12-mavzu: Standartni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. Mahsulot yaratish va ishlab chiqarishni tashkilllashtirish tizimi. Reja


) agar standart loyihasi standartlar majmuiga qarashli bo‘lsa, uning standartlar majmuiga mansubligi; 2



Download 49 Kb.
bet3/3
Sana06.05.2023
Hajmi49 Kb.
#935777
1   2   3
Bog'liq
12-Ma’ruza

1) agar standart loyihasi standartlar majmuiga qarashli bo‘lsa, uning standartlar majmuiga mansubligi;
2) bir turdagi mahsulot guruhi standartiga muvofiq ishlabchiqilgan standart loyihasi;
3) muomaladagi standartlar, shu jumladan, standart loyihasi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ISO, IEC va boshqa xalqaro
tashkilotlaming standartlari, texnikaviy shartlari;
4) qayta ko‘rib chiqish va o‘zgartirishlarni ishlab chiqish zarurligini asoslab berish yoki ishlab chiqilayotgan standartni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalda joriy etish natijasida muomaladagi standartlarni, texnikaviy va boshqa hujjatlarni bekor qilish ko‘rsatiladi.Standart loyihasiga tushuntirish xati alohida mustaqil raqam qo‘yilgan sahifada va muqovasiz bo‘lishi kerak. Raqam sahifaning o‘ng tomonidan yuqori burchagiga qo‘yiladi.
12.2.Mahsulot yaratish va ishlab chiqarishni tashkilllashtirish tizimi. Standartlashtirishning asosiy maqsadlari-mahsulotlar, jarayonlar, ishlar va xizmatlarning (bundan buyon matnda «mahsulot” deb yuritiladi) aholining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga, atrof muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida iste’molchilar va davlat manfaatlarini himoya qilishdan;
mahsulotlarning o‘zaro almashinuvchanligini va bir-biriga mos kelishini ta’minlashdan;
fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek aholining hamda xalq xo‘jaligining ehtiyojlariga muvofiq holda mahsulot sifatini hamda raqobat qila olish imkonini oshirishdan;
barcha turdagi resurslar tejalishiga ko‘maklashishdan, ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashdan;
ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirishdan;
tabiiy va texnogen falokatlar hamda boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavf-xatarini hisobga olgan holda xalq xo‘jaligi ob’ektlarining xavfsizligini ta’minlashdan;
iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi hamda sifati to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborot bilan ta’minlashdan;
mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorligini ta’minlashdan;
o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi standartlashtirish tizimi faoliyat ko‘rsatadi.
Standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va ta’minlashni:
xalq xo‘jaligi tarmoqlarida — O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi («O‘zstandart” agentligi);
qurilish, qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan loyihalash va konstruksiyalashda — O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi;
tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilish sohasida — O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;
tibbiyot uchun mo‘ljallangan mahsulotlar, shu jumladan tibbiyot uchun mo‘ljallangan buyumlar, tibbiy texnika buyumlari, dori vositalari sohasida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan, shu jumladan import bo‘yicha etkazib berilayotgan mahsulotlarda inson uchun zararli moddalar mavjudligini aniqlash masalalarida — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorgarligini ta’minlash, mudofaa ahamiyatiga molik mahsulotlar sohasida — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi amalga oshiradi.
Ushbu Qonunga muvofiq davlat boshqaruvi organlari o‘z vakolatlari doirasida standartlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va nashr etadi.
«O‘zstandart” agentligi ushbu Qonunga muvofiq standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy qoidalarini, manfaatdor tomonlarning davlat boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari bilan olib boradigan hamkorlikdagi ishining shakl va usullarini belgilaydi.
«O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi standartlashtirish ishlarini bajarishni o‘z vakolatlari doirasida boshqa tashkilotlarga topshirishga haqlidir.
Standartlarni tasdiqlagan organlar standartlarga doir tarmoq axborot jamg‘armalarini hosil qiladilar va yuritadilar hamda manfaatdor iste’molchilarni xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar, O‘zbekiston Respublikasi standartlari, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlariga doir axborotlar bilan, shuningdek standartlashtirish sohasidagi xalqaro shartnomalar, texnik-iqtisodiy hamda ijtimoiy axborot davlat klassifikatorlari, standartlashtirish qoidalari, normalari va tavsiyalariga oid axborotlar bilan ta’minlaydilar.
Standartlarni nashr qilish va qayta nashr etishni ularni tasdiqlagan organlar amalga oshiradilar.
Mahsulot deganda mehnat faoliyati jarayonining moddiylashtirilgan natijasi tushunilib, u foydali xossalarga ega bo‘ladi, aniq ishlab chiqarish jarayonlarida olinadi va muayyan jamoa va shaxsiy xarakterli ehtiyojlarni qanoatlashtirishi uchun mo‘ljallanadi.
Mahsulotlar tayyor holda, aniq bozorda sotilishi uchun yaroqli yoki tayyorlash jarayonida, ishlashda, etishtirishda, ta’mirlashda va shunga o‘xshashlarda bo‘lishi mumkin.
Mahsulot ta’rifi yana boshqa bir hujjat – ISO 9000 xalqaro standartida qisqa holda keltirilgan bo‘lib, «mahsulot - faoliyat yoki jarayon natijasi» deb ta’riflangan.
Mahsulot moddiylashtirilgan (masalan, qismlar, qayta ishlanadigan materiallar) yoki moddiylashtirilmagan (masalan, axborot yoki tushuncha) yoki ularning o‘zaro uyg‘unlashgan birikmasi sifatida bo‘lishi mumkin. Mahsulot o‘z ichiga xizmatni ham oladi.
Mahsulotni yaratilishida, sotilishida va iste’molida yoki ishlatilishida namoyon bo‘ladigan xossasi uning xolisona ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Mahsulot ko‘pgina turli xossalarga ega bo‘lib, u yaratilishida, sotilishida va iste’molida yoki ishlatilishida namoyon bo‘lishi mumkin. «Ishlatilishi” atamasi shunday mahsulotga nisbatan ishlatilishi mumkinki, bunda mahsulotdan foydalanish jarayonida u o‘z resursi hisobiga sarflanadi.
«Iste’mol” atamasi shunday mahsulotga nisbatan ishlatiladiki, uning vazifasiga ko‘ra, ishlatilishida o‘zi sarflanadi.
Mahsulot xossalarini shartli ravishda oddiy va murakkab turlarga bo‘lish mumkin.
Mahsulotning oddiy xossasiga massa, sig‘im, tezlik va boshqa ko‘rsatkichlar kiradi.
Mahsulotning murakkab xossasiga misol sifatida buyum ishining ishonchliligini olishimiz mumkin. Bu esa o‘z navbatida bir qator oddiy xossalarni o‘z ichiga qamrab oladi (buzilmasligi, chidamliligi, ta’mirlanuvchanligi va saqlanuvchanligi kabilar).
Mahsulot sifati deganda, uning vazifasiga binoan muayyan ehtiyojlarni qanoatlantirishga yaroqliligini belgilaydigan xossalar majmuasi tushuniladi.
Mahsulot sifati, uni tashkil etuvchi buyum va materiallarning sifatiga bog‘liq. Agar mahsulot mashinasozlik buyumlaridan tashkil topgan bo‘lsa, mahsulotning sifatini belgilovchi, uning ayrim buyumlarining hamda birxillik, o‘zaro almashuvchanlik va boshqa shunday xossalarining majmuasidan tashkil topadi. Masalan, paxta terish mashinasining sifati, uni tashkil etuvchi dvigatelning, shpindellarning, bolt va gaykalarning, g‘ildirak va undagi rezina kabilarning sifatiga bog‘liq.
Mahsulot sifati – o‘zida aniqlangan ehtiyojlarni qanoatlantiruvchi uning yaroqliligini ta’minlovchi xossalar majmuasini namoyon etadi. Mahsulotning har bir xossa yoki bir necha xossalarining darajasini aniqlash sifat ko‘rsatkichlari yordamida baholanadi. Bunda ulkan ko‘p xilli mahsulotlar turlari tavsiflovchi turli xil xossalar mavjud va unda xuddi shuningdek, mahsulot sifati ko‘rsatkichlari ham ko‘p bo‘ladi.
Har bir turdagi mahsulotlar aniqlangan sifat ko‘rsatkichlari majmuasi bo‘yicha tavsiflanadi. Muayyan bir turdagi mahsulotning sifatini baholashni ta’minlash uchun turli holatlarda uning sifat ko‘rsatkichlari nomenklaturasiga muvofiq keluvchi standartlarda belgilangan.
Sanoat mahsulotlari deganda ishlab chiqarish sanoatining alohida mahsulotlari yoki mahsulotlari majmuasi tushuniladi. Sanoat mahsulotlari ikki sinfga bo‘linadi (1.1-rasm):
1-chi sinf – foydalanishda sarf bo‘luv mahsulotlari;
2-chi sinf – o‘z resursini sraflovchi mahsulotlar.
