12-mavzu: XVI-XVII asrlarda madaniy va musiqiy hayot



Download 40,56 Kb.
bet3/3
Sana31.12.2021
Hajmi40,56 Kb.
#223748
1   2   3
Bog'liq
12-mavzu.

Darvish Ali Changiy

Darvish Ali Changiy – XVI asr oxiri va XVII asr boshlarida Buxoroda yashab ijod etgan musiqashunos alloma, mohir sozanda va xonanda. Mirzaoliy Changiy oilasida tavallud topgan Darvish Ali o‘z davrining yirik musiqashunosi, ohangsozi, mutribi va shoiri bo‘lib yetishadi. Dastlabki ma’lumotni Buxoro va Samarqand madrasalarida oladi. Juda yoshligidan musiqaga havasmand bo‘lib, qonun, nay, g‘ijjak, ruhafzo va chang kabi musiqa asboblarini chalishni Alido‘sti Nayi, Xoja Ja’fari Qonuniy, Mirmasti, Mavlono Hasan Kavkabiy, Husayn Udiy, Amir Fathi Toshkendiy kabi zabardast ustozlardan o‘rganadi va bu sozlarda xalq kuylarini o‘ziga xos uslubda ijro etib, el orasida katta shuhrat qozonadi.

Darvish Ali Changiy musiqiy merosi o‘sha davrda mavjud Buxoro maqomlarining asl ildizlarini anglab yetish, nazariy masalalarga oydinlik kiritishda butun Markaziy Osiyo xalqlari tarixida katta ahamiyat kasb etadi.

Najmiddin Kavkabiy shogird va izdoshlari qatorida Darvish Ali Changiy alohida mavqega ega. Darvish Ali yigitligida Abdullohxon (uning otasi Iskandarxon davrida), keksaygan paytlarida esa Imomqulixon saroyida xizmat qilgan va ularning har biriga atab   mustaqil risolalar bitgan. Ustozi Kavkabiyga o‘xshab, turli ilm sohalarini o‘zlashtirgan shoir, sozanda, hofiz va olim sifatida shuhrat qozongan. O‘z mavqeiga ko‘ra Darvish Alini islom Sharqining atoqli musiqashunoslari silsilasining so‘nggi namoyandalaridan biri, deyish mumkin. Olimning eng yirik asarlaridan biri “Risolai musiqiy” (“Musiqa risolasi”) an’anaviy parda va usulga oid masalalarnigina yoritib qolmasdan, sozandalar hayoti va ijodiga tegishli tazkiraviy ma’lumotlarni ham o‘z ichiga oladi. Ushbu nuqtai nazardan “Risolai musiqiy” nazariy hamda tarixiy ahamiyatga molik asar hisoblanadi.

Darvesh Alining risolasi ham 12 bobdan iborat bo‘lib, 7-12 boblari o‘tmishida va Darvesh Ali Changiy zamonida yashab ijod etgan xonanda, sozanda va bastakorlar, shoir-u, olimlar hayoti va ijodiga taalluqlidir. Bu yerda musiqa haqida juda katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan dalillar keltirilgan. Bu lavhalar, Mavlono Kavkabiy va boshqa noma’lum mualliflarning asarlarida keltirilgan O‘rta Osiyodagi bastakorlik ijodiyoti va musiqa turi hamda shakllari haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Ushbu risolada kuy va ashulalarning shakli va turlari ancha tushunarli qilib ta’riflangan bo‘lsa-da, ammo XV-XVII asrlarda mavjud asarlarning nota yozuvlaridagi namunasi bo‘lmaganligi sababli ularni aniq tasavvur etish mushkul.

Shunga qaramay, bizgacha yetib kelgan maqomlar namunasi bo‘lmish Shashmaqom vositasi bilan o‘sha davrlardagi risolalarda aks ettirilgan kuylar qiyofasini taxminiy tarzda tasavvur etish mumkin. Darvish Ali Changiyning “Risolai musiqiy” asari, yuqorida aytilganidek, ikki variantda yaratilgan bo‘lib, u mazmun jihatidan ikki qismga bo‘linadi: musiqaning nazariy masalalariga bag‘ishlangan qism va muallif yashagan davrgacha yashagan musiqadon, sozanda va xonandalar tazkirasi.

Asarning ilk varianti 1572-1573 yillarda shayboniy Abdullohxon II ga bag‘ishlangan. Ikkinchi, to‘ldirilgan, qayta ishlangan nashri esa 1611-1642 yillarda xonlik qilgan ashtarxoniy Imomqulixonga atab yozilgan. Birinchi variant muqaddima va besh bobdan iborat. Ikkinchi variant o‘rta asrlarda mashhur bo‘lgan o‘n ikki maqomga atalib, o‘n ikki bobga ko‘paytirilgan. Har ikki variantda muqaddima va avvalgi besh bob bir-biriga juda o‘xshash.

Kavkabiy va Darvesh Ali o‘z risolalarida kuylarning ishlanish uslublari va shakllari haqida ham mulohaza yuritganlar. Bunda kor, qavl, amal, peshrav, savt, naqsh, rixta, saj’, zarbayn kabi atamalar kuy yoki ashulalarning qismlarini, ba’zilari esa kuyning yaratilish uslublarini ifodalab beradi. Kuy kichik bir o‘zgarish kiritilish bilan boshqa shaklga kirib, uning nomlanishi ham o‘zgaradi. Shunday atamalardan biri “kor” deb yuritiladi.



Kor (forscha-ish, yaratish) mualliflar ta’rificha, arab tilidagi she’rlar bilan hafif o‘lchov doira usulida ijro etiladigan ashula yo‘lidir. Ashula boshida mustahall (cholg‘u qism, vokal musiqaning cholg‘u muqaddimasi) muqaddima qilinadi. Korning miyonxona va bozgo‘yi ham bo‘ladi.

Qavl kor shaklining saqil doira usulidagi ritmik variantidir. Ulardagi farq shuki, kor shaklida bo‘lgan miyonxona qavlda ishlatilmaydi va ularning doira usuli turlicha bo‘ladi.

Amal (arabcha-ijodiy asar) ashula shaklida ham baytlardan oldin “mustahall” bo‘ladi. Amal shaklida miyonxona bilan bozgo‘y qismlari bo‘lishi shart. Amalning fazilati shuki, unga har qanday usulni bog‘lash mumkin.

Peshrav (oldinga intilib harakatlanuvchi ohang) amal qoidasi asosida ishlangan kuy shakli bo‘lib, baytsiz (so‘zsiz) ijro etiladi. Peshravda uch sarxona mavjud bo‘lib, birinchi sarxona kuyning past qismida kelsa, miyonxona uning balandi (avji)da bo‘ladi. Peshravdagi birinchi sarxona uch qismdan iborat bo‘lib, ular tarkib, oviza va lozima nomlari bilan yuritiladi.

Oviza (vosita) bir tarkibni boshqa kuy jumlalariga bog‘laydigan vositadir.

Darvesh Alining fikricha, peshrav Amiri Ko‘ragoniy zamonida yuzaga keladi. Amir Temur shoir va musiqachilarni to‘plab, ko‘pgina baytlarga tasniflar bog‘lashni buyurgan edi. Natijada musanniflar (bastakorlar) bir necha tarkiblar bog‘lab, ularga ikki sarxona, miyonxona va bozgo‘y ishladilar.



Savt (tovush, ohang) uch bayt bog‘langan ashula yo‘li bo‘lib, unda mustahall, miyonxona va bozgo‘y bo‘lmayda. Darvesh Alining aytishicha, savt naqshga o‘xshab benaqarot ishlangan bo‘lib, uni naqsh yoki rang, deb nomlash lozim edi. Savt qadim zamonlarda amalning o‘zi bo‘lgan edi.

Rixta (aralashgan, hindlarda ham Rixta nomi bilan mashhur) shakli shuki, bu ashulada baytlar hindcha (urdu tilida) bo‘ladi. Rixta ustida bastakor va mashhur musiqa olimi Xo‘ja Abdulqodir byuirinchi bo‘lib ish olib borgan. Rixta she’rining mazmunida Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) madhi asos qilib olingan.

Saj’ (qofiyalangan proza) she’rdagi tavil baxriga o‘xshab, tarkiblar Amal shaklidagi kabi bir-biri bilan biriktiriladi. Bunda ikki sarxona miyonxona va bozgo‘yi bo‘ladi.

Zarbayn (ikki xil zarbli) shaklida bir amalga ikki turli usul bog‘lanadi. Bunda har bir sarxona ikki usulda, agar bayt bilan o‘qiladigan motivlar bir usulda bo‘lsa, naqarot boshqa usulda bo‘ladi.

Darvesh Ali Changiy o‘zining risolasidagi beshinchi va oltinchi boblarni musiqiy cholg‘ularga bag‘ishlangan. Ba’zi bir ma’lumotlar quyidagicha bayon etilgan: tanbur-qadimiy cholg‘ulardan biri bo‘lib, u-“barcha cholg‘ular ustozidir”, chang (arfa) Zuhra yulduziga bag‘ishlangan, chunki Zuhra yulduzi musiqachilar yetakchisi hisoblangan. Chang 26 ta sim va 7 pardaga ega bo‘lgan. Nay ham qadimiy cholg‘ulardan biri bo‘lib, u qamish yoki qurimagan (daraxt) yog‘ochdan yasalgan. Qonun olti “sozlanish”ga ega. Ud-barcha cholg‘ularning “shoxi” bo‘lib, diapazoni kengligi tufayli eng yaxshi torli cholg‘u hisoblangan. Mazkur cholg‘uning 6 ta ikkilangan ipak tori bo‘lib: birinchisi-xadd, ikkinchisi-zir, uchinchisi-lison, to‘rtinchisi-maslas, beshinchisi-bam, oltinchisi-muxtalif deyilgan.

Darvesh Ali ba’zi cholg‘ular haqida noto‘g‘ri fikrlar ham bildirgan. Masalan, barbat haqida muallif, mazkur cholg‘u qonunning bir turi ekanligini ta’kidlaydi. Darvesh Ali boshqa cholg‘ular haqida ham ma’lumot bergan: rubob-besh torli cholg‘u; qobuz-yaxshi tovushli cholg‘u; g‘ijjak kamon bilan chalingan va hokazo. Ushbu cholg‘ular Darvesh Ali zamonida juda keng qo‘llanilgan. Muallif o‘z asarida tasvirlagan cholg‘ularning ba’zilari kam qo‘llanilgan, ba’zilari esa boshqa yurtlardan kelib qolgan musiqachilarning cholg‘ulari bo‘lib, Darvesh Ali “musiqor” cholg‘usi haqida quyidagicha yozadi: Musiqor (Pak ilohining nayi) - qadimiy cholg‘u bo‘lib, u bosh og‘rig‘ini tuzatar emish; nayi-enban - damli cholg‘u (uning Markaziy Osiyoda qo‘llanilganligi haqida ma’lumot yo‘q); ruxvoza - olti torli chertma cholg‘u, ko‘proq Xitoyda qo‘llaniladi; kungura - besh pardali Hind cholg‘usi; arg‘anun haqida muallif aniq ma’lumot bera olmagan, chunki bu cholg‘u O‘rta Osiyoda ham, Eronda ham hech qachon qo‘llanilmagan.

Shunday qilib, Darvesh Ali sanab o‘tgan 16 ta cholg‘uning 7 tasi o‘sha zamonda keng qo‘llanilgan: tanbur, chang, qonun, ud, rubob, qobuz, g‘ijjak. Mazkur cholg‘ularning keng qo‘llanilganligini risolaning keyingi boblaridan bilish mumkin. Unda Darvesh Ali cholg‘u ijrochilari haqida ma’lumotlar bergan. Ijrochilarning aksariyati Buxoro, Samarqand va Xirotda faoliyat yuritganlar. Ruxvoza, kungura, musiqor kabi cholg‘ularning ijrochilari xususida ma’lumotlar berilmagan, demak XVI-XVII asrlarda Movarounnahrda bu cholg‘ular qo‘llanilmagan.

XVI-XVII asr miniatyuralarida ham ko‘plab cholg‘ular tasvirlarini ko‘rish mumkin. Bu davrda yaratilgan minatyuralar Firdavsiy, Sa’diy, Nizomiy, Dehlaviy, Jomiy asarlari bilan bog‘liq. Masalan, Sa’diyning “Guliston” asari uchun chizilgan miniatyurada (1567) chang, nay va doira ansambli tasvirlangan.

Alloma Darvesh Ali Changiy umrining oxirgi yillari nochor va mushkul ahvolda o‘tdi. Olimga nisbatan bunday munosabat nafis san’atlarga bo‘lgan e’tiborning pasayib ketganligidan dalolat beradi. Darhaqiqat, XVII asr o‘rtalaridan kuchaygan diniy bosim ostida dunyoviy san’atlar, xususan musiqaga bo‘lgan e’tibor ancha zaiflashdi. Shu sababdan Buxoro ziyolilari va san’at ahlining katta guruhi Hindistonga hijrat qilishga majbur bo‘lganligi haqida tarixiy ma’lumotlar mavjud. Hindistonda o‘z vatanini qo‘msab g‘azallar bitgan shoir va sozanda Mutribiy Samarqandiy shular jumlasidandir.



Tayanch so‘zlar: Kavkabiy, musiqiy, ilm, risola, Changiy, Duvozdahmaqom, cholg‘ular.

1 Achariya Brihaspati “Musulmonlar va Hindiston yarim oroli musiqasi”. (Urdu tilidan o’zbek tiliga muxtasar tarjima).Mutarjim Z.Nasullayev. T., 2009.

2 З.М.”Бобурнома”, Тошкент 1989


Download 40,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish