12-mavzu: Standartni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. Mahsulot yaratish va ishlab chiqarishni tashkilllashtirish tizimi. Reja



Download 49 Kb.
bet1/3
Sana06.05.2023
Hajmi49 Kb.
#935777
  1   2   3
Bog'liq
12-Ma’ruza


12-Ma’ruza


12-mavzu: Standartni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. Mahsulot yaratish va ishlab chiqarishni tashkilllashtirish tizimi.
Reja:
12.1.Standartni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
12.2.Mahsulot yaratish va ishlab chiqarishni tashkilllashtirish tizimi
12.1.Standartni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. Standart uni tasdiqlagan tashkilotning qarori bilan tasdiqlanadi. Standart muddati cheklanmagan yoki muddati cheklangan tarzda tasdiqlanadi. Standartni tasdiqlash chog‘ida asosiy tadbirlar rejasi loyihasiga binoan ishlami amalga oshirishni hisobga olgan holda standartni joriy qilish sanasi yoki standartning amal qilish muddati, shuningdek, birinchi tekshiruv muddati va keyingi tekshiruvlaming qachon bo‘lishi belgilab qo‘yiladi. Standartda yangidan tasdiqlangan standartlarga havola qilinadigan boisa, standartni joriy qilish sanasi ulaming joriy etilishi muddatidan oldin bo‘lmasligi kerak. Odatda tashkilot texnikaviy va umumtexnikaviy standartlarning amal qilish muddati cheklanmagan tarzda tasdiqlanadi. Mahsulotni yangilash (zamonaviylashtirish) borasida alohida me’yorlangan muddatlar belgilangan boisi, mahsulotga standartlaming amal qilish muddatlari ana shu me’yorlarga binoan belgilanadi. Mahsulotni yangilash (zamonaviylashtirish)ning alohida belgilangan me’yorlari yo‘q bo‘lgan taqdirda standartning amal qilish muddatlarini belgilash zarurligini ishlab chiquvchi tashkilot buyurtmachi tashkilot (asosiy iste’molchi) bilan kelishilgan holda belgilaydi va standartni tasdiqlagan organ tayinlaydi. Amal qilish muddatlari cheklangan standartni tekshirishdan o‘tkazish muddati standartni amal qilish muddati tugashiga 9 oy qolganda standartning amal qilishini cho‘zish, amal qilish muddatini cheklashga barham berish, standartni bekor qilish bo‘yicha hujjatni tasdiqlashga taqdim etish zarurligini hisobga olgan holda belgilanadi. Qo’ilanish, muddati tugashi bilan standart huquqiy kuchini yo‘qotadi. Respublika standartni davlat ro‘yxatiga olishni « o‘zstandart” agentligi amalga oshiradi. Chet elga chiqariladigan mahsulotga nisbatan qo‘shimcha talablar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun standart 4 nusxada topshirilishi lozim: asl nusxasi, ikkinchi nusxasi va 2 ta ko‘chirmasi. Standartning ikkinchi nusxasi asl nusxa bilan o'xshash boiishi va undan imkoni boricha sifatli ko‘chirmalar tayyorlashni ta’minlashi lozim. Har qanday tayyorlangan hujjatlar aniq va ravshan boiishi lozim. Standartni davlat ro'yxatidan o‘tkazish uchun muqovalab topshirish lozim. Standartga zarurat tug‘ilganda kiritiladigan tuzatislilar mashinkada bosilgan bo‘lishi yoki qora tush, pasta, siyoh bilan qo‘lda aniq qilib voziladi, birinchi varaqning orqa tomonidai izoh beriladi, tashkilot rahbari (rahbar o‘rinbosari)ning imzosi va ishlab chiquvchi muhiri bilan tasdiqlanadi. Standart 5 kundan oshmagan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilish kerak. Standartning qaysi tashkilot tomonidan tasdiqlanishidan qat'iy nazar, standartga raqamli belgini « o‘zstandart” agentligi beradi. « o‘zstandart” agentligi asl nusxa, ikkinchi nusxasi va ikkinchi ko‘chirmaning birinchi betiga o‘zining nomi ko‘rsatilgan to‘rt burchak muhrini bosadi, sana va davlat ro‘yxatining nomerini yozib qo'yadi. Ikkinchi nusxa va ko‘chirmaning bitta nusxasi «o‘zstandart” agentligida qoladi. Asl nusxa va ko‘chirmaning ikkinchi nusxasi ishlab chiquvchiga qaytariladi. o‘zstandart” agentligi respublika standarti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin 15 kun davomida ko‘chirmaning bitta nusxasini Respublika ilmiy-texnikaviy kutubxonasiga yuborishi kerak. Standart loyihasiga tushuntirish xaiining tuzilishi, bayoni, rasmiylashtirilishi va mazmuni.Tushuntirish xatining nomida standartning toifasi va to’la nomi,standart loyihasi tahririning tartib raqami va (yoki) standartni ishlabchiqish bosqichi to‘g‘risidagi malumotlar keltiriladi. Standart loyihasiga tushuntirish xatining bo‘limlari arab raqamlariga nuqta qo‘yib belgilanadi va quyidagi ketma-ketlikda joylashtiriladi:

Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish