12-mavzu. Urug’li meva bog’larini parvarishlash va hosilni yig’ish bo’yicha texnologik xarita tuzish Ishning maqsadi



Download 22,3 Kb.
bet2/3
Sana04.02.2022
Hajmi22,3 Kb.
#430185
1   2   3
Bog'liq
12-мавзу. Уруғли мева боғларини парваришлаш ва ҳосилни йиғиш бўйича технологик харита тузиш

Asosiy tushunchalar: Meva ekinlari ko’p yillik bo’lib, turiga va naviga qarab har xil muddatlarda hosilga kiradi. Hosilga kirgan bog’larda kuz-qish oylarida tuproqqa asosiy ishlov berish, organik va mineral o’g’itlar solish, yaxob suvi (nam to’plash uchun) berish, kesish va shakl berish kabi tadbirlar amalga oshiriladi. Bahor va yoz oylarida esa bog’lar sug’oriladi qator oralariga ishlov beriladi, o’g’itlanadi, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashiladi, hosil miqdori chamalanadi, terib olinadi, hosilni tovar holiga keltirish, tashish va saqlash kabi tadbirlar amalga oshiriladi.
Bog’larda tuproqqa ishlov berish kuzda, daraxtlarda to’la xazonrezgilik tugagandan so’ng, dalaga mahalliy va mineral o’g’itlar berilgandan so’ng bajariladi. Bog’larda daraxtlarni kesish va shakl berish tur va naviga qarab har xil muddatlarda o’tkaziladi. Masalan: urug’li mevalarda kuzda yoki qish oylarida, danakli mevalarda qattiq sovuqlar o’tgandan so’ng bajariladi. Qish oylarida (yanvar, fevral) nam to’plash va qishki sovuqlardan saqlash uchun bog’lar 1000-1200 m3/ga hisobida ikki martagacha yaxob suvi beriladi.
Mevali daraxtlar ham boshqa ekinlar singari tuproqdan azot, fosfor, kaliy, kalsiy, temir, oltingugurt va magniyni o’zlashtirib oladi. Sug’oriladigan bir gektar bog’dagi Rozmarin belыy nav olmadan 100 t hosil olinganda 848 kg azot, 97 kg fosfor va 480 kg kalsiy sarflanadi. Shu moddalarning bir qismi tuproqqa barglar va o’simliklarning yerga to’kiladigan boshqa qismlari bilan qaytib tushadi, lekin asosiy, ko’p qismi qaytib tushmaydi. Bundan tashqari Respublikamiz yerlari asosan bo’z tuproqli bo’lib, oziq moddalarga unchalik boy emas. Shuning uchun hosilga kirgan bog’larda har yili gektariga o’rtacha 120 kg azot, 90-100 kg fosfor, 50-60 kg kaliy hisobida mineral o’g’it berish tavsiya etiladi.
Mevali bog’larda organik o’g’itlardan go’ng, torf, kompost, kul, ko’kat o’g’itlarni qo’llash mumkin. Lekin, mevali bog’larda asosan go’ng solinadi, gektariga o’rtacha 20-40 tonnagacha, O’zbekistonda ko’kat o’g’it sifatida shabdar, beda, Nikolson no’xati, mosh va boshqa dukkakli o’simliklardan foydalaniladi. Odatda ko’kat o’g’it sifatida ekiladigan ekinlar erta kuzda (sentyabrda) ekiladi. Kelgusi yili gullayotgan davrda ko’k massasi oldin diskli og’ir borona bilan maydalanib, so’ng tuproqqa aralashtirilib haydab yuboriladi. Mevali daraxtlarning yaxshi o’sishi va mo’l hosil berishida bog’ qator orasini ishlashning ahamiyati katta.
Erta bahorda namni saqlash va begona o’tlarni yo’qotish maqsadida bog’ qator oralari 10-12 sm chuqurlikda yumshatiladi. Hosilga kirgan bog’ qator oralari yozda har galgi sug’orishdan keyin 10-12 sm chuqurlikda yumshatib turiladi. Haydalma qatlam ostida berch qatlam hosil bo’lgan hollarda yerni chuqur haydash yo’li bilan bu qatlamni yo’qotish mumkin.
O’zbekistonda yillik o’rtacha yog’in-sochin miqdori 250-450 mm ni tashkil etadi. Bu esa meva daraxtlarining suvga bo’lgan ehtiyojini to’la qondirmaydi. Shuning uchun bog’larni sug’orib yerning daraxt ildizining asosiy qismi joylashgan, ya’ni kamida 1,5-2,0 m chuqurlikkacha bo’lgan qavati yumshatiladi.
Sug’orish normasi va sonini aniqlashda tuproqning nam singdirish qobiliyati, suv o’tkazuvchanligi va kapillyarligini hisobga olish kerak. Bo’z tuproqli yerlarda hosilga kirgan urug’li meva daraxtlarini yer osti suvlarining chuqurligiga qarab, o’suv davrida gektariga 800-1000 m3 hisobidan 3-4 marta sug’orish kerak. Shag’alli tuproqlarda sug’orish normasi 400-600 m3 gacha kamaytiriladi lekin tez-tez sug’orib turish tavsiya etiladi. Yer osti suvlari yuza joylashgan yerlarda 2 marta sug’orish kifoyadir.
Bundan tashqari, mevali bog’larda kasallik va zararkunandalar uchrasa ularga qarshi kurash hamda bahorgi sovuqlardan saqlash chora tadbirlari amalga oshiriladi.
Vazifa:
1. Hosilli urug’li meva ekinlarini o’stirish texnologiyasining xususiyatlarini o’rganish.
2. Olmaning kechpishar Renet Simirenko navini o’stirish va hosilini yig’ish bo’yicha texnologik xarita tuzish. Buning uchun quyidagilar berilgan: hosilli olma maydoni - 50 ga, rejalashtirilgan hosildorlik - 95 s/ga. Olingan ma’lumotlarni 1-jadvalga yozib, maydon va mahsulot birligiga qilingan xarajatlarni hisoblab, 1 s mahsulot tannarxini toping.

Download 22,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish