12-mavzu: Yaponiya sotsiolingvistikasi Reja


Erkak va ayollar nutqining farqlari



Download 36,87 Kb.
bet8/11
Sana23.01.2022
Hajmi36,87 Kb.
#404060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
15-ma'ruza

8.4.1 .Erkak va ayollar nutqining farqlari

Yapon tili nafaqat hududiy va, ijtimoiy variantlardan, balki erkak va ayolga xos variantlardan tarkib topganligi bilan ham o‘ziga xosdir. Yapon tilida erkak va ayollaming nutqiy muomalasi bir-biridan keskin farq qiladi. Erkakning “ayolcha” gapirishi yoki, aksincha, ayolning “erkakcha” gapirishi kulgili holatlami keltirib chiqaradi.

Yapon adabiy tilidagi erkak va ayol variantlarmmg farqi til tizimining barcha sathlarida namoyon bo‘ladi. Fonemalar va ularning moslashuvidagina bir xillik mavjud bo‘lib, ularning urg‘usida farqlanish ko‘zga tashlana boshlaydi. Ayniqsa, grammatika va leksika sathida ikki variantning bir-biridan ajralishi ko‘proq kuzatiladi. Masalan, 1-shaxs va 2- shaxs kishilik olmoshlari misolida (3-shaxsda alohida farq kuzatilmaydi), faqat 1-shaxsning eng takallufli vatakusi shakli erkak va ayollar tomonidan birday qoilaniladi. Erkaklar, asosan, boku (odatda), ore (betakalluf) va vast (betakalluf, hozir eskirgan); ayollar - atasi (betakalluf) va atakusi (takallufli, eskirib borayotgan) kishilik olmoshlarini ishlatishadi. Vatasi olmoshi erkaklar tomonidan ham, ayollar tomonidan ham qoilaniladi, biroq ayollar uchun standart, erkaklar uchun takallufli (vatakusi ga nisbatan), shuningdek, katta yoshdagilarga xos olmosh sanaladi.

Grammatik farqliliklar orasida gap oxirida keladigan modal- ekspressiv yuklamalar ko‘proq ajralib turadi. Yapon tiliga iltimos, murojaat, tasdiq va h.k. ma’nolami hamda so‘zlovchining u yoki bu turdagi hissiyotlarini ifodalagan yuklamalarga boylik xosdir. Bunday yuklamalami boshqa tilga tarjima qilish o‘ta qiyinchilik tug‘diradi. Erkaklar nutqiga: dzo, dze, na:, ya:, ayollar nutqiga: va, no, та:, kasira, ara yuklamalari xosdir. Har ikkala variantdagi yuklamalar chekka hududlarga ko‘ra ham farqlanishi mumkin. Ayrim yuklamalar ma’nosiga ko‘ra farqlanadi: yo yuklamasi erkaklarda betakalluf, ayollarda esa takallufli qoilaniladi. Bunday turdagi farqlar kichik yoshdan boshlab shakllanadi. Ikki yoshli qizcha boshqa grammatik ko‘rsatkichlarga nisbatan avvalo, no ekspressiv yuklamasidan foydalana oladi.

Boshqa grammatik farqliliklar hurmat shakllarini qoliashda namoyon boiadi. Adabiy til me’yorlariga ko‘ra, atoqli otlardagi -кип betakalluf qo‘shimchasini faqat erkaklargina qoilay olishiari mumkin; ayollar bunday vaziyatlarda -san (hurmat darajasiga ko‘ra erkak variantda takalluf, ayol variantda neytrallik ifodalaydi) qo‘shimchasidan foydalanadilar.

Ayollar o‘ta betakalluf, erkaklar esa o‘ta takallufli shakllarni qoilashdan qochishadi. Ayollar buyruq maylining qo‘pol shakllaridan deyarli foydalanishinaydi. “0‘ta takallufli” shakllar ayollar tomonidan erkin, erkaklar tomonidan esa faqat xizmat doirasidagina qoilaniladi. Ayni holat leksikada ham kuzatiladi: xara “qorin” so‘zi erkaklar nutqida, takallufli o-naka so‘zi ayollar nutqida uchraydi. Ogusi (“soch”), oxiya (“sovuq suv”), omiya (“sovg‘a”) ayollar nutqiga xos bo’lgan so'zlar hisoblanadi. Ayollar nutqining aksariyatida grammatik ko‘rsatkichlar, xususan, kelishik qo‘shimchalari va boglovchilar mavjud bo‘lmaydi; erkaklar nutqida bu holat deyarli kuzatilmaydi.

Qayd qilingan barcha farqlar so‘zlashuv tiliga tegishli bo’lib, yozuvda, shuningdek, og'zaki-kitobiy matnlar (teleyangiliklar yoki ma’ruzalar)da yozuvchining yoki so'zlovchining jinsi u qadar aniq namoyon bolmaydi. Semantik nuqtayi nazardan yondasliilganda, Yaponiyada erkaklarning nutqi denotativ, ayollarning nutqi esa konnotativ

xususiyatga egaligi bilan ajraladi.



Download 36,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish