning transportida ishtirok etuvchi hujayralarning bazal plazmatik membranalari tekis bo`lman, ko`pgina burmalar hosil qiladi. Burmalarning kattaligi bir-biridan farq qiladi. Masalan, ko`zning oldingi kamerasi hujayralari, miyaning xorioidal chigali hujayralaridagi burmalar son jihatidan kam va yuza joylashgan bo`ladi. Lekin buyrak nefronining proksimal, distal qismlaridagi, bezlarning so`lak chiqaruv naylaridagi hujayralar natriy ionini kontsentratsiyasi yuqori bo`lgan muhitga haydagani uchun bazal plazmatik membrana burmasi kuchli rivojlangan. Bazal plazmatik membrana burmasi orasida yirik mitoxondriyalar bor. Bioximiyaviy va sitoximiyaviy tadqiqotlar natijasida ionlarning aktiv transportida (harakatida) ishtirok etuvchi natriy va kaliy bilan aktivlanuvchi adenozintrifosfatazaning Na+ - K ATF-aza) bazal plazmatik membranada joylashishi aniqlandi.
124. Organizm ekologik muhitga moslanishi. Hujayra o‘zini qayta tiklash usullari. Hujayra evolyusiyasi Er yuzida prokariot hujayralar 1 — 1.4 mlrd yil oldin paydo bo‘lgan bo‘lib. eukariot hujayralar ulardan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. Hozirgi vaqtda eukariot hujayralarning kelib chpqishi xaqida 2 xil gipoteza mavjud; Simbiotik gipoteza — unga asosan o‘z genomiga ega bo‘lgan mitoxondriya va plastidalar prokariot simbiont hujayralardan kelib chiqqan. Bu gipotezaga ko‘ra birlamchi xo‘jayin hujayrasi anaerob sharoitda yashagan va amyobasimon xarakatlangan. Mitoxondriya va xivchinlar hujayrada simbioz xolda yashagan va ma’lum o‘zgarishlarga uchragan simbiontlar — aerob prokariotlar va spiroxetega o‘xshagan bakteriyalardan kelib chiqqan. Xloroplastlar esa simbiont ko‘k — yashil suvo‘tlaridan kelib chiqqan. Evolyusiya jarayonida sentriolalarning tuzilishiga yaqin bo‘lgan bazal tanachali xivchinlarning paydo bo‘lishi katga ahamiyatga ega bo‘lgan. Hujayradagi patologik jarayon salbiy faktor olib tashlanganda to‘xtashi mumkin. Agar o‘zgarishlar uzoqqa bormagan va yadrogacha etib bormagan bo‘lsa. Bu xolda hujayra o‘z xoliga qaytib funksiyasini tiklaydi. Masalan: mitoxondriyalarning shishishi va ER ning fragmentatsiyasi qaytar jarayon. Hujayralaning reparatsiyasi(tiklanishi) to‘liq yoki qisman bo‘ladi. Qisman reparatsiyada hujayra tiklanadi bir oz vaqt faoliyat ko‘rsatadi lekin vaqt o‘tishi bilan nobud bo‘ladi. Bu xolat yadroda qaytmas jarayonlar boshlanganligi tufayli sodir bo‘ladi. Masalan: infuzoriyalarni ultrabinafsha nurlari bilan nurlantirganda biroz vaqtdan so‘ng ular o‘ziga kelib xarakati tiklangan lekin yadro tuzilmalai shikastlanganligi tufayli ular baribir nobud bo‘lgan. Qaytmas jarayonlar natijasi hujayra o‘limidir. Hujayra o‘limi katta jarayon. Hujayra ichidagi gidrolitik fermentlar aktivlashib gialoplazmadagi oqsillarni, lipidlarni yemiradi natijada hujayra ichi membranalari yemiriladi shu jumladan lizosomalar membranalari ham. Bu esa hujayra avtoliziga olib keladi. Hujayradagi patologik xolatlarga regulyatorlik jarayonlarining buzilishi ham kiradi. Bu esa almashinuv jarayonlarinig buzilishi va turli moddalarning to‘dalanishiga sababbo‘ladi. Patologik anatomiyada bu xolat distrofiya deyaladi. YOg‘ distrofiyasida yog‘ kiritmalari tomchilar ko‘rinishida to‘dalanadi. Hujayralar yog‘larni yutib ularni utilizatsiya qilolmaganidan yog‘lar sitoplazmada to‘planadi. Parchalvchi fermentlar etishmasligi natijasida glikogen ko‘p miqdorda to‘planadi. SHuningdek hayvon hralarida pigmentlar to‘dalanadi. Regulyasiya jarayonlari patologiyasining bir ko‘rinishi differensiyasiya jarayonining buzilishi natijasida shishi hujayralarining hosil bo‘lishidir. SHish hujayralarining asosiy xususiyati- doim to‘xtamay bo‘linishi, differensiatsiyalanmasligi, organizm boshqaruvidan chiqib ketishi. Sog‘ organizmda hujayralarning hayot faoliyati nerv gumoral yo‘l bilan boshqariladi va hujayralar tepadan keladigan buyruqlarga bo‘ysinadi. SHish hujayralari esa organizm tomonidan beradigan buyruqlarga bo‘ysinmasligi bilan xarakterlanadi. Sog‘ organizm bu hujayralarni tanib olib ularni o‘ldiradi lekin immuniteti sust organizm ular bilan kurasha olmaydi. 21 asrda odam o‘limiga olib keladigan asosiy kasalliklar qatoriga yurak tomir kasalliklari va rakdir. Saraton kasalliklariga olib keladigan faktorlarga: tashqi muhitning ifloslanishi, radiatsiya, konseragen moddalari bo‘lgan oziq moddalarni iste’mol qilish, kam xarakat qilish,asabiylashish kiradi.Normal hujayraning shish hujayrasiga aylanishini 2 bosqichi bor. 1chi bosqichda hujayralar to‘xtovsiz bo‘linadi. Lekin shunchaki bo‘linayotgan hujayralar organizmga xech qanday zarar keltirmaydi asosiy rolni bunda onkogen o‘ynaydi. 2 chi bosqichda hujayralar zararli shaklga kiradi. Bunda hujayralarning o‘sishiga organizmning o‘zi yordam beradi. U ko‘payayotgan hujayralarni asrab har birini kapillyarlar bilan ta’minlab, shish xosil bo‘layotgan joyga yangi sog‘ hujayralarni jalb shishning kengayib o‘sishini ta’minlaydi xuddi o‘zining joniga suyiqasd qilgandek va sekin o‘zini o‘limga olib keladi. Ma’lum bo‘lishicha organizm shish ralarini bitayotgan yara deb qabul qilib ularni hujayralarnio‘stirish orqali tuzatmoqchi bo‘ladi. Nima uchun? Agar qo‘limizni pichoq bilan kesib olsak yara sekin bitib boradi. 1 chi bosqichda qov ivishi uchun qon hujayralari yara ustida to‘plana boshlaydi. Makrofaglar,trombotsitlar o‘zlaridan sitokinlarni-hujayra bo‘linishini boshqaruvchi oqsillarni ishlab chiqara boshlaydi. Sitokinlar hujayraning bo‘linishini chaqirib yaraning ochiq joyi yangi hujayralar bilan to‘la boshlaydi. Qonning ivishida signal bo‘lib yara yuzasidagi shikastlangan yoki o‘lik hujayralar xizmat qiladi.(probirkadagi qon shisha idish bilan aloqada bo‘lgani uchun iviydi). Biz pichoq bilan o‘ldirgan yara ustidagi hujayralar jim turmaydi.Ular o‘zidan o‘sish faktori bo‘lgan sitokinlarni ajratib yoniga hujayralar migratsiya qilishi uchun signal beradi. Buning natijasida hujayralararo bo‘shlig‘i limfa bilan to‘lib u erga yarani ishtirok etuvchi limfotsitlar va boshqa hujayralar to‘planadi. Demak hujayralar bo‘linishi uchun signal bo‘lib yara ustidagi o‘layotgan hujayralar xizmat qiladi. Bu hujayralar nekroz usuli bilan o‘ladi.