Bu sinflar esa o‘z navbatida 5 guruhga bo‘linadi.
I guruhga – xom-ashyo, tabiiy yonilg‘i (foydali qazilmalar, tabiiy qurilish materiallari, qimmat baho toshlar, minerallar va h.k.)lar tegishlidir.
II guruhga – materiallar (yonuvchi-moylovchi materiallar, tekistil, engil, og‘ir va boshqa sanoat uchun materiallar, o‘rmonchilik materiallari, elektr va radiotexnika va sanoati materiallari va h.k.)
III guruhga – sarf bo‘luvchi mahsulotlar (oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon vositalari va h.k.).
IV guruhga – ta’mirlanmaydigan mahsulotlar (radiotexnika elementlari – masalan, rezistorlar, kondensatorlar va boshqalar; mashinasozlik elementlari mahsulotlari – masalan, gaykalar, boltlar, tishli g‘ildiriklar va boshqalar; dvigatellar va bir martalik foydalaniladigan harakatlanuvchi qismlar; pirotexnika mahsulotlari va boshqalar).
V guruhga – ta’mirlanadigan mahsulotlar (radiotexnik qurimalar, texnologik va sinov qurilmalari, qishloq xo‘jalik va transport mashinalar, va turli xil maqsadlarga mo‘ljallangan kompleks va optik-mexanik tizimlar).
Sanoat mahsulotlarining birinchi sinfiga I, II, III; ikkinchi sinfiga esa IV, V guruhlari mansubdir.
Mahsulot belgisi deganda mahsulotning har qanday xossalari va holatlarining miqdoriy va sifat tavsiflari tushuniladi. Sifat belgisiga materialning rangi, buyumning shakli, detalning sathida himoya va bezak uchun ma’lum qoplamalarning bo‘lishi, prokatning yon tomoni (burchak, tavr, shvellar va shunga o‘xshashlar), mahsulot detallarining biriktirish usullari (payvandlash, yopishtirish, parchalash va shunga o‘xshashlar), sozlash usullari (qo‘lda, yarim avtomatik, avtomatik va shunga o‘xshashlar) kiradi.
Sifat belgilari orasida mahsulot sifatini boshqarishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan statistik nazoratda qo‘llanuvchi muqobil belgisi bo‘lib, faqatgina ikkita bir – birini inkor qiluvchi imkoniyatlari bo‘lishi mumkin. Masalan, buyumlarda yaroqsizlikning borligi yoki yo‘qligi, detallarda himoya qatlami borligi yoki yo‘qligi va shunga o‘xshashlar.
Mahsulotning miqdoriy belgisi uning parametridir. Mahsulot sifati o‘zining ko‘rsatkich alomati bilan ifodalanadi.
Mahsulot sifatining ko‘rsatkichlari va baholash usullari
Mahsulot sifatining ko‘rsatkichi mahsulot sifatiga kiruvchi bitta yoki bir necha xossasining miqdoriy tavsifi, uning yaratilish va ishlatilishi yoki iste’molidagi muayyan sharoitlarga qo‘llanilishini qurilishiga aytiladi.
Sifat ko‘rsatkichlari quyidagi asosiy talablarga javob berishlari lozim:
 turg‘unligi;
 rejali asosda ishlab chiqarish samaradorligini oshishiga yordam berishi;
 fan va texnika yutuqlarini inobatga olinishi;
 muayyan vazifasiga ko‘ra ma’lum ehtiyojlarni qondirishga layoqatliligi.
Vazifaviy ko‘rsatkichlar mahsulot xossalarini tavsiflaydi, ularning asosiy vazifalarini belgilaydi, mahsulotni qo‘llash sohasini aniqlaydi. Mashina va asbobsozlik, elektrotexnika va boshqa buyumlar uchun bu ko‘rsatkichlar buyum tarafidan bajariladigan foydali ishni tavsiflaydi.
Turli xil konveyrlar uchun vazifaviy ko‘rsatkichlar, unumdorlik, yuk uzatish masofasi va balandligi; o‘lchash asboblarida – aniqlik ko‘rsatkichlari, o‘lchash chegarasi va shunga o‘xshashlarni tashkil etadi.
Nazorat savollari:
1.Standart loyihasiga tushuntirish xati bo‘limlari haqida ma’lumot bering.
2.Standart nusxalariga izoh bering.
3.Standartning joriy qilishning texnik-iqtisodiy samaradorligi qanday?
4.Fikr-mulohazalar olish uchun yuborilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlaini keltiring.
5.Standart loyihasiga tushuntirish xati haqida ma’lumot bering.
Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish