Bazaviy psixologik tayyorgarlik
Bazaviy psixologik tayyorgarlik quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. Muhim psixologik funksiyalar va sifatlar: e’tibor, tasavvur, fikrlashni his qilish, xotira qobiliyatini rivojlantirish.
2. Professional jihatdan muhim qobiliyatlar: koordinatsiya, musiqiylik, emotsionallik, shuningdek o‘z xatti harakatlarini tahlil qilish xususiyatini rivojlantirish.
3. Ahamiyatli ma’naviy axloqiy va irodaga oid sifatlar: sportga muhabbat, maqsadga intilish, intizomlilik, qat’iyat, mustaqillik va tashabbuskorlikni shakllantirish.
4. Psixologik ta’lim, ya’ni inson psixikasi, ruxiy holatlari, kerakli holatini shakllantirish usullari va salbiy holatlarini engib o‘tish uslublari haqidagi maxsus bilimlar tizimini shakllantirish.
5. Psixik holatlarni boshqarish, chiqish oldidan e’tiborini jamlash, chiqish paytida barcha kuchlarni ishga solish, salbiy ta’sirlarga qarshi turish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Gimnastika mashqlarini bajarish uchun zarur psixologik funksiya va sifatlarni rivojlantirish, intelektual tayyorgarlik, motivatsion irodali tayyorgarlik va ma’naviy ahloqiy tarbiya butun pedagogik jarayonning tarkibiy qismi bo‘lib, gimnastikachilarning butun sport tayyorgarligi davomida amalga oshiriladi. Bularning vositasi sifatida istalgan o‘quv mashq vazifalari, uslublari sifatida esa tushuntirish, ko‘ndirish, shaxsiy namuna, rag‘batlantirish va jazolash hamda boshqalardan foydalanish mumkin.
Psixologik ta’lim va ruxiy holatlarni boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish, e’tiborini jamlash, barcha kuchlarni ishga solish, salbiy ta’sirlarga qarshi tura olish ko‘nikmalarni shakllantirish maxsus malaka talab qiladi va maxsus nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlar paytida hosil qilinadi.
Shu paytgacha startoldi holatlarini uch asosiy turi aniqlangan:
1. Jangovor tayyorgarlik holati, qaysiki o‘z kuchiga ishonch, g‘ayrat kuchaytirishi, serquvvatlik, sport kurashiga chanqoqlik bilan xarakterlanadi.
2. Sport zo‘riqishi holati, qaysiki haddan tashqari qo‘zg‘alishi, xavotir va xattoki, sportchini tushkunlikka tushirib, bo‘shashib qolishiga olib keluvchi qo‘rquv bilan farqlanadi.
3. Sport apatiyasi holati, bunda kuchlarning qolmasligi, bo‘shashganlik va xatto uyqusirash, chiqish qilishni xohlamaslik, befarqlik, o‘ziga ishonmaslik, tushkunlikka tushish kuzatiladi.
Eng maqbul emotsional holatni shakllantirish uchun musobaqalar oldidan quyidagilar katta ahamiyat kasb etadi:
1.Dastlabki mashq faoliyati sifati.
2.Vazifaning to‘g‘ri qo‘yilganligi.
3.So‘nggi mashqning to‘g‘ri tashkil etilganligi.
4.Musobaqa oldidan o‘tkazilgan suhbat va ruhiy holatni boshqaruvchi mashq.
5. Musobaqalar oldidan to‘yib uxlab olish.
6. Musobaqalashuv kunida to‘g‘ri rejim va bellashuvlarning unumli tashkil etilganligi.
7. Musobaqaga vaqtida etib kelish va startga puxta tayyorgarlik ko‘rish.
8. Startga tayyorgarlik borasidagi individual rejaning borligi.
9. O‘zini chiqishga tayyorlash uslublarini o‘zlashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |