12. Mavzu: Texnologiya fani darslarida yangi pedagog ik texnologiyalarni qo`llash Reja



Download 80,62 Kb.
bet1/3
Sana18.07.2022
Hajmi80,62 Kb.
#823816
  1   2   3
Bog'liq
12 (1)


12. Mavzu: Texnologiya fani darslarida yangi pedagog ik texnologiyalarni qo`llash

R e j a :
1.’edagogik texnologiya haqida.
2.Kadrlar tayyorlash milliy dasturidagi asosiy vazifa.

Tayanch iboralar: Innavatsiya, pedagog ik texnologiya, dars xaritasi, noan’anaviy o’qitish metodikalari, interaktiv metodlar, yangilik kiritish, pedagog ik jarayon, metod, shakl, vosita.

Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar innovatsion texnologiyalar pedagog ik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo’lishining sabablaridan biri shu vaqtgacha ananaviy talimda o’quvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib to’ishlariga, mustaqil o’rganib tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik funktsiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida o’quvchi-talaba asosiy figuraga aylanadi.


SHuning uchun o’quv yurtlari fakultetlarida malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o’qitish metodlari – interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarning o’rni va roli katta. ‘edtexnologiya va ‘ed mahoratga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o’quvchi-talabalarni bilimli etuk malakaga ega bulishlarini tahminlaydi.
Innovatsiya (inglizcha Innovation) – yangilik kiritish, yangilik demakdir. Innovatsion texnologiyalar pedagog ik jarayon hamda o’qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan intraktiv metodlardan to’liq foydalaniladi. Intraktiv metodlar bu jamoa bo’lib fikrlash deb yuritiladi, ya’ni ‘edogik ta’sir etish usullari bo’lib, ta’lim mazmuniining tarkibiy qismi xisoblanadi. Ya’ni pedagog va o’qituvchi-talabalarning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orkali amalga oshiriladi.
Bunday pedagog ik hamkorlik jarayoni bir qator xususiyatlarga ega:
o’quvchi-talabaning dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etish;
o’quv jarayonida bilimga bo’lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo’lishini tahminlaydi;
o’quvchi-talabaning bilimga bo’lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondoshgan xolda kuchaytirish;
pedagog va o’quvchi-talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkillashtirish;
pedagog ik texnologiya masalalari muammolarni o’rganayotgan o’quvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, amaliyotchilarning fikricha pedagog ik texnologiya – bu fakat axborot texnogiyasi bilan bog’liq hamda o’qitish jarayonida qo’llanishi zarur bo’lgan o’qitish vositalari, kom’yuter masofali o’qitish yoki texnikalardan foydalanish deb belgilanadi. ‘edtexnologiyaning eng asosiy negizi bu o’qituvchi va o’quvchi-talabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiyalarga bog’liq. Ya’ni o’qitish jarayonida maqsad bo’yicha natijaga erishishda qo’llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ham ijobiy natijaga erisha olsa, o’quv jarayonida mustaqil fikrlay olsa, ijod kilsa, izlansa, taxlil kilsa, xulosa chikarsa, o’zlariga guruxga, gurux esa ularga baho bera olsa, o’qituvchi ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yaratsa, shu o’qitish jarayonining asosi xisoblanadi.
Har bir dars mavzu, o’quv ‘redmetining o’ziga xos texnologiyasi bor. Ya’ni o’quv jarayonidagi ‘edtexnologiya, bu yakka tartibdagi jarayon bo’lib, u o’quvchi extiyojidan kelib chiqqan xolda bir maqsadga yo’naltirilgan, loyixalashtirilgan va kafolatlangan natija berishga qaratilgan pedagog ik jarayondir. Fikrimizni quyidagi chizma orkali ifodalaymiz.


O’qituvchi

O’quvchi




mazmun






maqsad

natija

metod







shakl



vosita

Yuqoridagi chizmadan ko’rinib turibdiki, maqsadni amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishish, ham o’qituvchi ham o’quvchining hamkorlikdagi faoliyati hamda ular qo’ygan maqsad tanlangan mazmun, metod, shakl, vositaga ya’ni texnologiyaga bog’liq. O’quvchi va o’qituvchi maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari o’z ixtiyorida. CHunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq: natijaga erishiga qaratilgan, bunda o’quvchi bilim saviyasi gurux harakteri sharoitiga qarab ishlatiladigan texnologiyalar tanlanadi.


SHu bilan bir qatorda o’qitish jarayonini oldindan loyixalashtirish zarur, bu jarayonda o’qituvchi o’quv ‘redmetining o’ziga xos tomonini joy va sharoitni, uslubini, eng asosiysi o’quvchining imkoniyati va extijini hamda hamkorlikda ishlay olishini xisobga olish kerak. SHundagina kutilgan natijaga erishish mumkin. Qisqa qilib aytganda o’quvchi-talabani ta’limning markaziga olib chiqishi kerak. O’qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit xolda bilishi, tahsavvur qilishi, darsni loyixalashtirib olishi kerak. Bunda o’qituviga u tomonidan darsni texnologik haritasini tuzib olish ahamiyatga ega. CHunki darsning texnologik haritasi har bir mavzu, dars va undagi fanning xususiyatidan, o’quvchining imkoniyati va extiyojidan kelib chiqqan xolda tuziladi. Texnologik harita tuzish uchun pedagog ika, ‘sixologiya, xususiy metodika, pedagog ik va axborot texnologiyalaridan xabardor bo’lish lozim. SHu bilan bir qatorda juda ko’’ usullarni bilishi zarur. Darsni rangbarang qiziqarli bo’lishida ‘uxta o’ylab tuzilgan darsning loyixalashtirilgan texnologik haritasiga bog’liq. Darsning texnologik haritasini qanday tuzish, bu o’qituvchining tajribasi, qo’ygan maqsadi va ixtiyoriga bog’liq. Texnologik harita yaxlit aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija, dars jarayonini tashkil etishining texnoogiyasi to’liq o’z ifodasini to’gan bo’lishi kerak. Texnologik karta o’qituvchini kons’ekt yozishdan xalos etadi. CHunki bunda dars jarayonini barcha kirralari o’z aksini to’adi.

DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI


Dars turi: ___________________________________________________


Mavzu:

Maqsad va vazifalar:

O’qituvchi:
Mavzuni yoritish, ko’’roq axborat berish.
Mavzu bo’yicha bilimlarni mustahkamlash
Mavzuni o’quvchilar tomonidan to’liq o’zlastirishga erishish.
Darsni o’quvchilar bilan hamkorlikda olib boorish.

O’quvchi:
O’rganish, darsda faol qatnashish, To’shiriqlarni bajarish, o’qituvchi tomonidan tan olinish.

O’quv jarayonini mazmuni

1.Yo’qlama qilish,jurnalini yozish

5 daqiqa

2. Uy vazifasini va o’tilgan mavzuni tekshirish

15 daqiqa

3. Yangi mavzuni bayon qilish

30 daqiqa

4. Yangi mavzuni mustaxkamlash

10 daqiqa

5. Mashqlar bajarish

10 daqiqa

6. Baxolash

5 daqiqa

7. Uy vazifasini berish

5 daqiqa

O’quv jarayonini amalga oshirish tehnologiyasi

Uslub - “Aqliy hujum”, ”Klaster”.
SHakl - Frontal; Yakka
Vosita - SHahsiy kom’g’yuter, mulg’timediya vositalari; Elekton darslik, munozara, bahs
Usul - Frontal tushuntirish, ko’rsatish, mahruza matni.
Nazorat - Frontal; yakka kuzatish
Baholash - Besh ballik tizim asosida;

Kutilyotgan natijalar

O’qituvchi:
O’quvchilarning deyarli barchasi mavzuni yaxshi o’zlashtiradilar. Dars samarali o’tadi. O’quvchilarning barchasi shu fanga bo’lgan qiziqishi ortadi.

O’quvchi:
Darsda faol qatnashadi, mustaqil fikrlashni o’rganadi.

Kelgusi rejalar
(taxlil, o’zgartirishlar)

O’qituvchi:
O’tilgan darsni tanqidiy jihatdan tahlil qiladi: Mavzuga oid axborat izlaydi uy vazifalarini bajarishda o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

O’quvchi:
Uy vazifasini bajaradi, yangi mavzuga oid axboratlar izlaydi.

O’quvchi tomonidan o’zi o’qiyotgan fanning har bir mavzusi, har bir dars mashg’uloti bo’yicha tuzilgan Yuqoridagi texnologik karta unga fanni ‘redmetini yaxlit xolda tasavvur etib yondashishga, tushinishga yaxlit o’quv jarayonini boshlanishi, maqsadidan tortib, erishiladigan natijasiga ko’ra olishiga yordam beradi. Ayniksa texnologik karta o’quvchining imkoniyati extiyojidan kelib chiqqan xolda tuzilishi, uni shaxs sifatida ta’lim markaziga chiqishiga erishiladi. Bu esa o’qitish samaradorligini oshirishga imkon yaratadi.
O’qitish jarayonida o’quvchi-talabalarga shaxs sifatida karalishi, turli pedagog ik texnologiyalar hamda zamonaviy metodlarni qo’llanilishi ularni muskakil, erkin fikrlashga, izlanishga har bir masalaga ijodiy yondoshish, mashuliyatni sezish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, taxlil qilish, ilmiy adabiyotlardan unumli foydalanishga, eng asosiysi o’qishga, fanga, ‘edgogika va o’zi tanlagan kasbiga bo’lgan qiziqishlarini kuchaytiradi.
Bunday natijaga erishish amaliyotda o’quv jarayonida innovatsion va axborot texnologiyalarni qo’llashni takozo etadi. Ular juda xilma-xildir. Biz ulardan ba’zilari xaqida to’xtalib o’tamiz va ularni o’tkazish tartibi xaqida qo’llanma beramiz. Ushbu metodik qo’llanmada keltirilgan zamonaviy metodlar yoki o’qitishning samarsini oshirishga yordam beruvchi texnologik treninglar o’quvchi-talabalarga mantiqiy, aqliy, ijodiy, Tanqidiy, mustaqil fikrlashni shaklantirishga qobiliyatlarini rivojlantirishga raqobatbardoshyetuk mutaxassis bo’lishlariga hamda mutaxassisga kerakli bo’lgan kasbiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi.
Ushbu metodik qo’llanmadan foydalanuvchilar o’quv jarayonini tashkil etish uchun xavola etilgan texnologik treninglarni xuddi shu tartibda o’tkazishlari shart emas, har qaysi o’qituvchi bu treninglarni umumiy shaklini olgan xolda o’zlarining dars texnologiyalarini yaratishlari, berilgan treninglarni to’liq yoki ularining ba’zi bir bosqichlari, elementlarini ishlatishlari mumkin.
Biz quyida o’qitish jarayonida qo’llash mumkin bo’lgan ba’zi bir treninglarga (texnologiyalarga) tavsiyanoma berib, ba’zilarini o’tkazish tartibi to’g’risida metodik tavsiyanoma berib utamiz:
“Tarmoqlar” metodi – o’quvchi-talabani mantiqiy fikrlash, umumiy fikr doirasini kengaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni o’rgatishga qaratilgan.
“3x4” metodi – o’quvchi-talabalarni erkin fikrlashi, keng doirada turli g’oyalarni bera olishi, ta’lim jarayonida yakka, kichik gurux xolda taxlil etib, xulosa chiqara olishi tahrif bera olishiga qaratilgan.
«Blits-o’yin» metodida harakatlar ketma-ketligini to’g’ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga o’rganilayotgan ‘redmeti asosida ko’’, xilma-xil fikrlardan, mahlumotlardan keragini tanlab olishni o’rgatishga qaratilgan.
“Intervyu” texnologiyasida o’quvchi-talaba savol berish, eshita olish,savolni to’g’ri berishga qaratilgan.
“Ierarxiya” texnologiyasi oddiydan murakkabga, murakkabdan oddiyga utish usullarini qo’llashni ularni mantiqiy, Tanqidiy, ijodiy fikrlashga, o’rgatishga qaratilgan.
“Bumerang” texnologiyasi o’quvchini dars jarayonida darsdan tashqari turli adabiyotlar, matnlarbilan ishlash, o’rganilgan materialni yodida saqlab qolish, fikrini erkin xolda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha o’quvchilarni baholay olishga qaratilgan.
“Talaba” trening o’quvchi bilan individual xolda ishlash o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi to’siqni yo’q qilishni o’rgatishga qaratilgan.
“O’qituvchi shaxsi” treningi o’quvchining innovatsion faoliyatini ochib beruvchi o’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan talablar mavzusidagi mustaqil fikrlashga, ijodiy insholar orkali fikrlarini bayon qilishga qaratilgan.
“Muloqot” o’qituvchilarni auditoriyada diqqatini o’ziga jalb qilish, dars jarayonida hamkorlikda faoliyat ko’rsatishga, uni tashkil etishni o’rgatishga qaratilgan.
“Boshqaruv” texnologiyasi o’qituvchilarni auditoriyani boshqarishdagi usullari hamda o’quvchini ish jarayonida boshqarish usullari bilan tanishtiruvchi va shunga o’rgatishga qaratilgan.
Tarmoqlar metodi (klaster).
Fikrlarning tarmoklanishi – bu pedagog ik strategiya bo’lib, u o’quvchilarni biron bir mavzuni chukur o’rganishlariga yordam berib, o’quvchilarni mavzuga oid tushunchalarini, aniq fikrini erkin va ochik ravishda ketma-ketlik bilan uzviy boglangan xolda tarmoklashlariga o’rgatadi.
Bu metod biron mavzuni chukur o’rganishdan avval o’quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Utilgan mavzuni mustaxkamlash yaxshi uzlashtirish umumlashtirish hamda o’quvchilarni shu mavzuga oid tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.

Download 80,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish