12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. Оng, mа’nаviyat vа ruhiyat. 4bilan 8ga qara



Download 0,82 Mb.
bet13/96
Sana19.08.2021
Hajmi0,82 Mb.
#151352
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   96
Bog'liq
falsafa

10.Еvrоpаdаgi Yangi dаvr fаlsаfаsi.

Yangi davr falsafasining tabiiy-ilmiy asoslari. XVIII asrdan boshlab tabiatshunoslik jadal sur’atlarda rivojlanadi. Dengizlarda kemalarning yurish ehtiyojlari astronomiyaning rivojlanishini, shaharsozlik, kemasozlik, harbiy ish – matematika va mexanikaning rivojlanishini belgilaydi. Yangi fan avvalo moddiy ishlab chiqarish amaliyotiga: to’qimachilik sanoatida mashinalar ixtiro qilinishiga, ko’mir va metallurgiya sanoatida ishlab chiqarish qurollarining takomillashuviga tayanadi. E.Torrichelli havo bosimi mavjudligini eksperimental yo’l bilan aniqladi, simobli barometr va havo nasosini ixtiro qildi. I.Nyuton mexanikaning asosiy qonunlarini, shu jumladan butun olam tortishish qonunini ta’rifladi. R.Boyl kimyoda mexanikani qo’lladi, kimyoviy element tushunchasini ishlab chiqdi. Ingliz fizigi U.Gilbert magnit xossalarini va uning amalda qo’llanilishini o’rgandi. V.Garvey qon aylanishini kashf etdi va uning rolini empirik usulda tadqiq etdi. R.Dekart va G.Leybnis matematika, mexanika, fizika va fiziologiyaning rivojlanishiga ulkan hissa qo’shdi. Ijtimoiy fanlarda tabiiy huquq nazariyasi ishlab chiqildi (Angliyada T.Gobbs, Gollandiyada G.Grosiy).


Fanning bunday rivojlanishi o’z davrining falsafasiga ham ta’sir ko’rsatmay qolmadi. Falsafada sxolastika va dindan uzil-kesil ajralish yuz berdi: diniy aqidalarning hukmronligiga, cherkovning ta’siri va tazyiqiga qarshi kurashda aqlning har narsaga qodirligi va ilmiy tadqiqotning cheksiz imkoniyatlari haqidagi ta’limot vujudga keldi.

Yangi davr falsafasiga avvalo tabiatshunoslikdan kelib chiqadigan kuchli materialistik tendensiya xos.

XVII asrda Yevropaning yirik faylasuflari qatoriga F.Bekon, T.Gobbs va J.Lokk (Angliya), R.Dekart (Fransiya), B.Spinoza (Gollandiya), G.Leybnis (Germaniya) kiradi.

Yangi davr G’arb va Sharq falsafasidagi asosiy muammolar (ontologiya va gnoseologiya). Yangi davr, avvalo XVII asr falsafasida ontologiya, ya’ni borliq va substansiya haqidagi ta’limotga katta e’tibor beriladi (ayniqsa harakat, makon va zamon to’g’risida so’z yuritilganda).

Fan va falsafaning vazifasi – insonning tabiat ustidan hukmronligini kuchaytirishga, inson sog’lig’i va go’zalligiga ko’maklashish hodisalarning sabablarini, ularning muhim kuchlarini o’rganish zarurligi anglab yetilishiga olib kelgan. Shu sababli substansiya va uning xossalari muammolari Yangi davrning deyarli barcha faylasuflarini qiziqtirgan.

Bu davr falsafasida «substansiya» tushunchasini tavsiflashga nisbatan ikki xil yondashuv paydo bo’lgan: birinchi yondashuv substansiyani borliqning chegaraviy asosi sifatida ontologik tushunish bilan, ikkinchi yondashuv – «substansiya» tushunchasini, uning ilmiy bilim uchun zarurligini gnoseologik jihatdan anglab yetish bilan bog’liq.

Birinchi yondashuv asoschisi – ingliz faylasufi Frensis Bekon (1561-1626) substansiya shakllarining xususiyatlariga tavsif bergan va substansiyani muayyan narsalar shakli bilan ayniylashtirgan. Uning fikricha, materiya sariqlik, moviylik, qoramtirlik, iliqlik, og’irlik va boshqa shunga o’xshash xossalarga ega. Bular materiyaning eng sodda xususiyatlaridir. Bu xossalarning turli birikmalaridan tabiatning rang-barang narsalari vujudga keladi.

Materiyaning sifat jihatidan har xilligi haqidagi ta’limotni F.Bekon o’zining shakl va harakat haqidagi ta’limoti bilan quvvatlagan. Uning talqinida shakl – bu narsaga xos bo’lgan xususiyatning moddiy mohiyati. U Platon va Aristotelning shakl haqidagi mushohadalari bilan bahsga kirishadi. Bekon fikriga ko’ra, shakl – jismni tashkil etuvchi moddiy zarralar harakatining turi. Ammo bu zarralar atomlar emas. F.Bekon qadimgi faylasuflarning materiyaning atomistik tuzilishi haqidagi ta’limotiga, ayniqsa bo’shliqning mavjudligi haqidagi ta’limotga salbiy yondashadi. U makonni bo’shliq deb hisoblamagan: Bekon uchun makon materiyaning doimiy o’rni bilan bog’liq bo’lgan.

Shunday qilib, butun tabiat u Xudo bo’lgani uchungina emas, balki unga fikrlash xos bo’lgani uchun ham jonli hisoblanadi. Spinoza butun tabiatni jonlantirib, shu tariqa gilozoist-faylasuf sifatida ham namoyon bo’ladi.

U moddiy substansiya atributlari ham materiya kabi abadiydir: ular hyech qachon vujudga kelmaydi va yo’q bo’lmaydi deb hisoblagan. Faylasuf substansiyaning konkret holatlari – moduslarga ko’p e’tibor beradi. U moduslarni ikki guruhga ajratadi: abadiy, cheksiz moduslar va muvaqqat, chekli moduslar. Cheksiz moduslar substansiya atributlari – fikrlash va ko’lamlilik bilan, chekli moduslar esa - qolgan barcha narsalar va hodisalar bilan belgilanadi.

Spinoza harakat hyech qanday ilohiy turtki mahsuli emasligini isbotlashga harakat qiladi. Uning fikricha, tabiat «o’z-o’zining sababi» bo’lib, harakat uning mohiyati va manbai hisoblanadi. Ammo harakat Spinozada atribut emas, balki modusdir. Bunda harakat muayyan narsalarda kuzatiladi, substansiya esa harakatlanish va o’zgarish qobiliyatidan mahrum va vaqtga mutlaqo bog’liq emas.

Ayni vaqtda Spinoza – izchil determinist. U hodisalarning yuz berishi, mavjudligi va yo’q bo’lishi zamirida obyektiv sabablar yotadi, deb hisoblagan. Uning fikricha, sababiyat ikki xil: ichki (immanent) va tashqi (mexanik) bo’ladi. Ichki sababiyat substansiyaga, tashqi sababiyat – moduslarga xos. Spinoza sababiy bog’lanishlarnigina emas, balki tasodif, zaruriyat va erkinlik munosabatlarini ham determinizm nuqtai nazaridan o’rganadi. O’zining «Etika» asarida u tasodifni zaruriyat bilan bir qatorda mavjud bo’lgan obyektiv hodisa sifatida e’tirof etadi.

Spinoza ilgari surgan g’oyalar o’sha davrda fanda hukm surgan teleologizm (tabiatda Xudo ato etgan maqsadga muvofiqlik)ga qarshi qaratilgan.

Nemis olimi va faylasufi Gotfrid Vilgelm Leybnis (1646-1716) Spinozaning substansiya tushunchasiga faol kuch yoki «tashabbuskorlik» tamoyilini qo’shimcha qilgan. O’zining «Monadologiya» asarida u moddiy hodisalarni bo’linmas, sodda ma’naviy birliklar – monadalarning namoyon bo’lishi deb e’lon qilgan. Bo’linmas monada ko’lamlilik xususiyatiga ega emas va makonda joylashmaydi, chunki makon cheksiz darajada bo’linuvchandir. Monada – faol kuchning nomoddiy, ma’naviy markazi. Monadalar umrboqiy va yo’q bo’lmasdir, ular tabiiy yo’l bilan vujudga kelishi yoki halok bo’lishi mumkin emas. Ular tashqi ta’sir ostida ham o’zgarmaydi. Har qanday ayrim monada – bu jon va tananing birligi. Monada ma’naviy mohiyatining sirtdagi ifodasi sondir.

Faoliyat, harakat – monadaning xossasi. Tabiatni mexanika qonunlari bilangina tushuntirish mumkin emas, maqsad tushunchasini ham kiritish lozim, deb hisoblaydi Leybnis. Uning fikricha, har bir monada o’zining barcha harakatlari asosi va ayni vaqtda ularning maqsadidir. Jon – jismning maqsadi, ya’ni u erishishga harakat qiluvchi mo’ljal.

Leybnis monadalarni uch toifaga ajratadi: hayot monadalari, jon monadalari va ruh monadalari. Shundan kelib chiqib u barcha murakkab substansiyalarni uch guruhga ajratadi: hayot monadalaridan noorganik tabiat vujudga keladi; jon monadalaridan hayvonlar yaraladi; ruh monadalaridan odamlar bino bo’ladi.

Substansiya tushunchasini tahlil qilishga nisbatan gnoseologik yondashuvga ingliz faylasufi Jon Lokk (1632-1704) asos solgan. U g’oyalar va tushunchalarning manbai tashqi dunyo, moddiy narsalardir, degan tezisni isbotlashga harakat qilgan. Uning fikricha, moddiy jismlarga sof miqdor xususiyatlarigina xos. Materiya sifat jihatidan rang-barang emas: moddiy jismlar bir-biridan kattaligi, shakl-shamoyili, harakati va osoyishtaligi bilangina ajralib turadi. Bular – «birlamchi sifatlar». «Ikkilamchi sifatlar» - bu hid, ovoz, rang, ta’m. Ular narsalar bilan uzviy bo’lib tuyuladi, lekin amalda bunday emas: narsalarda bunday sifatlar yo’q. Ular, Lokk fikriga ko’ra, subyektda «birlamchi sifatlar» ta’sirida vujudga keladi.


Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish