1. Qirqquloqlar
2. Qirqbo`g`inlar
3. Plaunlar
Qirqquloqsimonlarning turlari 8000 dan oshadi. Qirqquloqlar yer sharining cho`l zonasidan tashqari hamma yerida tarqalgan. Havosi nam bo`lgan joylarda , o`rmonlarda, ba`zilari tog`li joylarda o`sadi. Ba`zi qirqquloqlar madaniy o`simliklar orasida begona o`t sifatida uchraydi. Mas : Gruziyada choy plantatsiyasida orlyak deb atalgan qirqquloq uchraydi. Uning bargi shu darjada katta bo`ladiki, odam ko`rpa o`rnida yopib yotsa bo`ladi.
Qirqquloqlarning urug`langan tuxum hujayrasidan vujudga kelganva rivojlangan sporafit moxlarnikiga nisbatan ancha yirik, tashqi va ichki tuzilishi ham murakkab bo`lib, unda barg, poya va ildiz bo`ladi. Ba`zi qirqquloqlarning sporafiti ancha yirik bo`lib, tashqi ko`rinishidan gulli o`simliklarga o`xshaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |